Jo‘rayev N. M. Tatu farg‘ona filiali “ Telekommunikatsiya injiniringi ” kafedrasi dotsenti



Yüklə 18,48 Kb.
tarix20.04.2022
ölçüsü18,48 Kb.
#55865
Pedagogik jarayonlarda AKT vositalari hamda innovatsion yondashuv


Pedagogik jarayonlarda AKT vositalari hamda innovatsion yondashuv

Jo‘rayev N.M.

TATU Farg‘ona filiali “ Telekommunikatsiya injiniringi ” kafedrasi dotsenti

Ismoilov A.H.

TATU Farg‘ona filiali “ Teleradioeshittirish ” yo’nalishi

M3 – 21 TI guruh talabasi

Hozirgi kunda barchamizga sir emaski vatanimiz O’zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatning ko’plab soxalarida yaqqol o’z o’rniga ega bo’lib ulgurdi. Mazkur natijalarni davom ettirish, yanada yuksak natijalarga erishish albatta o’sib kelayotgan yosh avlodga va o’z navbatida, ularga ta’lim – tarbiya berayotgan pedagoglarga bog’liq. Pedagogika sohasida faoliyat olib borayotgan hodimlarning ta’lim sohasida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi axborot asri deb nom olgan shunday davrda yoshlarimizning AKT soxasidagi tushunchalarini kengaytirishga, hamda, kelgusida ularning jamiyadagi o’z o’rnilarini topishga xizmat qiladi deb aytishimiz mumkin.

Ma’ruza davomida ma’ruzachining xatti – harakati, imo ishoralari, nutq komponentlari muhim ro’l o’ynaydi. O’qituvchi auditoriya bilan yaxshi aloqa o’rnatishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ma’ruzaning to’laqonligi ko’rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham bog’liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy obyektlar va AKT ning turli elementlaridan o’rinli foydalanish ma’ruzaning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi. Aynan shuning uchun bugungi kun pedаgоgikа fаnidа tizimli yondаshuv metоdоlоgiyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarisiz pedаgоgik jаrаyonlаr sаmаrаdоrligini tа’minlаshni tаsаvvur etib bo‘lmаydi.

Bundаy innovatsion yondashuv hamda AKT vositalarining jоriy etilishi mаzkur jаrаyonlаrdа tаsоdifiy vа kutilmаgаn hоlаtlаrning оldini оlishgа xizmаt qilаdi. Tizimli yondаshuvdа tа’lim muаssаsаlаridа tаshkil etilаdigаn, pedаgоgik аhаmiyat kаsb etuvchi bаrchа jаrаyonlаr mаjmui yaxlit tizim sifаtidа, ya’ni tаshqi muhitdа xizmаt qilаyotgаn murаkkаb pedаgоgik tizim sifаtidа ko‘rib chiqilаdi. Bunda pedagogik jarayonlarning aloqalari va bog‘liqligining mazmun va mohiyatiga ko‘ra ularni bir butun, ya’ni yaxlit holda tasavvur etish talab etiladi. Pedagogik jarayonlar samaradorligini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi aloqalar hamda o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tizimli yondashuv pedagogik jarayonlar samaradorligini o‘rganishda o‘ziga xos yaxlitlik, umumiylik, universallik, differensiallik kabi tushunchalar asosida mujassamlashtirilgan yangi texnologiyalar, ya’ni integratsion texnologiyalar va AKT vositalarining joriy etilishini o‘z ichiga oladi. Universal tushunchalar apparati, abstraksiyaning yuqori darajasi, asosiy tamoyillarning integrativ xususiyatlari — subyektlarning turli sohalar bo‘yicha tushunchalari, fikrlashi va dunyoqarashini o‘rganishning samarali usuli sifatida tizimli yondashuvni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Tizimli yondashuv yo‘nalishidagi barcha bilim, ko‘nikma va malakalar majmui talabalar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarishda professor-o‘qituvchilarga qo‘yilayotgan talablar majmuini ifodalashi bilan bir qatorda, ularning faoliyati samaradorligini ta’minlovchi eng zarur omillar hisoblanadi. Tizimli yondashuvning asosiy tushunchasi «tizim» bo‘lib, aloqa, munosabatlar, integratsiya, yaxlitlik, tashkil etuvchi qismlar kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Tizimning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zaro ta’sir etuvchi komponentlarining majmui yaxlit obyektni tashkil etadi.



Pedagogikada «tizim» tushunchasi juda keng qo‘llaniladi, masalan, ta’lim tizimi, tarbiya tizimi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va metodlari tizimi va hokazo. Ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim — insonlarga va yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funksional bog‘liq bo‘lgan komponentlar majmuidan iborat bo‘ladi. Pedagogik tizimni o‘zgartirish, uni qayta tashkil etish va moslashtirish qaysidir komponent yoki bir necha komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, pedagogik jarayon subyektlari faolligini ta’minlash, mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini rivojlantirish, ta’lim mazmunini takomillashtirish va boshqalar.

Ta’lim muassasasi boshqaruv faoliyatining tizimli obyekti sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
• zaruriyat, imkoniyat, ta’lim muassasasining ko‘rsatkichlari va o‘z qobiliyatini baholash mezonlarini hisobga olish asosidagi rivojlanish yo‘nalishi;
uning salohiyati, funksional imkoniyatlari, individualligi va madaniyligi;
• ta’lim muassasasining yaxlit pedagogik tizimi;
• ilmiy-metodik mahsulotlar va AKT vositalari bilan ta’minlanish imkoniyatlari;
• ichki imkoniyatlari va tashqi muhit bilan munosabatlari;
• pedagogik va ta’lim muassasasi jamoalarining rivojlanishi, shuningdek, ta’lim muassasasining ichki boshqaruv tizimi va uning rivojlanishi.

AKT vositalarining joriy etilishi bilan olingan natijalar bo‘yicha va pedagogik jarayon subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning faolligini ta’minlash asosida belgilangan natijalarga erishish mumkin. Mazkur jarayonda belgilangan vazifalar va o‘rganiladigan tushunchalarning mazmun-mohiyatini har bir ishtirokchiga tushuntirish orqali subyektlarning o‘zini-o‘zi boshqarishi hamda o‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvni joriy etishi ta’minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3832-son Qarori, 2018 yil 3 iyul.

  2. Omonov H.T., Xattabov M.B. “ Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ” – Toshkent: «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2016, 115 bet.

  3. http://uz.infocom.uz/2013/10/29

Yüklə 18,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin