Karshibayeva Shoxida Malikovna 19-15 gurux talabasi mavzu: sinfdan tashqari o’qish darslarida a. Abdurazzoq ijodini o’rganish

Yüklə 97,18 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü97,18 Kb.
#100733
Sinfdan tashqari o\'qish darslarida A.Abdurazzoq ijodi

Karshibayeva Shoxida Malikovna 19-15 gurux talabasi MAVZU: SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARIDA A. ABDURAZZOQ IJODINI O’RGANISH

Reja:

1. Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari hamda uning ahamiyati.

2. Sinfdan tashqari o’qish darslarida A.Abdurazzoq ijodini o’rganish.

3. A. Abdurazzoq ijodiga nazar.

Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari.

Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari.

STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:

1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ ma’lumoti” deb yuritiladi. 2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. 3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari.

Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi.

2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, maqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.

4. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi.

Aziz Abdurazzoq

Taniqli shoir, tarjimon va muharrir Aziz Abdurazzoq 1928 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Avval Madaniy-oqartuv texnikumida, keyin Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil ko‘rdi. Ko‘p yillar yoshlar gazetasida (hozirgi “Turkiston”), “Sharq yulduzi” va “Guliston” jurnallarida adabiy xodim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib xizmat qildi. Aziz Abdurazzoqning birinchi she’riy to‘plami “Do‘stlarimga” 1959 yilda nashr etilgan. Shundan buyon o‘tgan qariyb yarim asrlik ijodiy faoliyati mobaynida shoirning «Yana bahor» (1961), «Mavj» (1965), «Bodom gulladi» (1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho‘x yomg‘ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Aziz Abdurazzoq ayni chog‘da bolalar uchun ham ijod qilgan. Uning bolalar uchun «Oh, qanday shirin» (1.977), «Qiz va lola» (1979), «Tap-tap elak» (1981) kabi o‘nlab asarlari chop etilgan. Ularda beg‘ubor yoshlik manzaralari, goh quvnoq, goh kulgili, goh kinoyali tarzda o‘z ifodasini topgan. Kattalar uchun yozilgan asarlarida o‘zbek xalqining milliy xususiyatlarini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba’zan achchiq kinoya bilan almashib turadi. Kitobxonga katta zavq-shavq bag‘ishlashdan tashqari, uni hushyorlikka, shijoatga chorlaydi. So‘nggi yillarda uning «Yostiqdan chikqan ertaklar» (1988), «Bog‘da bitgan ertaklar» (1989), «To‘rt og‘ayni botirlar» (1989), «Ming chinor» (1995) she’riy to‘plamlari bosilib chiqqan.

A.Abdurazzoq tarjimalaridan.

Muhabbat

Kulcha bo’lgan ilonday yuho, Yuragingni avrab qoladi. Kaptar bo’lib kun bo’yi goho, Derazangda sayrab qoladi.

Qirov ichra ba’zan yarqirab, Mudroq sambit uzra ko’rinar. Sehr bilan qo’lingdan ushlab, Tinching buzmoq bo’lib urinar.

Unga odat yum-yum yig’lamoq, Zerikkan tor kuyiga monand. Dahshatlidir uni anglamoq, Tabassum-la aqling etsa band.

Suv ichmaymiz biz bir kosada Va ichmaymiz shirin sharob ham. O’pishmaymiz ertalab — tongda, Derazadan boqmaymiz oqshom.

Suv ichmaymiz biz bir kosada Va ichmaymiz shirin sharob ham. O’pishmaymiz ertalab — tongda, Derazadan boqmaymiz oqshom.

Senda quyosh, menda oy husni, His etamiz lekin bir hisni. Ajralmas yor mening bilan-ku, Sen bilandir rafiqang quvnoq.

Menga ayon ko’zingda qo’rquv, Sen aybdor dard cheksang goh-goh. Qisqa visol bizlarga yotdir, Istagiiz jimjit hayotdir.

She’rlarimda ovozing, sasing, She’rlaringda mening nafasim, Bir gulxan bor, o’chirolmasdir Faromushlik va ko’rqinch nafsi.

Bilsang edi men uchun hozir Dudoqlaring ko’p sevimlidir.

Sinfdan tashqari o’qish uchun tanlanadigan har qanday kitob bola tarbiyasi va savodidagi o’rnini aniq bilgan holda unga olib berish hamda o’qitish lozim. A.Abdurazzoq ijodini o’quvchilar chuqurroq o’rganishi hamda bir-birlarga tavsiya qilishlari foydadan holi bo’lmaydi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Yüklə 97,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin