Joriy nazorat ishi



Yüklə 53,08 Kb.
səhifə1/14
tarix18.07.2023
ölçüsü53,08 Kb.
#136871
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tarmoqlar iqtisodiyoti 1-joriy nazorat




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA ’FAKULTETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Tarmoqlar iqtisodiyoti fanidan

JORIY NAZORAT ISHI

Mavzu: O’zbekistonda o’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Topshirdi: 923.20 –guruh talabasi Majidov I.

Qabul qildi: .



Jizzax-2023

O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti

Reja:



1. O’simlikchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati

2. Mamlakatimizda o’simlikchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.

3. O’simlikchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yo’llari.



1. O’simlikchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz

iqtisodiyotidagi ahamiyati.


Qishloq xo’jaligi yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ikkita yirik tarmoqqa: o’simlikchilik va chorvachilikka bo’linadi. O’simlikchilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lib, unda ko’p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’simlikchilik tarmog’i o’z navbatida quyidagi kichik tarmoqlarga bo’linadi:

  • donchilik (bug’doy, arpa, makkajo’xori, sholi va hokazo);

  • texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, qand lavlagi, moyli ekinlar va hokazo);

  • kartoshkachilik;

  • sabzavotchilik (piyoz, sabzi, bodring va hokazo);

  • polizchilik (qovun, tarvuz va hokazo);

  • mevachilik (olma, o’rik, shaftoli va hokazo);

  • uzumchilik;

  • chorva ozuqasi ekinlari yetishtiruvchi va boshqa tarmoqlardan iboratdir.

O’simlikchilik tarmoqlarining mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi o’rni beqiyosdir. Chunki, aholi tomonidan kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida o’simlikchilik tarmog’idan olinadigan mahsulotlar asosiy o’rinni egallaydi. Shu sababli o’simlikchilik aholining birlamchi ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlar yetishtirib beruvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Bundan tashqari, o’simlikchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar sanoatning ko’pgina sohalari uchun xomashyo bo’lib hisoblanadi. To’qimachilik, yog’-moy, oziq-ovqat kabi yo’nalishlardagi sanoat korxonalarining faoliyati o’simlikchilik tarmoqlarining faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga, o’simlikchilik tarmoqlari chorva mollari uchun ozuqa ham yetkazib beradi. Bizga ma’lumki, chorvachilikni rivojlantirish uning mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlanishiga bog’liq. Shu jihatdan, chorvachilikning rivoji ham o’simlikchilik tarmog’iga bevosita bog’liqdir.

Yüklə 53,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin