Jismoniy tarbiyab tizimida tuzumining mohiyati va o`rni



Yüklə 15,64 Kb.
tarix13.04.2022
ölçüsü15,64 Kb.
#55287
Jismoniy tarbiyab tizimida tuzumining mohiyati va o


Jismoniy tarbiyab tizimida tuzumining mohiyati va o`rni

Milliy mafkuramiz, iftixorimiz va g’ururimizda eng yaxshi yangiliklarni xalqqa tezda tarqatish qadimdan qolgan madaniy meroslar toifasiga kiradi. To’ylar, tomoshalar, sayillarda jarchilarning «Odamlaru-odamlar, eshitmadim demanglar!» degan baland ovozlarini ba’zi kinolardan ko’rib, ularning tub mohiyatiga yetib kelayotgan odamlar oz emas, bugungi kunda bunday chaqiriq, jar solishning ijtimoiy-tarbiyaviy va tashkiliy jihatlarini har bir kishi yaxshi tushunsa kerak.

Ijtimoiy-madaniyat, iqtisod, aniqsa ishlab chiqarish – texnikaning rivojlanishi aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini kengaytirishning juda ko’p usullari, vositalarini yaratmoqda.

Jahondagi taraqqiy qilgan davlatlarda hozirgi kunda faqat gazeta, jurnal, kitob, radio, televideniya, turli reklamalar bilangina emas, hatto kompьyuter, internet vositalaridan ham unumli, maqsadli foydalanmoqdalar. Bu jihatdan O’zbekistonda ham o’ziga xos xususiyatlar mazmunlar, shakllar va usullarga egadir.

Bunday jarayonlarda jismoniy madaniyat, sport, xalq milliy o’yinlari va sayohatlar alohida o’rin hamda nufuzga egadir.

Futbol, boks, kurash va boshqa sport turlari bo’yicha musobaqalar, ertalabki jismoniy tarbiya va hokazoning har kuni televideniyada ko’rsatilishi barcha yoshdagi sport muxlislari va oddiy kishilarni ham jalb etmoqda.

O’zbekistonda o’nlab markaziy gazetalar va viloyat, shahar-tumanlarda bir necha yuzlab mahalliy gazetalar chiqarilmoqda. Ularning sahifalaridagi sport mavzusi barchani o’ziga qaratmoqda.

«Sport», «Sport-futbol», «O’zbekiston futboli», «Turkiston», «Ma’rifat» va boshqa ko’pgina gazetalar jismoniy madaniyat va sport harakatini targ’ibot qilishda asosiy vositalarga aylangan.

Mustaqillik davrigacha markaziy va viloyatlardagi gazetalarda sport mavzusida juda kam materiallar berib kelinardi. Bunda «Bizning gazetada sport materiallariga o’rin berilmagan», degan javoblarni har qadamda eshitish mumkin edi.

Bugungi kunda Oliy Majlis va O’zRVMning «Xalq so’zi», Xalq demokratik partiyasining «O’zbekiston ovozi»hatto yozuvchilar, rassomlar, san’atkorlarning ham vositalarida sport mavzusi ustuvor turmoqda. Buning sababi shundaki, Respublika Prezidenti I.A.Karimov respublika hukumati faqat farmonlar, qarorlar chiqarish bilangina emas, balki, ommaviy axborot vositalarining sahifalarida sport materiallarini keng yoritishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Shu sababdan deyarli barcha gazetalar va jurnallar futbol, tennis, kurash va boshqa sport turlari bo’yicha o’tkazilayotgan Respublika, Markaziy Osiyo, Osiyo hamda xalqaro sport musobaqalarini batafsil yoritib borish «moda» emas, balki ehtiyoj sifatida amalga oshirilmoqda.

Jismoniy madaniyat va sport harakatini targ’ibot qilishning muhim vositalaridan biri kitoblardir. Bugungi kunda markaziy nashriyotlar («Ibn Sino», «O’ituvchi» va boshqalar). Oliy ta’lim muassalarining nashriyot bo’limlari (O’zDJTI, Samarqand DU, Farg’ona DU, Buxoro DU, Jizzax DPI va hokazo) o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy qo’llanmalarni chop etishda ibratli mehnat qilmoqda. O’zDJTI nashriyoti bo’limi faqat 1991-2002 yillar mobaynida 100 dan ortiq nomlarda o’quv qo’llanmalar, monografiyalar, uslubiy tavsiyanomalar, ma’ruzalarning matnlari, ilmiy to’plamlar va hokazo nashrdan chiqardi. Ulardan barcha jismoniy madaniyat fakulьtetlari, pedagogika, olimpiya zahiralari kollejlari, sport maktablar va barcha oliy hamda o’rta maxsus o’quv yurtlarida keng foylanilmoqda.

Yirik sport inshootlari, stadionlar, o’yin maydonlari, sport zallarida sportni reklama shaklida targ’ibot qilish yaxshi yo’lga qo’yilmoqda.

Ba’zi o’quv yurtlari, mehnat jamoalari va mahallalarda sport mavzusida videotasvirlardan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda.

«Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Yozgi sport mavsumining boshlanishi», «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada», «Alpomish o’yinlari», «To’maris o’yinlari», «O’zbekiston mening Vatanim», «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» kabi umumxalq bayramlari, musobaqalar, festivallar hamda kurash, tennis, boks kabi sport turlari bo’yicha o’tkazilayotgan xalqaro turnirlar, chempionatlar targ’ibotini asosiy mazmunini tashkil etmoqda.

Toshkent, viloyat markazlaridagi teatrlar, konsert saroylari, «Olimpiya shon-shuhrat muzeyi» va boshqa katta koshonalar xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etgan sportchilar, g’oliblar, murabbiylar, sport faxriylari va yosh iste’dodli sportchilar bilan uchrashish, muloqotlar o’tkazish va taqdirlash manzillariga aylanmoqda. Ularni televideniya orqali millionlab kishilar tomosha qilmoqda. Bu usullar ham targ’ibotni kengaytirishga keng yo’l ochib bermoqda. An’anaviy bayramlar, sport musobaqalari, yirik to’ylarda jismoniy madaniyat va sport sohasidagi olimlar, tajribali murabbiylar, olimpiya o’yinlari qatnashchilari, jahon chempionlari, sport tashkilotlarining rahbar xodimlari aholi o’rtasida jonli targ’ibot ishlarini olib bormoqda. Bularda suhbat, savol-javob, ma’ruza o’qish va hokazo usullardan maqsadli qo’llanilmoqda. Ularda asosan mustaqillik yillarida respublikamiz sportchilarining erishayotgan yutuqlari, Respublika Prezidenti va hukumatning bu sohadagi g’amxo’rliklari, jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o’yinlari, sayohatlarining sog’lomlashtiruvchi va chiniqtiruvchi xususiyatlari, mahalliy millat xotin-qizlari orasida sportni rivojlantirish, yangidan qad ko’tarayotgan yirik sport koshonalari, O’zbek kurashining xalqaro ko’lami va boshqa mavzular muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xulosa qilib aytganda jismoniy madaniyat va sport harakatida targ’ibot ishlari o’zining mazmuni, mohiyati va ko’lami jihatdan eng muhim va nufuzli tadbirga aylanib bormoqda.

Aholining kundalik turmushiga jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlari va turizmni yanada chuqurroq singdirish yo’lida targ’ibotlarning kuchi hamda ijtimoiy tarbiyaviy mohiyati sezilmoqda.

Buyuk kelajak avlodlarini jismoniy barkamollikka erishtirishda jismoniy madaniyat va sport harakatining asosiy yo’nalishlarini yanada ko’proq va ta’sirchan qilib targ’ibot qilish davr talabi hisoblanadi. Shu sababdan yosh mutaxassislar, olimlar, murabbiylar, ayniqsa magistrlar hamda talabalar bunday ulug’, ko’lami keng, ko’p qirrali targ’ibot ishlarida bevosita ishtirok etishlari, o’zlarining nazariy bilim hamda amaliy malakalarini muntazam ravishda oshirib borishlari shartdir. 

Ijtimoiy turmush madaniyatimiz va kasb-hunar yo’lida ta’lim tarbiyaning o’rni beqiyos kattadir. Shu sababdan ham o’quv yurtlarida ta’lim jarayonlarida turli tuman fanlar dars shaklida olib borilmoqda.

Insonlar faoliyati eng kichik yoshdan boshlab yuzaga keladi va ular o’qish, mehnat, ijtimoiy turmush sharoitida rivojlanadi. Bu o’z-o’zidan bo’lmasligi barchaga ayondir. Bolalikdan sog’lom qilib o’stirish, ularni kasb-hunarga yo’llashda uzluksiz, ya’ni oila, bog’chalar, umumta’lim maktablar, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya beriladi. Bunda anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika, istiqlol va ma’naviyat asoslari hamda boshqa fanlarning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ular odam tanasining tuzilishi, harakat faoliyatlari, jismoniy jihatdan barkamollikka erishish, kasb-hunarni egallash, mehnat qilish va ona-vatanni himoya qilish his-tuyg’ularini o’rgatadi, ta’lim tarbiya beradi.



Bunday ijtimoiy pedagogik jarayonlarda jismoniy tarbiya ta’limi fani va umuman olganda jismoniy madaniyat tarbiyasi o’ziga xos xususiyatlarni o’zida mukammal ravishda mujassamlashtirdi.
Yüklə 15,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin