Janubiy amerika xalqlari



Yüklə 21,27 Kb.
tarix24.01.2017
ölçüsü21,27 Kb.
#6253

Aim.uz

Janubiy amerika xalqlari
R e j a :
1.Ekvatorial mintakadagi kabilalar (inklar).

2.Tropik o'rmon mintaqasidagi qabilalar.

3.Sharqiy va janubiy Braziliya xalqlari.

4.Pampa va Olovli yer qabilalari.

5.Amerikaning hozirgi etnik qiyofasi.
Tayanch so'zlar:
Inklar davlati, plug va motiga dehqonchiligi. Tropik va janubiy mintaqalarda (Olovli yerliklarda) ovchilar va terimchilar.

Iqtisodiy tuzilma. Oila-nikoh munosabatlari. Ishlab chiqarish qurollari va vositalariga egalik.

Janubiy Amerika ilk sinfiy jamiyatlarining asosiy xususiyatlari. Jamoa lokal guruxlari. Yo'lboshchilar mavqei. Xalq san'ati. Oddiy va ilmiy bilimlar.

Amerika xozirgi aholisi etnik tarkibining vujudga kelishi. Indeys va kelib chiqishi yevropalik bo'lgan xalqlar. Amerika millatlarining kelib chikishi muammolari. Janubiy Amerika axolisi etnik tarkibining shakllanishi va xozirgi zamon.


ADABIYOTLAR:
1.Morgan L.G. Ot Alyaski do Ognеnnoy Zеmli. M. 1967.

2.Tеnnеr D.I.30 lеt srеdi indеytsi. M. 1968.

3.Faynbеrg L.A. Indеytsi Brazilii. M. 1975.

4.Jabborov I.M. Jahon xalqlari etnografiyasi. T. 1985.

5.O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar.

6..Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001

7.Bruk S.I. Nasеlеniе mira.M.,1981.

8..Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.

9.Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T., 1982.
Janubiy Amerikadagi And tog'larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni katta xududda kechua til oilasiga oid turli elat va qabilalardan tashkil topgan yuksak madaniyatli Ink davlati bo'lgan. Bu yerda 1 minginchi yillikda kechua va aymara tillaridagi ko'plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga karaganda,XIII asrlarga kelib shu kabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438 yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo'ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha qabilalar unga bo'ysunib soliq to'lab turgan.

Axoli asosan dexqonchilik bilan shug'ullangan. And tog'larida dehqonchilik xo'jaligi er. av.3 ming yillikda paydo bo'lgan. Inklar er.av.6asrda shakllangan chanapata madaniyatining merosxo'ridir. Ular markazlashgan sug'orish tizimini yaratganlar, asosan makka, kartoshkaning ko'p turlarini yetkazib, Yevropaga birinchi shu yerdan olib borilgan. Dalalar tosh bilan berkitilgan kanallar orqali sug'orilgan, suv ombarlari to'ldirilgan. Yerga bronza uchli maxsus tayoq va tosh yoki bronza uchli motiga bilan ishlov berilgan.Umuman 40 ga yaqin ekin turlarini bilgan.

Andlik indeyslar Amerika qit'asiga mansub chorvachilikni bilgan yagona elatlardan biridir. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka hayvonlarni ko'lga o'rgatib, yuk tashishda foydalanganlar. Gushti, yogi, terisi, juni va suyagidan xo'jalikda keng foydalanganlar. Lama yovvoyi turini 3 yilda bir marta mol qo'ralarga kamab, junini olib, keyin qo'yib yuborganlar. Dengiz cho'chqasi va o'rdaklarni ovlaganlar, go'shtini iste'mol qilganlar. Uy hayvonlaridan faqat it saqlaganlar.

Ink davlatida hunarmandchilik rivojlangan. Metall qazib olishni bilganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, xatto jezni ham ishlab chiqarganlar, turli qurol( o'rok, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va xaykalchalar ishlaganlar, paxta va jundan chiroyli, nozik matolar tukiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bo'laklaridan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki g'ishtdan qurilib, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat bulgan.

Inklarda g'ildirakli transport bo'lmasa ham yo'llarga katta e'tibor berganlar. Bizning davrimizgacha yetib kelgan dengiz sohili va tog' etaklarida qurilgan tog' yo'llar, tunnel va ko'priklar hozirgacha kishini hayratda qoldiradi. Ular yengil sol kemalarda uzoq masofalarga sayohat qilganlar. Pulni bilmaganlar, ammo natural savdo-sotiq rivojlangan. Hokimlar eng mohir ustalarni poytaxtga to'plaganlar. Bo'ysundirilgan qishloqlardan yosh qizlarni zo'rlab keltirganlar va to'rt yil davomida to'qimachilik va boshqa kasblarga o'rgatganlar,keyin ular 30 yoshgacha erga tegmasdan ink zodagonlariga xizmat qilganlar.

Asosiy ijtimoiy birlik qishloq jamoasi (aylyu) hisoblangan. Yer bosh hokimning mulki hisoblansa ham, har yili jamoa a'zolari (oilalar) ga taqsim qilib berilgan. Oliy hokim va kohinlarga maxsus yerlar ajratib berilgan, uni jamoa a'zolari ishlab hosilini yig'ib berganlar. Davlat tuzumi uziga xos quldorlik, imperiya xisoblangan. Inklar yuqori tabaqa deb tanilib, mehnatdan ozod bo'lib, boshqa qabilalar hisobiga yashaganlar. Soliqdan kechua qabilasi ham ozod bo'lgan, boshka qabilalar inklarga qaram bo'lib, soliq to'laganlar, qul yetkazib berganlar. Ammo, urugchilik munosabatlari (fratriylik) saqlangan. Inklar hatto kiyim va bezaklari bilan ajralib, hukmron kastaga aylangan, hokim va kohinlar ham ulardan saylangan. Oliy inka quyosh o'gli hisoblangan. Unga boshqalar itoat kilgan. Inklar davlatida politeistik (ko'p xudolik) dinlar keng tarkalgan. Quyoshga ibodat qilish eng muhim xisoblangan, shuning uchun oliy inka ham xudo darajasiga ko'tarilgan. Ona yerga, tabiatga siginganlar. Kartoshka va Makka xudolari bo'lgan, ajdodlar arvohlariga xam sig'inganlar. Bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki buysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashkari astronomik kuzatishlarni ham boshqarib turganlar. Inklarda ikki yil hisobi-Quyosh (366) va oy (354) taqvimi bo'lgan. Tarix va geneologiya ilmi bilan shugullanuvchi maxsus donishmand ( amuta) lar bo'lgan. Jarrohlik tajribasiga ega bo'lganlar, trepanasiya qilishni bilganlar. Iyeroglif yozuvi bilan birga o'ziga xos rangli iplardan tizilgan tugma yozuv ham bulgan. Ammo bu noyob yozuvlar ispan istilochilari tomonidan yo'q kilingan.

Pisarro boshchiligidagi ispanlar inklar davlatini 1531-1533 yillarda talaganlar. Lekin mag'rur inklar qattiq qarshilik ko'rsatganlar. 1572 yildagina inklar ko'zgoloni bostirilib, butun mamlakatni egallashgan. Hozirgacha kechua va aymara xalqlari o'z madaniyatlarini va tilini saqlab kolganlar.

Janubiy Amerikaning tropik o'rmonlar mintaqasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasidaga o'troq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchiligi bo'lib, mayda butazorlarni toshboltalar bilan qirqib, kuydirib, kul aralash tuprokni yogoch tayok bilan ishlab makka, batata, loviya, tamaki va paxta ekkanlar.

Amazonka va Orinoka daryolarining tropik urmonlarida ov qilganlar, daryo va ko'llarda baliq tutganlar. Tosh boltalar xam qurol, ham savdo vositasi rolini o'ynagan. Ovda parli o'q-yoy, suyak, chig'anoq va yog'ochdan yasalgan turli qurollar ishlatilgan. Maymun va qushlarni ovlashda uchi kurara nomli usimlik zaxari surtilgan bambukdan yasalgan pufakli naycha qurol (sarbakan) ishlatilgan. Baliq ovida turli tur va savat ishlatilgan, yogochdan kichik kemalar yasalgan. Baliqni o'k-yoy va sanchqi bilan ham ovlaganlar.

Ular to'quvchilikda katta tajribaga ega bo'lganlar. Yogochga osib kuyadigan karavot-gamakni kashf kilib, butun dunyoga nom taratganlar, bezgak kasalini davolashda eng zarur darmon-xinin daraxtini kashf qilgan xam shular. Ular doirasimon yoki turtburchak shaklidagi tomi esa palma yaprogi va butoklar bilan yopilgan uylarda yashaganlar. Ular urug jamoa bulib yashaganlar va umumiy xujalikka ega bulganlar. Ov kiladigan va balik tutadigan umumiy xudud jamoa mulki xisoblangan, ovlangan narsalarni teng taksim kilganlar. Xar bir kishdlok uz-uzini boshkaruvchi jamoaga ega bulib, unga oksokol raxbarlik kilgan. Xar bir kabilada erkaklar ittifoki mavjud bulgan.

Diniy tasavvurlari xam moddiy sharoitga boglik bulgan. Shomonlik keng tarkalgan. Shomonlar arvoxlar bilan vositachi bulib kolmay tabiblik xam kilganlar. Diniy marosim va bayramlarda oddiy musika asboblari (shox, nay) jurligida turli uyinlarga tushganlar, badanlarini buyaganlar, kush pati, yongok, tish va boshka buyumlar bilan bezaganlar. Mustamlakachilar kelishi bilan tropik urmon indeyslari ovga kulay joylarini tashlab changalzor urmonlarni ichkarisiga chekinishga majbur bulganlar. Xozirda xam mustamlakachilar tazyiki ostida turli kasalliklarga chalinmokda va axoli soni kamayib bormokda.

Braziliyaning kalin urmonlarida va toglarida botokuda, jes va boshka til turkumiga oid turli kabilalar yashaydi. Ular dexkonchilikdan xabardor bulsa xam, asosan terimchilik, ovchilik va balikchilik bilan kun kechirganlar. Asosiy kurollari uk-yoy va nayza bulgan, ayollar oddiy yogoch bilan kovlab yemishli ildizlar, urug va mevalarni teganlar, erkaklar esa bugu, straus va boshka xar xil mayda xayvon va kushlarni ovlaganlar. Sanchki va tur bilan balik tutganlar, ularda toshdan yasalgan bolta va pichoklar xam bulgan. Ularda suv saklaydigan savatlar, maxsus uy-ruzgor buyumlari bulgan, kiyimni bilmaganlar. Badanlarini buyab, bezanganlar, kulogiga zirak, labiga yogoch xalka takkanlar. Guruxli nikox va ekzogamiya, jamoada esa ona urugi tartiblari saklangan, ammo erkaklar itifoki ijtimoiy xayotda muxim rol uynagan. Ular xam tabiat kuchlariga siginishgan.

XVII1-X1X asrlarda ular portugallar tomonidan kirgin kilingan, rezervasiyalarga kuchirilgan, ochlik va kasallikka chidolmay ulib ketishgan.

Materikning janubidagi keng dasht xududlarni odatda patagoniya, bepoyon tekisliklarni esa pampa deb ataydilar. Bu yerda xar xil tilda gapiradigan ovchi kabilalar ( chon, araukan, texuelche) yashaganlar. Ular dastlab piyoda yevropaliklar kelgandan keyin otda ov kilganlar. Ov kurollari uk-yoy, bula bulib, tez yuguradigan guanakana, straus va bugularni ovlaganlar. Ular sirli usimlik, urug va ildizlarni xam terib-termachlaganlar.

Pampa ovchilari bekitma yoki xuanaka terisi bilan koplangan chaylalarda yashaganlar. Terilarga ishlov berganlar, belbogli kamzul kiyganlar. Xayvonlar terisidan maxsiga uxshash poyabzal kiyganlar. Shunga karab ispanlar pampa ovchilarini "patagonlik" (katta oyokli) lar deb ataganlar.

Patagonliklar 30-40 oiladan iborat kavm-karindoshlar guruxini tashkil kilgan. Uning boshida oksokol turgan va jamoa ovini boshkargan. Karorgoxlar sodda bulib, kelin uchun kalin tuplangan. Asosiy mulki ot va kuroldan iborat bulib, ular erkaklarga mansubdir, uy-ruzgor buyumlari yengil yogoch va teridan yasalgan. Eri ulgan beva xotinga xech narsa meros kolmagan, ulikdan kolgan barcha buyumlar tarkatib yuborilgan. Inisiasiya marosimlari juda tantanali bayram liboslarida, chaylalarni bezatib, turli rakslar, nogora va surnaylar bilan utkazilgan.

Diniy tasavvurlari totemizm va animizm bilan boglik. Shomonlik xam mavjud bulgan, shomonlar vazifasini xotinlar bajargan, erkak shomonlar xotincha kiyinishi shart bulgan. Ajdodlar arvoxlariga siginish kuchli bulgan.

Amerika kit'asi uzining tabiati singari rang-barang etnik kiyofaga ega. Kashf etilgandan keyin 5 asrlik tarixi davomida kit'aga juda kup elat va xalklar kelib, uning etnik tuzilishida tub uzgarishlarga sabab bulgan. Ularning geografik joylashishida xam katta uzgarishlar ruy bergan. Bu yerda yangi yirik xalklar sunggi davrda shakllangan. Yevropalikla kelgunga kadar tub axoli asosan dexkonchilik, ovchilik, terimchilik va balikchilik bilan shugullanishgan.

Xozir AKSH va Braziliyada 100 dan ortik turli xalklar, Kanada, Meksika va Argentinada 50 dan ortik, Boliviya, Venesuela, Peru, Kolumbiya va Chilida 25 ga yakin xalk va ealatlar yashaydi. Eng kup sonli axoli AKSH da (250 million), Braziliyada (130 million), Meksikada (80 million) yashaydi. Tub axoli xisoblangan indeyslarning avlodlari butun axolining taxminan 6:1 kismini tashkil etadi.

Olimlar Amerika axolisini til jixatdan 2 ta guruxga buladilar:

1.Xind-Yevropa tillari. (ingliz, ispan, fransuz, portugal).

2.Maxalliy indeys tillari (Mayya, astek, aymara, kechua, guarani, penuti, chibcha va xakozo).

XU1-XVII1 asrlarda Afrikadan zurlik bilan keltirilgan millionlab turli elatlar (bantu, yoruba, xuasa, eva) xam kit'aning etnik kiyofasiga ma'lum ta'sir etgan. Xozirgi Amerikaning ayrim mamlakatlarida negrlar xatto kupchilikni tashkil etadi.

Amerikaning etnik tarixida irkiy jixatdan xozigacha kuvgindagi negrlar aloxida urinni egallaydi. Ular XU1 asrning 1 choragidan boshlab asosan Vest-Indiya va Braziliyaga plantasion xujaliklarda ishlatish uchun kul kilib keltirilgan son-sanoksiz negrlar maxalliy etnik jarayonga uz ta'sirini utkazgan. Negrlar dastlab yuzlab keltirilsa, XVII asrda bir necha mingdan iborat bulgan, X1X asr boshlarida 1 mln., 1860 yillarda 4 mln.ga yakin negr kuch bilan keltirilgan. Xozir AKSH axolisining 12% i Latin Amerikasining 9-10 % axolisi negrlardir. Ular asosan antropologik va ba'zi milliy xususiyatlarini saklab, joylaashgan ulkalardagi xukmron tillarni egallaganlar.

Butun Amerikada 3-4 asrlik murakkab assimilasiya va konsolidasiya jarayoni natijasida turli kurama etnik guruxlar paydo bulgan. Bu yerdagi Ispaniya va Portugaliya mulklariga kuchib kelgan ispaniyaliklar va portugaliyaliklar zodagonlarning avlodlari “kreollar” deb nom kozongan. Ular maxalliy boy tabakalari xisoblanib, kavm-karindoshlik alokalarini urnatganlar. Kreollar metropoliya axolisi bilan bir oz ziddiyatda bulganlar, ayrim xukuklar (masalan, xukmronlik kilish) dan maxrum kilingan. Shuning uchun ular X1X asrning 1-choragidan boshlab mustamlakachilik iugagandan keyin mustakillik uchun kurashga bosh bulib, yangi paydo bulgan respublikalarda xokimlikni uz kuliga olganlar.

Aslida irklarning aralashuvi mustamlakachilik davrida boshlangan edi. Okibatda juda kup metislar paydo buldi. Ular yevropaliklar bilan indeyslarning avlodlaridir. Metislar ayniksa, Meksikada, Janubiy Amerikaning garbiy soxillarida, Markaziy Amerika mamlakatlarida, Kolumbiya va Venesuelada kup.

Yevropaliklar bilan negrlar aralashmasidan paydo bulgan avlodlar-mulat deb nom olgan. Ular negrlar kuprok bulgan rayonlarda tarkalgan. Vest-Indiyada bunday avlodlar xatto maxsus terminlar bilan atalgan. Masalan, avlodda turtdan bir kismi negr xisoblansa kvarteron, sakkizdan bir kismi oktron, un oltidan bir kismi musti, uttiz ikkidan bir kismiga mustefino deb nom berilgan. Mazkur tizim asosida kishining ijtimoiy urni belgilangan. Agar ok tanli bilan mustefinodan bola tugilsa, u ok tanli, deb tanilgan va erkinlar katoriga kirgan ( xatto ota-onasi kul bulsa xam).

Markaziy Amerika, Kolumbiya va Ekvadorda indeys bilan negrlar nikoxidan paydo bulgan avlodlarni sambo deb ataganlar. Bulardan tashkari X1X asrning 30 yillarida kullik man kilingandan keyin Amerikaga Xindiston va Xitoydan shartnoma asosida yollanma ishchilar keltirila boshlandi. Ularning kupchiligi Vest-Indiya mamlakatlariga joylashib yangi etnik gruppalarining shakllanishida ishtirok kilganlar.

Indeyslarning xozirgi geografik joylanishi xam notekis. Agar Shimoliy Amerikada eskimos va indeyslarning soni 1,5 mln.dan ortik bulsa, Vest-Indiya va Urugvayda sof indeyslar mutloka yukolib ketgan, Kosta-Rika va Argentinada juda kam kolgan. Latin Amerikasida yashovchi axolining 55 % ini metislar tashkil kiladi. Meksikada esa metislar axolining beshdan turt kismidan iborat. “Ok tanlilar” fakat Argentina, Urugvay va Kosta-Rikada kupchilik axolini tashkil kiladi, kolgan latin mamlakatlarida nisbatan kam. Antropologik va etnografik ma'lumotlarga kura butun Lotin Amerikasida sof yevropoid ( ok tanlilar) irkiga oid tiplar axolining beshdan bir kismini tashkil kiladi, xolos. Ayrim davlatlarda, masalan Dominikan respublikasida esa axolining kup kismi mulatlardan iborat.

Xozirgi davrda Amerika mamlakatlarida barcha elat, kabila va xalklar millat bulib shakllanmokda. Muayyan iktisodiy, territorial, psixika va ma'naviy madaniyat birligi negizida amerika, kanada, meksika, braziliya, venesuela, kuba, kolumbiya va boshka unlab zamonaviy millatlar paydo bulmokda.Amerika axolisining, ayniksa Markaziy va Janubiy kismida joylashgan davlatlarning tarixiy takdiri, til birligi, bir din (katolisizm) ga mansubligi va tabiiy sharoitining nisbatan yakinligi mazkur jarayonni ancha tezlashtirmokda. Lekin Shimoliy Amerika bilan Lotin Amerikasi orasidagi etnik va madaniy tafovutlar kit'a axolisining uziga xos xususiyatlarini belgilab, ularning demografik rivojiga xam zur ta'sir kilib kelmokda.



1960 yillarda Amerikaning shimoliy kismi bilan Lotin Amerikasi axolisi soni taxminan teng bulgan bulsa, xozirda shimolga nisbatan 2 baravar oshdi. Bunday xodisa kit'aning etnik kiyofasiga xam muxim ta'sir etadi.

Yüklə 21,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə