O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarVAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI JIZZAX FILIALI ‘AMALIY MATEMATIKA ’FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan
Qishloq xo’jaligi yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ikkita yirik tarmoqqa: o’simlikchilik va chorvachilikka bo’linadi. O’simlikchilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lib, unda ko’p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’simlikchilik tarmog’i o’z navbatida quyidagi kichik tarmoqlarga bo’linadi:
donchilik (bug’doy, arpa, makkajo’xori, sholi va hokazo);
texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, qand lavlagi, moyli ekinlar va hokazo);
kartoshkachilik;
sabzavotchilik (piyoz, sabzi, bodring va hokazo);
polizchilik (qovun, tarvuz va hokazo);
mevachilik (olma, o’rik, shaftoli va hokazo);
uzumchilik;
chorva ozuqasi ekinlari yetishtiruvchi va boshqa tarmoqlardan iboratdir.
O’simlikchilik tarmoqlarining mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi o’rni beqiyosdir. Chunki, aholi tomonidan kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida o’simlikchilik tarmog’idan olinadigan mahsulotlar asosiy o’rinni egallaydi. Shu sababli o’simlikchilik aholining birlamchi ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlar yetishtirib beruvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Bundan tashqari, o’simlikchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar sanoatning ko’pgina sohalari uchun xomashyo bo’lib hisoblanadi. To’qimachilik, yog’-moy, oziq-ovqat kabi yo’nalishlardagi sanoat korxonalarining faoliyati o’simlikchilik tarmoqlarining faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga, o’simlikchilik tarmoqlari chorva mollari uchun ozuqa ham yetkazib beradi. Bizga ma’lumki, chorvachilikni rivojlantirish uning mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlanishiga bog’liq. Shu jihatdan, chorvachilikning rivoji ham o’simlikchilik tarmog’iga bevosita bog’liqdir.