Men Akbarov Nomonjon Qo`qon shahrida tug`ulganman. Qo‘qonni Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri deb aytish mumkin. Uning alohida shahar sifatida birinchi marta qayd etilishi uzoq X asrga borib taqaladi. Qo‘qon Buyuk Ipak yo‘lidagi eng qadimiy shahardir. Shahar hashamatli yodgorliklarga va ulug‘vor madrasalarga boy. Mening shahrimda diqqatga sazovor joylar juda ko`p, ular:
Bizning urf-odatlarimiz juda ko`p. Qo`qonga tashrif buyurganlar uning mehmondo`st shaharligiga qoyil qolishadi. Mening shahrim o`z mehmonlarini ikki qo`llari ko`ksilari qo`ygan holda Qo`qon devzira palovi bilan mexmon qilmay jo`natmaydilar. Bizning urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi, nikoh bilan bog’liq bo’ladi.
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi.
Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir. Bu marosim o’g’il bolalar uchun tug`ulgandan boshlab 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda o’tkaziladi.
Ertalabki osh marosimi o’tkaziladi. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi.