Kasbiy kompetentlik



Yüklə 15,13 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü15,13 Kb.
#120806
1-ma\'ruza-1


KASBIY KOMPETENTLIK” FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja

  1. “Kasbiy kompetentlik” fanining maqsad va vazifalari. Kasbiy kompetentlikning asosiy tushunchalari: kasbiy ta`lim, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tarbiya, unumli mehnat, kasbiy mahorat.

  2. Kasbiy kompetentlik mazmunini belgilovchi asosiy ilmiy yo’nalishlar. “Kasbiy kompetentlik ” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.


I. Fanning mazmuni:
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga o’qituvchidagi kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish orqali ularning bo’lajak kasbiy-pedagogik va tarbiyaviy ishlar faoliyati samaradorligi va xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni berish;
Fanning vazifasi – talabalarga kompetensiya tushunchasi, turlari va kasbiy kompetensiyaning shakllanishi, ta’lim sifatini oshirishda pedagog kompetentliligini rivojlantirish yo‘llari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tarbiyalash kompetentligi,texnologiya fani o’qituvchisining sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda kasbiy kompetentligi, jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini,pedagogik g‘oyalar, tarbiya ishlarining mazmuni va xorijiy tajribalar asosida kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yondashuvlar asosida uzluksiz yangilab borish va rivojlantirish haqida bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- кasbiy kompetensiya tushunchasi, turlari va kasbiy kompetensiyaning shakllanishi, ta’lim sifatini oshirishda pedagog kompetentliligini rivojlantirish yo‘llari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarnitarbiyalash kompetentligi, sinf rahbarining kompetentlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish, sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalashda kasbiy kompetentlik,ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etishda kasbiy kompetentlikni va rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetetlikning ilmiy yondoshuvlari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
- O’qituvchining kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish asosida ta`limni boshqarish, umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tarbiyalashga qo`yiladigan talablarni; ta`limiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni; ta`lim-tarbiyaning asosiy shakllari, umumiy o`rta ta`lim mazmunini belgilovchi me`yoriy hujjatlar bilan ishlay olishni,tarbiyaviy ishlarning metodik asoslarini amalda qo’llay olish malakalarini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- Texnologiya ta`limining falsafiy-metodologik asoslari; texnologiya ta`limi tizimini tadqiq qilish metodlari; ajdodlarimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlarini; bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi tufayli pedagogik g‘oyalar, tarbiya ishlarining mazmuni, usullarining yangilanib rivojlantirish istiqbollarini belgilash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin