Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI



 



 



Interfaol metodlar tushunchasi 

Interfaol metodlar tushunchasi -  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 

ning  III  bosqich  vazifalaridan  biri  ta’lim  jarayoniga  ilg`or  pedagogik  texnologiyalarni 

olib  kirishdir.  Hozirgi  kunda  ilg`or  pedagogik  texnologiya  elementi  bo`lgan  interfaol 

usullardan  keng  foydalanilmoqda.  Interfaol  –  inglizcha  “inter”  so`zidan  olingan  bo`lib, 

“orasida”  ,  “o`rtasida”  degan  ma’noni  anglatadi,  ya’ni    ikki  narsa  o`rtasidagi  faollik 

degan  ma’noni  bildiradi.  Interfaol  metod  –  ta’lim  jarayonida  o`quvchilar  hamda 

o`qituvchi o`rtasidagi  faollikni  oshirish orqali o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirishini 

faollashtirish, 

shaxsiy 

sifatlarini 

rivojlantirish. 

“Interaktiv”  so`zi  inglizcha,  “Inter”-  “o`zaro”,    “akt”-  “harakat,  ta’sir,  faollik” 

ma’nolarini bildiradi. 

 

Ta’limda  interfaol  metod  –  bu  o`quvchi  bilan  o`qituvchi  o`rtasida  ta’limni 



o`zlashtirish  munosabatlarini  kuchaytirish,  faollashtirish  demakdir.  Mazkur  metodlar 

hamkorlikda  ishlash  vositasida  dars  samaradorligini  oshirishga  yordam  beradi.  Ular 

o`quvchilarni  mustakil  fikrlashga    undaydi  Interfaol  degani  bu    -    berilgan  mavzuni 

o`qituvchi va o`quvchilar orasida o`zaro hamkorlik asosida dars samaradorligini oshirish, 

mustaqil  fikr  berish  ko`nikmasini  shakllantirish,  fikr-mulohaza,  bahs  orqali    o`rganish 

demakdir.  Har  bir  o`quvchi  qo`yilgan  maqsadga  mustaqil  o`zi  faol  ishtirok  etgan  holda 

yakka,  juftlikda,  guruhlarda  javob  topishga  harakat  qiladi,  fikrlaydi,  yozadi,  so`zga 

chiqadi,  dalil  va  asoslar  orqali  masalani  yoritib  berishga  harakat  qiladi.  Bu  esa 

qatnashchilarning  xotirasida  uzoq  saqlanadi.  Yangi  axborotni  o`zlashtirishda  tanqidiy, 

tahliliy  yondasha  oladi.  O`qituvchi  faqat  fasilitator  (yo`l-yo`riq  ko`rsatuvchi,  tashkil 

qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.   


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin