Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish, rangli va Nodir metallar rudalari yangi konlarini
o'zlashtirish sohasida tog'-kon sanoatini yuritish, foydali qazilmalarni olish va ularni kelgusida
qayta ishlashni tashkillashtirishning zamonaviy usullari tatbiq etilishini ta'minlashga, rangli va
Nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarilishini kuchaytirishga yo'naltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan rangli, qimmatbaho, Nodir metallar va qattiq
qotishmalar sohasida amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasidagi ishlarni
tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovasiya loyihalarini ishlab chiqishda va ishlab
chiqarishga tatbiq etishda ishtirok etish;
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan rangli, qimmatbaho, Nodir metallar va qattiq
qotishmalar sohasida amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasidagi ishlarni
tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovasiya loyihalarini ishlab chiqishda va ishlab
chiqarishga tatbiq etishda ishtirok etish;
4. Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy
etish, ushbu asosda boshqaruv samaradorligi oshirilishini, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab
chiqariladigan mahsulot tannarxi kamaytirilishini, uning raqobatbardoshligi, shuningdek
kombinat moliya-xo'jalik faoliyatining shaffofligi kuchaytirilishini ta'minlash;
5. Kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, texnik-muhandislar va boshqaruv kadrlar
malakalarini oshirish, kooperasiyani oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim va ilmiy muassasalar
bilan kuchaytirish orqali ularning qayta tayyorlanishini tashkillashtirish, qattiq raqobatchilik
sharoitlarida tarmoqning samarali faoliyat yuritishini ta'minlay oladigan yosh va iste'dodli
mutaxassislarni jalb etish.
Dostları ilə paylaş: |