1
Prezidentimiz I.Karimov o’zining «Buyuk kelejagimizning
huquqiy kafolati» nomli risolasida shunday deb ta’kidlaydi:
«Tarbiyachi-ustoz bo’lish uchun boshqalarning aqlidrokini
o’stirish, marifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo
tarbiyachining o’zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi va
shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak». Bu esa o’z navbatida
o’qituvchi-tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy fazilatlar egasi
bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi oldiga qo’yil-
gan vazifalar o’ta murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda sharaflidir.
Karimov I. A.
Barkamol avlod O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori,
T., O’zbekiston. 1997
KIRISH
O’zbekiston Respublikasining Mustaqilligi e’lon qilingandan so’ng
mamlakatimizda barcha sohalarda o’lkan o’zgarishlar yuz bermoqda.
Respublikamizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga uzluksiz jalb
qilishni ta’minlash, har tomonlama sog’lom barkamol avlodni voyaga
yetkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi
asosida doimiy faoliyatdagi ommaviy sport tizimi yaratilgan. Kadrlar
tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq, mamlakatimizda o’quvchi va
talabalarni ommaviy sport musobaqalari bilan qamrab olishning uch
bosqichli tizimi vujudga keldi. Birinchi bosqich umumiy o’rta ta’lim
maktablarining o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, ular o’rtasida har yili
Resublika miqyosida "Umid nihollari" sport o’yinlarini o’tkazish belgilab
qo’yilgan. Ikkinchi bosqich, ya’ni "Barkamol avlod" o’yinlari o’rta
maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalarini qamrab olgan bo’lsa, uchinchi
bosqich Oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida "Universiada"
musobaqalarida o’z aksini topgan.[4,5,]
Sport – insonning shaxs sifatida kamol topishida, unda kuchli iroda,
g’alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengish ruhini tarbiyalashda, qalbi va
ongiga vatanparvarlik, el-yurtga sodiqlik, iftixor tuyg’ularini singdirishda
2
muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida har
tomonlama barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilgan davlat siyosatida
ushbu jihatlar ustuvor o’rinni egallaydi. Bugun ozod va obod Vatanimizda
unib-o’sayotgan nihollar – ham jismoniy, ham ma’naviy yetuk, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan tom ma’nodagi barkamol
avlod mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz farovonligini, hayotimizning
osoyishta va tinch-totuvligini ta’minlashda hal qiluvchi kuch, buyuk
kelajagimiz bunyodkorlaridir.
2003-2011 yillar davomida mazkur jamg’arma tomonidan 1500 ga
yaqin zamonaviy sport ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu
inshootlarning aksariyati qishloqlarda joylashgani e’tiborga molikdir.
Mamlakatimizda bu olijanob maqsad yo‘lida keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, oilalarni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza
qilish kabi yo‘nalishlardagi islohotlar bir-birini to‘ldirib, aholi salomatligi
va hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 1-avgustdagi “2014-2018-yillarda
O‘zbekistonda
aholining
reproduktiv
salomatligini
yanada
mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori mohiyat e’tibori bilan
bolalarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish, yoshlarga
oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
Sport inshootlari va suzish havzalarini qurish, ta’mirlash hamda
jihozlash ishlari atroflicha tahlil etildi. Sport majmualaridan foydalanish
samaradorligini oshirish, bolalarni, ayniqsa, qizlarni sportga yanada
kengroq jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
2014-yilda bolalar sporti obyektlari, musiqa va san’at maktablari
barpo etish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari izchil
davom ettirildi. 115 bolalar sporti obyekti, 48 bola lar musiqa va san’at
maktabi barpo etildi.[5]
3
Tadqiqot mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
Har bir sport turi uchun maxsus majmua bo‘lishi kerak. Shu
maqsadda
barcha
viloyatlarda
xalqaro
toifadagi
sport
ustalari
tayyorlaydigan majmualar barpo etish zarur, deb takidlaydi davlatimiz
rahbari I.Karimov 2015-yil 24-fevraldagi O’zbekiston bolalar sportini
rivojlantirish
jamg’armasi
homiylik
Kengashining
navbatdagi
yig’ilishida.[5]
O’zbekiston iqlimiy sharoitida sport inshootlari, xususan cho’milish
basseynlarining ahmiyati katta bo’lishiga qaramay, hozirgi kunda
cho’milish basseynlari bo’yicha chop etilgan adabiyot ma’lumotlari
yetarli emasligi, me’yoriy va maxsus ko’rsatmalarning to’liq hajmda
yoritilmaganligi bois, texnologik tizimlarni loyihalash va montaj qilishda
bir qator qiyinchiliklar tug’ilmoqda. Shuning uchun ushbu yo’nalishda
bajariladigan har qanday ilmiy-tadqiqot ishlari dolzarb muammo
hisoblanadi.
Cho’milish basseynlari faoliyatini belgilovchi asosiy tizimlar - suv
ta’minoti va kanalizatsiya tzimlaridir. Shunga ko’ra suv ta’minoti,
kanalizatsiya tizimlari va ularning asosiy qurilma va texnologiyalarini
ishlab chiqish, loyihalash va qurish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi ham aynan shu bilan izohlanadi.
Bolalar sportini rivojlantirish Jamg’armasi tomonidan 10 yilda
qurilish ishlari uchun 570 milliard so’m sarflangan bo’lib, Davlatimiz
rahbarining: – boshqacha qilib aytganda, jamag’armani tashkil etishda
biz sog’lom va barkamol avlodni shakllantirish, sog’lom hayot tarzini
keng qaror toptirish, yosh naslimizni turli salbiy ta’sirlardan asrash,
bolalar
sportini
tom
ma’noda ommaviy, umumxalq harakatiga
aylantirishdek olijanob maqsadlarni o’z oldimizga qo’yganimizni yana bir
bor ta’kidlab o’tmoqchiman deb takidlaganlaridek, O’tgan besh yilda
mamlakatimizning barcha viloyatlarida namunaviy loyihalar asosida
hajmi 25 metrga 12 metr bo’lgan 14 ta yangi, zamonaviy yopiq suzish
4
havzasi barpo etildi, 13 ta suzish havzasi qaytadan qurildi, 83 tasi kapital
ta’mirlandi. Shu davrda 110 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi,
ularning umumiy soni bugungi kunda yurtimiz bo’yicha 203 taga yetgani
suzish sportiga bo’lgan e’tiborni ne chog’liq muhimligining isboti deyish
mumkin.
Yaratilgan bunday keng imkoniyatlar bolalarning suv sporti turlari –
suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, vaterpol bilan ommaviy ravishda
shug’ullanishi
uchun
xizmat
qilmoqda.
Hozirgi vaqtda 13 ming nafardan ortiq yurtimiz o’g’il-qizlari ayni
shu sport turlari bilan muntazam ravishda shug’ullanayotgani alohida
e’tiborga sazovor. Ana shunday sa’y-harakatlarimiz natijasida so’nggi
yillarda O’zbekiston sportchilari suv sporti turlari bo’yicha ko’plab
xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishmoqdalar.
2012 yili Germaniyada bo’lib o’tgan suzish bo’yicha xalqaro
musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi 9 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta
bronza medalni qo’lga kiritdi.
Suv sportiga bo’lgan e’tiborni inobatga olib, suzish basseynlarini
loyihalash, qurish va uning suvini inson salomatligiga zararli ta’sirini
oldini olish uchun basseynlarning suvini zararsizlantirish usullari ustuda
tadqiqotlar o’tkazib yangi metodlar ishlab chiqishni davlat miqyosida
ahamiyatga egaligi tadqiqotning dolzarbligi hisoblanadi.
- Sport olamidagi har qanday yutuq o’z-o’zidan kelmaydi. Sport
maydonlarida erishiladigan yutuqlar – avvalo shu yo’lda tinimsiz intilib,
kurashib yashaydigan insonning yutug’i, ayni vaqtda shu insonni
tarbiyalab voyaga yetkazgan jamiyatning yutug’idir.
Men ishonaman – bugun butunlay yangicha sharoitlarda o’sib, kamol
topayotgan bizning bolalarimiz, qizlarimiz bundan ham katta yutuqlarni
qo’lga kiritishga albatta qodir. Shuning uchun ham bunday iste’dodli,
navqiron
farzandlarimizni
har
tomonlama
qo’llab-quvvatlashimiz,
ularning salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun barcha shart-
5
sharoitlarni yaratib berishimiz kerak, deb takidlaydi davlatimiz rahbari
I.Karimov. [5]
Ana shunday yosh sportchilarimiz o’tgan davrda o’z mahorati, azmu
shijoatini namoyon etib, 922 ta medalni, jumladan, 363 ta oltin, 282 ta
kumush va 277 ta bronza medalni qo’lga kiritgani alohida tahsinga
sazovordir. Birgina 2012 yilning o’zida sportchi yigit-qizlarimiz 204 ta
medal sohibi bo’ldilar. Ularning 81 tasi oltin, 61 tasi kumush va 62 tasi
bronza medalidir.
Shu bilan birga, mohir suzuvchi qizlarimiz sinxron suzish bo’yicha
Indoneziyada bo’lib o’tgan Osiyo chempionatining kumush medallarini
qo’lga kiritgani suzish sportiga bo’lgan ahamiyatning yuqoriligidan darak
beradi.
Yurtimiz qizlarining bunday o’lkan muvaffaqiyatlarga erishishlarini
avvalombor, o’zbek oilalarida madaniy muhit, ma’naviy saviya qanday
o’zgarib, dunyoqarashimiz, ongu tafakkurimiz qanday yukasalib
borayotganining isboti hisoblanadi.
Biz albatta Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher
Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ayni
vaqtda mana shunday yoshlarimizning yutuqlarini ko’rib, bugun bizning
davrimiz keldi, O’zbekistonning zamoni keldi, dunyo bizni tan olyapti,
degan yuksak g’urur-iftixor tuyg’usi, katta ishonch bilan yashashimiz
tabiiydir.
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, suzish sportiga
bo’lgan talab va ahamiyat juda yuqori. Shuning uchun bu yo’lda
qilinadigan har qanday ilmiy ish muhim ahamiyat kasb etadi va dolzarb
hisoblanadi.
Darhaqiqat, keying yillarda davlatimiz rahbarining «O’zbekiston
Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish
chora- tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining
«Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni
6
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi hamda «Shaharlar, tuman
markazlari va shahar tipidagi pasyolkalarning bosh rejalarini ishlab
chiqish va ularni qurish to’g’risida» gi bir qator qarorlar qabo’l qilindi.
Darajasi va farovonligini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri
bilan chambarchas bog’liq keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga
oshirishda asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Buni, yurtboshimizning
viloyatimiz to’g’risida aytgan quyidagi iliq so’zlaridan anglasa bo’ladi:
basseynlarining ahamiyati katta bo’lishiga qaramay, hozirgi kunda
cho’milish basseynlari bo’yicha chop etilgan adabiyot ma’lumotlari
yetarli emasligi, me’yoriy va maxsus ko’rsatmalarda to’liq hajmda
yoritilmaganligi bois texnologik tizimlarni loyihalash va montaj qilishda
bir qator qiyinchiliklar to’g’ilmoqda. Shuning uchun ushbu yo’nalishda
bajariladigan har qanday ilmiy-tadqiqot ishlari dolzarb muammo
hisoblanadi.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqotning ob’ekti – bu ochiq
tipdagi suzish basseynidir. Cho’milish basseynlari bir biri bilan o’zaro
uzviy bog’langan va belgilangan texnologik rejimini ta’minlash uchun
xizmat qiluvchi muhandislik inshootlari va qurilmalari majmuidan iborat.
Majmuaga kiruvchi inshoot va qurilmalar quyidagilar: suzish vannasi
asosiy inshoot hisoblanib, majmuaning turi va vazifasini belgilaydi;
suvlarni tayyorlash stansiyasi tozalash, zararsizlantirish, qizdirish va
zarur miqdorda uzatish uchun xizmat qiladi; sportchilar, tomoshabinlar va
hodimlar uchun alohida maydonchalar va yordamchi xonalar; ularga
sanitariya–gigiyena va madaniy xizmat ko’rsatuvchi maishiy xonalar;
belgilangan texnologik rejimni ta’minlash uchun xizmat qiluvchi maxsus
qurilma va jihozlar.
Cho’milish basseynlari faoliyatini belgilovchi asosiy tizimlar suv
ta’minoti va kanalizasiya tizimlaridir. Shuning uchun suv ta’minoti,
kanalizasiya tizimlari va ularning asosiy qurilmalarini hisoblash,
loyihalash va qurish muhim ahamiyat kasb etadi.
7
Tadqiqotning predmeti – bu ochiq tipdagi suvda suzish basseynlarini
suvini zararsizlantirish metodlari hisoblanib. Bu dissertatsiya ishida suvni
zararsizlantirishning ELEKTROLIZ usuli ustida ilmiy izlanishlar olib
boriladi hamda ushbu usulning afzalliklari, ilmiy yangiligi va iqsodiy
samaradorligi ilmiy asoslab beriladi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: cho’milish basseynlarida
suv ta’minotining yopiq zanjirli aylanma tizimlarini o’rganish; cho’milish
basseynlarida suv almashinish jarayonlarida, suvlarni tozalash va
zararsizlantirish
usullarini
o’rganish;
suvni
zararsizlantirish
usullaridan(ozonlash, ultrabinafsha nuri, xlor, gippoxlorid va elektroliz
yordamida) eng optimal ya’ni, iqtisodiy qulay va texnik jihatdan
murakkab bo’lmagan tizimni ishlab chiqishga qaratilgan.
Tadqiqot vazifasi: Suzish basseyni bu shunchaki yerda qazilgan,
suvli chuqurlik emas balki jiddiy muhandislik gidrotexnik inshoot
hisoblanadi. Suvda suzish basseynining asosiy qismi va muammosi bu
uning suv ta’minoti va inson salomatligiga gigenik jihatdan toza
bo’lishidir. Tadqiqotning asosiy vazifasi bu suzish basseynining suvini
zararsizlantirish usullaridan iqtisodiy jihatdan samarali va texnik
tomondan murakkab bo’lmagan usulni tanlash va texnologiyalari,
uslublari ya’ni metodlarini yaratishdan iborat.
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi quyidagilar:
- ochiq tipdagi suvda suzish basseynlarida suv ta’minotining yopiq
zanjirli aylanma tizimlarini o’rganish;
-ochiq tipdagi suvda suzish basseynlarida
suv almashinish
jarayonlari, suvlarni tozalash va zararsizlantirish usullarini o’rganish va
ba usullardan eng samaralisini tanlash;
-tanlangan
zararsizlantirish
usulining
iqsodiy
jihatdan
samaradorligini ilmiy izohlash
-cho’milish basseynlarida suv ta’minotining aylanma tizimlarini
loyihalash va zararsizlantirish bo’yicha O’zbekistonning qishloq
8
hududlari uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning ilmiy yangiligi shundaki, O’zbekiston iqlimiy sharoitida
ochiq tipdagi suvda suzish basseynlari suvlarini zararsizlantirish
jarayonlari birinchi marta o’rganilmoqda.
Sharq halqlari orasida ma’lum va mashhur bo’lgan Kaykovus
qalamiga mansub"Qobusnoma" asarida ham farzandlarga hunar va kasb
ilmini o’rgatish bilan bir qatorda«shinovarlik» ya’ni «suvda suzmoq» ni
o’rgatish ham zarurlig ialohida ta’kidlangan.
Cho’milish basseynlari sport sog’lomlashtirish inshootlari turkumiga
kiruvchi inshootlar bo’lib, turli yoshdagi kishilarni cho’milish va
suzishga o’rgatish hamda suv sporti musobaqalarini o’tkazish uchun
xizmat qiladi.
Inshootlarni loyihalash va qurishda, qurilish muddatlari qisqa
bo’lishi,
qurilish
va
montaj
ishlarining
keng
miqyosda
mexanizasiyalashtirilishi va mahalliy qurilish materiallaridan ko’proq
foydalanilishi, hamda inshootlarning mustahkam, arzon bo’lishi va
samarali ishlashini ta’minlash ko’zda tutiladi. Ular me’moriy dizayn
nuqtai nazaridan chiroyli va texnik tomondan samarali ishlanishi shart.
Hozirgi kunga qadar chop etilgan adabiyotlar va me’yoriy xujjatlarda
cho’milish basseynlarini loyihalashga doir texnologik va texnik-iqtisodiy
hisoblashlarga qo’yiladigan talablar, ularni hisoblash uslublari va tanlash
kriteriylari yetarli darajada yoritilmagan.
Taniqli o’zbek olimi, akademik Yax’yo G’ulomov rahbarligida olib
borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida Markaziy Osiyo xonliklariga
qarashli shaharlarda o’zlarining me’moriy- muhandislik yechimlari
jihatidan kishini hayratda qoldiradigan bir nechta cho’milish basseynlari
inshootlarining qoldiqlari topilgan. Saroy va maydonlarda qurilgan
bunday inshootlari ko’pgina sir-asrorlarga boy bo’lib, me’moriy
shakllarning yorqinligi va texnologiya jihatidan g’ayrioddiyligi bilan
9
taxsinga loyiqdir. Bundan bir necha ming yil ilgari o’z davriga nisbatan
bunday ajoyib inshootlarning qurilishi o’sha vaqtlarda bu sohada yuqori
malakaga egabo’lgan mutaxassislar yashaganligidan, hamda ular suv va
shamol
energiyalaridan
oqilona
foydalanish
qonunlarini
yaxshi
tushunganliklaridan darak beradi.
Bundan
ko’rinib
turibdiki
bizda
basseynlar
to’g’risida
ma’lumotlardan loyihalash, montash qilish va qurish ishlarida
kamchiligimiz bo’lmasligi shart, ahir biz buyuk ajdodlarning navqiron
vakillari, avlodlari hisoblanamiz!
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ishning ilmiy yangiligi shundaki,
ochiq tipdagi suvda suzish basseynlarining suvini zararsizlantirish uchun
mo’ljallangan uskunalar alohida qurilgan binoda joylashgan bo’lishi
lozim edi. Lekin bizning tafsiyamizga binoan alohida bino qurmasdan
zararsizlantirish uskunalarini
yer
ostiga ko’milgan kontenerga
joylashtirilgan basseyn loyihasi yaratilib amaliyotga tadbiq etild i. Hozirda
Poyariq tumanida joylashgan basseynning zararsizlantirish, tozalash
hamda aylanma suv ta’minotini ta’minlovchi nasoslari va uskunalarini
kontenerga joylashtirish loyihasi ishga tushirildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
Samarqand viloyatidagi
Payariq tumanida joylashgan mavsumiy ishlaydigan ochiq tipdagi suvda suzish
basseynnining suv ta’minoti tizimlarini sistemaga solish va ularda statistik
ma’lumotlarni yig’ish.
Ochiq tipdagi basseynning suv ta’minoti tizimini ishlash ishonchliligini
o’rganib borish va suv ta’minoti tizimidagi barcha elementlarini
harakteristikasini olish. Olingan ma’lumotlar asosida bugungi kun talablariga
javob beradigan aylanma suv ta’minoti tizimini ishlab chiqish. Ya’ni, basseynni
doimiy sanitary-gigienik talablari darajasida toza suv bilan ta’minlash, aylanma
suv rejimida ishlaydigan mexanizmlarini soddalashtirib loyihalash va tafsiyalar
ishlab chiqish.
10
Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi: Dissertatsiyaning
nazariy qismini yaratishda ko`pgina adabiyotlar tahlil qilindi. Dissertatsiyaning
mavzusi bo`yicha adabiyotlardan tashqari, ko`pgina loyihalarni tahliliy ishlari
olib borilishi.
Tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi: Bu asosan, aylanma
(sirkulyatsion) suv ta’minoti rejimida ishlaydigan basseyn loyihasini gidravlik
ishlash tartibini o’rganish nazarda tutilgan. Chunki yuqorida keltirilgan shart -
sharoitlar uchun ochiq tipdagi suvda suzish basseynlari uchun bugungi kunda
texnik ko’rsatmalar va tavsiyalar deyarli yo’q.
Tadqiqot
natijalarining
nazariy
va
amaliy
ahamiyati:
Tugallangan dissertasiya ishidan kutiladigan natija:
Suvda suzish basseynlarida suv ta’minoti tizimining eng tejamkor
va ishonchlilik darajasi yuqori bo’lgan suv ta’minoti tizimini yaratish.
Hozirda “Barkamol avlodni tarbiyalash” munosabati bilan ishlab
chiqilgan davlat dasturi asosida qurilishi rejalashtirilgan ochiq tipdagi
suvda suzish basseynlarining suvini giginek jihatdan toza bo’lishi uchun
uning suvini zararsizlantirishning texnologiyalari, uslublari ustida
izlanishlar olib borayapman.
Ish tuzilmasining tavsifi: mazkur dissertatsiya 3 bobdan iborat bo`lib, boblar
mavzulardan iborat. Barcha boblardagi mavzularda dissertatsiyaning mazmuni
va mohiyati yoritilgan. Bundan tashqari dissertatsiya o`z tarkibiga 18 ta formula,
10 ta rasm va 19 ta jadvallarni olgan.
Dostları ilə paylaş: |