Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi fuqaro I.Asomov vaqtincha hech qayerda ishlamaydi. Biroq, u uy xo'jaligini boshqaradi. Uning 50 asalari uyasiga mo‘ljallangan asalarizori bo‘lib, yaqinda asal sotishdan 15 million so‘m daromad oldi. Asomovning Asaka shahri chekkasida qishda asal saqlash uchun asalarichilik ombori ham bor. Biroq bu bino joriy yilning fevral oyi oxiridagi suv toshqinida vayron bo‘lgan.
Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan fuqaro I.Asomovga suv toshqini oqibatida vayron bo‘lgan omborxona uchun mol-mulk solig‘i hisoblandi. Shuningdek, Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan I.Asomovga asal sotishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lash to‘g‘risida bildirishnoma yuborildi.
I.Asomov ushbu masalani hal etish yuzasidan maslahat so‘rab sizga murojaat qildi. Bundan tashqari, u do'sti yoki qarindoshi uning o‘rniga soliq miqdorini to'lashi mumkinligini bilishni xohlaydi.
1. I.Asomov asal sotishdan olgan daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i obyekti hisoblanadimi? 2. Jismoniy shaxsga soliq solishda umumiy daromadga nimalar kiradi? 3. I.Asomovning suv toshqini oqibatida vayron bo‘lgan mulki soliqqa tortiladimi? 4. Asaka tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholang. 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq to'lash tartibi qanday va soliq to'lovchi o'rniga uchinchi shaxs (do'st yoki qarindosh) soliq to'lashi mumkinmi?
2. A.Ikromov yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, non pishirish va sotish bilan shug‘ullanadi. Yordam berish uchun u ikki ishchini yolladi va bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzdi.
2022-yil 20-aprelda Mirobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan uning daromadi 100 million so‘mdan oshib ketganligi sababli daromad solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va o‘z xodimlariga ijtimoiy soliq to‘lashi lozimligi haqida xabar berilgan.
Bundan tashqari, Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan unga noturar joyni sotganlik uchun 1 million 200 ming so‘m jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashi lozimligi ma’lum qilindi. A.Ikromov 2021 yilda 150 million so‘mga sotib olgan noturar joyni 200 million so‘mga sotgan.
A.Ikromov o‘z faoliyatini soliqqa tortish bo‘yicha maslahat so‘rab sizga murojaat qildi.