Jamiyatda yaxshi tarbiya koʻrgan insonlar oʻziga xos mavqega ega̶­­­­­odamlar ular bilan suhbatlashishni, vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻradilar. Bunday insonlarni yuksak maʼnaviyatli, madaniyatli insonlar deb taʼriflashadi



Yüklə 17,06 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü17,06 Kb.
#189793
manavoy axloqiy tarbiya


Jamiyatda yaxshi tarbiya koʻrgan insonlar oʻziga xos mavqega ega̶­­­­­odamlar ular bilan suhbatlashishni, vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻradilar. Bunday insonlarni yuksak maʼnaviyatli, madaniyatli insonlar deb taʼriflashadi.
Maʼlumki, maʼnaviy-axloqiy, tarbiyaviy jihatlar insonda bolalik davlaridanoq shakllanib yillar davomida sayqallanib boradi. Farzandlarda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning eng maqbul yoʻli – bu ota-onaning oʻzi ushbu sifatlarning sohibi boʻlishi lozimligidadir. Bolalar kattalar harakatlarini tezda eslab qoladilar: tushlik uchun otalarimizning onamizga aytgan “rahmat”lari, buvijonlarimizning koʻzoynaklarini topib berishlarini soʻrab bizga aytgan “iltimos”lari, kimningdir kichkintoyga nisbatan “siz” deya murojaat qilishi. Bu bolalar uchun “Sen bunday deyishing kerak”, “bunday qilishing kerak” deb oʻrgatilganiga nisbatan ancha tezroq koʻnikma hosil qiladigan yoʻldir.
Uch yoshgacha boʻlgan kichkintoylar kattalarning muloyim soʻzlari hamda harakatlarini tezda ilgʻab olib qaytarishni boshlaydilar. Bu davrda kichkintoylar rahmat aytish, salomlashish, xayrli tun tilash, dasturxon atrofida oʻzini tutishning dastlabki koʻnikmalariga ega boʻladilar. Ammo bogʻcha yoshiga kelib nima yaxshi-yu nima yomonligini bilsalar-da, bolalarda axloqiy chegaradan chiqish uchun dastlabki kichik harakatlar boshlanadi. Ularda janjallashish, boshqa bolalardan oʻyinchoqlarini olib qoʻyish odatlari koʻpayib, salomlashish hamda kechirim soʻrash kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega harakatlardan bosh torta boshlaydilar. Bunday hollarda kichkintoylarga nima yaxshi-yu, nima yomonligini yotigʻi bilan tushuntirish lozim. Chiroyli xulq-atvor harakatlarini maqtab qoʻyish ularda yanada maqtovga sazovor boʻlish hissini kuchaytiradi. Masalan: “Qoʻshnimizga salom berganing meni rosa ham quvontirdi. Juda aqlli bolasan” yoki “Buvijoningga “xoʻp boʻladi” deganing uchun kel bir oʻpay, aqlli qizim” kabi.
Shu bilan bir qatorda, bolalar chiroyli xulq va tarbiyani turli oʻyinlar, sheʼr hamda ertaklar orqali ham oʻrganadilar: Zumradoy oʻrmondagi kampirga “Assalomu alaykum, buvijon” dedi. Mutolaa madaniyatini ilk paydo boʻlish davri onaning homiladorlik davridan farzand qalbida kurtak ota boshlaydi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bogʻcha yoshidagi bolalar uyqudan oldin ertak tinglashni yoqtiradi. Mutaxassislar tomonidan bu davr “ertaklar davri” deb atalishi ham bejiz emas.
3-4 yosh kichkintoylar oʻz tengdoshlari bilan muloqotga kirisha boshlaydigan davr hisoblanadi. Bir-birlari bilan oʻynash davomida kichkina adolatsizliklarning ham guvohi boʻladilar. Biri boshqasini oʻyinchogʻini tortib oladi, boshqasi uni itarib yuboradi, uchinchisi qilgan qoʻpol harakati uchun kechirim soʻramaydi, yana biri boshqasini masxara qiladi va shu kabilar. Bunda bolajon adolat istab kattalarning oldiga boradi. Bu vaziyatda boladan yuz oʻgirmaslik, aksincha, unga holatni toʻgʻri tushuntirib berish lozim: “Ha, Sarvar Odilni itarib yuborib juda xunuk ish qilibdi. Unga bu harakati yaxshi emasligini, aqlli bolalar bunday qilmasligi lozimligini aytish kerak”.
Oʻsmirlar esa – kuchli teoriklar hisoblanadi. Ular kattalarning suhbatlarini buzish yaxshi emasligini, kiyimlar boriladigan manzilga qarab toʻgʻri tanlanishi lozimligini, nutq toʻgʻri va ravon boʻlishi kerakligini juda yaxshi bilishadi. Ammo oʻzlarini “katta odam” qilib koʻrsatish maqsadida yuqoridagilarga nisbatan teskari harakatlarni amalga oshirishni istaydilar. Bu bilan ular “oʻzlarining dunyolari” mavjudligini, ular ham toʻlaqonli mustaqil shaxs ekanligini atrofdagilarga koʻrsatmoqchi boʻladilar. Oʻsmirlik davrida yoshlarda qoʻpollik hamda jizzakilikning paydo boʻlishi, bu ularga kattalar tomonidan yetarli darajada eʼtibor berilmasligi oqibatidir.
Bugungi tarbiyaning katta muammolaridan biri ota-onaning farzandiga yetarlicha vaqt ajrata olmayotganligi bilan chambarchas bogʻliq. Aynan oʻsmirlik davrida bolaga ota-onaning har tomonlama koʻmagi kerak boʻladi. Chunki aynan shu davrda farzand katta hayotga qadami qoʻyadi, kelajak hayotini belgilaydi.
Ota-ona farzandi bilan yetarli darajada suhbatlashmas, birga vaqt oʻtkazmas ekan, bolalar oʻz koʻzlari bilan koʻrayotgan hodisa va harakatlar asosida tarbiyalanib boradilar. Yaʼni, koʻpchiligimiz jamoat transportlarida kattalarga joy berishni unutamiz, kitob oʻqimaymiz, turli mantiqdan yiroq serial va koʻrsatuvlar koʻramiz va yana nima uchun farzandlarimizning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi past boʻlib qolayotganligidan ajablanamiz? Bolajonlarimizni maʼnaviy-axloqiy komil inson qilib tarbiyalash, birinchi navbatda, ota-ona va, ayniqsa, bola kelajagi uchun ham juda muhimdir. Zero, bolaning ichki maʼnaviyati hamda madaniyati uning kelajagi porloq boʻlishida asosiy ustunlardan biri hisoblanadi. Ingliz tadqiqotchisi 1000dan ortiq aholi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazgan va asosan kitob mutolaa qilmaydigan, klassik musiqalarga nisbatan rok, rep hamda pop musiqa yoʻnalishini xush koʻradigan odamlar spirtli ichimliklarni haddan koʻp isteʼmol qilishlari hamda giyohvand moddalarga oʻralashib qolishi mumkinligini tadqiq qilgan. Bu masala qadim zamonlarda ham dolzarb muammolardan hisoblangan. Jumladan, qadimgi Xitoy faylasufi Syun Szi “Agar musiqa boʻsh (mantiqan) hamda maʼnosiz boʻlsa, xalq tubanlikka yuz tutadi” deb taʼkidlagan. Bu fikrni bugungi kunda nafaqat musiqa balki, turli asarlar, kinolar hamda oʻyinlarga ham qoʻllashimiz mumkin. Demak, farzandimiz kelajagi haqida qaygʻursak, uni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni maqsad qilsak, targʻibotni, avvalo, oʻzimizdan boshlashimiz lozim. Axloqiy-tarbiyaviy, goʻzal xulq haqidagi kitoblarni xarid qildik nima-yu, oqshom palla farzandlarimiz bilan mentalitetimizga toʻgʻri kelmaydigan turli chet el kino-seriallarini tomosha qildik nima? Oʻzimiz dasturxon atrofida madaniyat qoidalariga amal qilmasdan, buni farzandlarimizdan talab qilsak toʻgʻrimi? Farzandlarimiz koʻz oʻngida bir-birimiz bilan janjallashib, undan qoʻshni bolalar bilan inoq boʻlishini soʻrasak, qanchalik mantiqqa mos? Yuqorida taʼkidlanganidek, ular eshitgandan koʻra koʻrganini koʻproq eslab qolishadi. Misol tariqasida birgina Alisher Navoiyning uyidagi muhitni olishimiz mumkin. Adabiyotlarda Navoiyning otasi Gʻiyosiddin kichkina adabiyotga oshno kishi boʻlib, xonadonida kitobxonlik kechalari koʻp bor oʻtkazilganligi haqida yoziladi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bolalarda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish homilalik davridanoq boshlanadi. Yil sayin bu sifatlar sayqallanib yoki dagʻallashib borishi, avvalo, oiladagi muhitga, yon atrofdagi insonlarga bogʻliq.
Yüklə 17,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin