Kasalliklari Yurak-tomir sistemasi kasalliklari



Yüklə 101,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.04.2023
ölçüsü101,13 Kb.
#93325
Yurak-tomir sistemasi kasalliklari - Vikipediya



Yurak-tomir
sistemasi
kasalliklari
Yurak-tomir sistemasi kasalliklari
— yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va
xilmaxil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari
arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir
sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).
[[
Yurakning ishemik kasalligi
yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga
keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp,
shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar
oqibatida kelib chiqadi (qarang [[
Yurakning ishemik kasalligi
).
Arterial gipertoniya Yu,t.s.k. orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida
koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki
nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.
Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi
tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit),
nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.
Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi —
miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi)


revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi.
[[
Yurakning ishemik kasalligi
, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar
natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak
qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning
navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan
tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi
(tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi
sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis
tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.
Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda
sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va
gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular
birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan,
buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi.
Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (masalan, zaxm, sepsis) va
allergik (qarang 
Zardob kasalligi
) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli
obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va h.k. Venalarning varikoz kengayishi va
tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.
Yurak yetishmovchiligi yurakning oʻziga yuklangan toʻla hajmdagi funksional yuklamani bajara
olmasligini koʻrsatuvchi patologik belgilar (terining koʻkarishi, nafas qisishi, oyoq shishib
qolishi va boshqalar) bilan namoyon boʻladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik
alomat hisoblanadi.
Oʻtkir yurak yetishmovchiligi — juda xavfli, lekin kamdan-kam uchraydi. U kutilmaganda yoki
toʻsatdan nafas qisib, boʻgʻilish (qarang 
Yurak astmasi
) xuruji bilan kechadi.
Koʻpchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklarisk. oqibatida yurak muskulining qisqarish
funksiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada
organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga qarab yurak yoxud
tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.
YU.t.s.k. (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi)ni muntazam va oʻz
vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni
kardiologiya fani oʻrganadi.
YU.t.s.k.ni aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda
dispanserlarda amalga oshiriladi. davolash reabilitatsiya, yaʼni salomatlikni qayta tiklashdan
iborat. Hozirda yurak-qon tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik


Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
tomirlar tuzilishidagi tugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli bilan
davolanadi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Yurak-
tomir_sistemasi_kasalliklari&oldi
d=2863823
" dan olindi
Adabiyot

Yüklə 101,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin