Kesuvchi asbob ishlab chiqarishning juda zarur bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish quroli bo‘lib, u shakllantiruvchi asbob hisoblanadi



Yüklə 28,71 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü28,71 Kb.
#120915
Kesuvchi asbob


Kesuvchi asbob – ishlab chiqarishning juda zarur bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish quroli bo‘lib, u shakllantiruvchi asbob hisoblanadi. “Shakllantirish jarayonlari va asbob” fanidan ma’lumki, har qanday detalni qirindi olib tayyorlash uchun uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qismlar zarur bo‘ladi: stanok-kesish jarayonimetall kesuvchi asbob. Ishlab chiqarishdagi yutuqlar shu tashkil etuvchilardan to‘g‘ri foydalanish asosida bo‘ladi. Metallarga kesib ishlov berishni tarixdagi rivojlanish davomida kesuvchi asboblar, metall qirqish stanoklarini, konstruksiyalarini va texnologik jarayonlarni qayta qayta ko‘rib chiqishda asosiy va zarur ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, yangi konstruksion materiallarni qo‘llash, yangi asbobsozlik materiallarini paydo bo‘lishiga olib keldi, oqibatda kesish tezliklarini birdaniga ortib ketishi natijasida stanoklarni yangi texnik xarakteristikalarini talab qila boshladi. Metallarga kimyoviy, elektrokimyoviy ishlov berish usulllarini, anodlimexanik, elektroerozion, elektron uchqunli va boshqa usullarni rivojlanib ketishi, metall kesuvchi asboblar o‘rnini bosa olmadi, o‘z navbatida boshqa detallarga ishlov berish usullari ham shakllantiruvchi asboblar bilan tenglasha olmadi: 8 1. Murakkab shakldor yuzalar bilan chegaralangan har hil ko‘rinishdagi detallarni tayyorlash; 2. Yuqori darajadagi holatga kirishish (manevrennost) kesuvchi asbobning universalligi; 3. Yuqori aniqlikka erishish; 4. Kesuvchi asbobning nisbatan arzonlini; 5. Ishlov berilayotgan materialning aniqligi.
Klassifikatsiya – bu umumiy texnologik belgilari bo‘lgan asboblarni klasslarga bo‘lishdir. Klasslar o‘zining tashqi ko‘rinishi va o‘lchamlari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgan asboblarni tiplarga bo‘linishidir. Tipaviy asboblarni tayyorlash bir nomli jihozlarda, bir xil tipdagi moslamalarni qo‘llab tayyorlanadi.
Metal kesuvchi asboblarni texnologik klassifikatsiyasi. Hamma kesuvchi asboblarni texnologik belgilari bo‘yicha 4 klassga bo‘lish mumkin: 1 – klass – dumaloq sterjenli (хвостовые, концевые); 2 – klass – o‘tqaziladigan (насадные), (втулкалик); 3 – klass – diskali; 4 – klass – yassi.
Dumaloq sterjenli asboblarning xarakterli belgilari bo‘lib (parmalar, zenkerlar, frezalar, metchiklar, protyajkalar, dolbyaklar va h.k.) ishchi yuzalari shakli dumaloq sterjen ko‘rinishida va silindrik yoki konusli quyruqqa ega bo‘ladi.
Dumaloq sterjenli asboblar – yaxlit, payvandlangan, yig‘ma yoki qattiq qotishmali plastinka payvandlangan, yaxlit qattiq qotishmali, maxsus turlarga bo‘linadi.
O‘tqaziladigan (halqali) asboblarga silindrik yoki konusli teshigi bo‘lgan asboblar (o‘tqaziladigan zenkerlar,razvertkalar, frezalar, metchiklar va h.k.) kiradi. O‘tqaziladigan asboblar ham yaxlit, yig‘ma, payvandlangan, bir butun qattiq qotishmali va maxsus turlarga bo‘linadi.
Diskali asboblarga uzunligi diametrni yarmidan kam bo‘lgan, silindrik yoki konusli teshigi bo‘lgan (diskali, pazli va burchakli frezalar, diskali dolbyaklar, diskali sheverlar, yonlama (торцевые) zenkerlar, dumaloq keskichlar va h.k.) 9 kiradi. Diskli asboblar yaxlit, payvandlangan, yig‘ma, yaxlit qattiq qotishmali bo‘laklarga bo‘linadi.
Yassi asboblarga – sterjenli va prizmatik keskichlar, yig‘ma asboblar pichoqlari, tish qirquvchi va rezba kesuvchi grebenkalar, ichki yo‘nish bloklari, nakatka qiluvchi plashkalar, yassi protyajkalar va boshkalar kiradi. Bu klassdagi asboblarning xarakterli belgilari – bu ularni keng va tor tekisliklar ko‘rinishida tayyorlashdir. Yassi asboblar ham yaxlit, payvandlangan, maxsus va yig‘ma holatda bo‘ladi. Asboblarning texnologik klassifikatsiyasi texnologik tayyorlash sistemasining ilmiy jihatdan takomillashtirilgan asosi bo‘lib xizmat qilishi va asbobsozlik ishlab chiqarishini tashkillashtirish, mehnat unumdorligini ortishiga, ishlab chiqarish hajmini ortishiga, asbobni tayyorlash sifatini oshirib uning tannarxini pasaytirishga olib kelishi kerak. Shu asnoda quyidagi masalalar yechilishi lozim: 1. Fan va texnikaning oxirgi yutuqlaridan foydalanib, asboblarni tayyorlash texnologik jarayonlarini tiplashtirish (unifikatsiya); 2. Asboblarni tayyorlashni texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan sistemalarni yaratish; 3. Bir klassdagi va guruhdagi asboblar partiyasini ko‘paytirib, mayda seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarish uchun ham va shu asosda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash; 4. Asbobsozlik ishlab chiqarishida ishlatish uchun maxsus stanoklarni loyihalash va tayyorlash; 5. Amaldagi jihozlarni avtomatlashtirish va maqsadga qarab modernizatsiyalash; 6. Texnologik jihozlarni tiplashtirish; 7. Asbobsozlik ishlab chiqarishni asbobsozlik zavodlari tarmoqlarini kengaytirish, sexlar tashkil qilish hisobiga maxsuslashtirish; 8. Ishlab chiqarish strukturasini, uchastkalar, sexlar, zavodlarni optimal variantlarini tanlash; 10 9. Yagona normativ va reja ko‘rsatkichlarini yaratish.
Kesuvchi asboblarning xilma-xilligiga qaramasdan tayinlanishi va konstruksiyasi bo‘yicha ularda qator umumiy elementlar bor, jumladan, ishchi va mahkamlanadigan qismlar. 14 Ishchi qismning asosiy funksional vazifasi – kesishdir, uning shakli asbob turi bilan aniqlanadi, gabarit o‘lchamlari esa standartlashtirilgan. Mahkamlanadigan qism – mahkamlanadigan tana qismi derjavka va h.k. – asbobni stanokda ishchi holatda (texnologik jihozlarda) o‘rnatish bazalash va mahkamlash uchun xizmat qiladi. Odatda umumiy tayinlanishi bo‘yicha zamonaviy asbob yaxlit yoki yig‘ma holatda tayyorlanadi. Ishchi va tana qismlarini biriktirishning asosiy usullari: - Tezkesar po‘latdan tayyorlangan d10 mm gacha bo‘lgan asbobni payvandlash; - Qattiq qotishmali metallokeramik va o‘ta qattiq materiallarni (O‘QM) kavsharlash yoki elimlash; - O‘QMni presslash va chekankalash; - Mexanik mahkamlash. Kesuvchi asbobni ishchi qismidagi uchastkalar: - Qo‘yimni olib tashlash uchun kesuvchi tig‘ qismi; - Ishlov berilgan yuzani yakuniy shakllantirish va qolgan qo‘yimni olib tashlash uchun kalibrlovchi tig‘ qismi; - O‘tuvchi va silliqlovchi qirra qismi. Tanlangan kesish sxemasiga bog‘langan holda asbob konstruksiyasi yaratiladi. Masalan, asbobning aylanma harakati D da, u tishlari chekkada yoki yon yuzada joylashgan aylanuvchan jism shaklida bo‘ladi. Zagatovkaning aylanma harakati D da kesuvchi asbob tishlari yoki bir tish soddaroq shaklda bo‘ladi (rasm 1.1). Surish harakati D ham kesuvchi asbob konstruksiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p holatlarda D dastgoh kinematikasi orqali amalga oshiriladi, ammo shunday ko‘p tishli (yoki ko‘ptig‘li) asboblar borki, ularda D kinematik jihatdan yo‘q bo‘lib, u kerakli tig‘ni asbobning bazaviy yuzalariga nisbatan konstruktiv surish bilan amalga oshiriladi.
Valiklar, disklar, vtulkalar sinfidagi asboblar, asosan, tokarlik, tokarrevolverlik avtomatlarida, plastinalar sinfidagi kesuvchi asboblar esa frezalash dastgohlarida ishlov beriladi. Qirindi chiquvchi ariqchalar frezalab yoki toblangandan keyin chuqur jilvirlab olinadi. Oxirgisi texnologik jarayonni qisqartirib yuza tozaligini oshiradi. Tishlari keltirilgan frezalar tokarlik kertish dastgohlarida keskich bilan toblashgacha yoki jilvirlash kertish dastgohlarida toblangandan keyig olinadi. Tish kesuvchi asboblar tishlari – dolbek, sheverlar tish frezalash dastgohlarida olinadi. Rezbalar – seriyali ishlab chiqarishda chrebenkaga o‘xshash yoki diskali frezalar bilan frezalanadi, ommaviy ishlab chiqarishda esa dumalatib olinadi.
Hamma kesuvchi asboblarni texnologik belgilari bo‘yicha va stanoklarda mahkamlash usullari bo‘yicha 4 klassga bo‘lish mumkin. 1-klass – dumaloq sterjenli; 2-klass – o‘tqaziladigan; 3-klass – diskali; 4-klass – yassi; Barmoqli asboblar silindrik va konusli quyrug‘i bilan tayyorlanadi ular stanok shpendeli teshigiga bevosita o‘rnatilib yoki o‘tuvchi vtulkalar, opravka va patronga mahkamlanadi. Silindr quyruqlarning yaxshi taraflari shundan iborat: yuqori aniqlikda tayyorlashning soddaligi, o‘q bo‘ylab asbobning chiqib turishini rostlanuvchanligi. Kamchiligi esa: zazorli o‘tqazishda harakatlanuvchi detallar orasida tirqish bo‘lishi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqarishdan oldin ishlab chiqarish turini asoslash lozim, chunki u keyinchalik texnologik jarayon strukturasini aniqlaydi. Keyinchalik texnolog mahsulot chizmasini yaxshilab o‘rganishi kerak. Mahsulot chizmasini o‘rganish, o‘lchamlarini tekshirish, kerakli qirqim va kesimlar boryo‘qligi, o‘lchamlarga bo‘lgan dopusklar, yuzalardagi g‘adir-budirliklar boryo‘qligini tekshirishdan boshlanadi. Ishchi chizmada keltirilgan yoki unga qo‘shimchada keltirilgan texnik talablarda, material haqida, termik ishlov berish haqida, markirovka ishi joyi va uning mazmuni haqida, ruxsat etilgan o‘lchamlar og‘ishi va h.k. haqida ma'lumotlar bo‘lishi kerak. Ishchi chizmani tekshirish jarayonidagi hamma kamchiliklar va savollarini texnolog, mahsulotni konstruktori bilan maslahatlashib, kerakli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida kelishishi kerak. Faqat undan keyingina ishlov berish rejasini tuzishga kiritiladi. Ishlov berish rejasi keyinchalik marshrutli yoki operatsiyalarning texnologik kartasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga operatsiyalar ketma-ketligini bir necha variantlari belgilanishi mumkin. Keyin ishlov beriladigan zagotovkani stanokka o‘rnatish va mahkamlash uchun bazalar tanlanadi. Keyinchalik ishlov berish ketma-ketligi aniqlanib, unga asosan to‘liq texnologik jarayon ishlab chiqiladi. Ishlov berish rejasi tuzib chiqilgandan keyin, operatsion qo‘yim va dopusklar va ishlov berishga bo‘lgan umumiy qo‘yim o‘rnatilib, so‘rov adabiyotlarida berilganlar bilan solishtiriladi. Dastlab tanlab olingan zagotovka o‘lchamlari (diametri va uzunligi) ga qarab uning massasi aniqlanadi. Kesuvchi va o‘lchov asboblari, maxsus moslamalar va nazorat priborlarini eskizlarini texnolog tuzib, keyinchalik ularni konstruksiyasini o‘zi ishlab chiqishi 24 yoki konstruktorga berishi mumkin. Undan keyin texnik normallash amalga oshiriladi. Kesish rejimlari kesuvchi asbobni ishlab chiqarish korxonalarida to‘plangan ko‘p yillik tajriba asosida tayinlanadi. Xulosa qismida seriyali, yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlarida texnik nazorat loyihalanadi.
Jihozlarni tanlash, kesuvchi asbobni tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, ishlab chiqarish xarakteri va masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. Hamma jihozlar umumiy vazifadagi stanoklarga, yuqori unumdorlikdagi, ixtisoslashtirilgan, agregat va maxsus stanoklarga bo‘linadi. [1]. Umumiy vazifadagi stanoklarga, tokarlik, tokarlik-vintqirquvchi, revolverlik, frezalash, parmalash, jilvirlash stanoklari kiradi. Bu stanoklar asosan donabay va mayda seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Yuqori unumdorlikdagi stanoklar asosan seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llaniladi; ular yuqori bikrlik va quvvatga ega. Ularga, ko‘p keskichli tokarlik stanoklari, tokarlik bir va ko‘p shpindelli avtomatlar va yarim avtomatlar, ko‘ndalang uzatish usuli bilan ishlovchi dumaloq jilvirlash, markazsiz jilvirlash stanoklari, bo‘ylama frezalash va metchiklar uchun rezba nakatlash hamda raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklar kiradi.
Ixtisoslashtirilgan stanoklar deb shunday stanoklarga aytiladiki, maxsus qurilmalar yoki stanokning biror birikmasiga konstruktiv o‘zgartishlar kiritishlar orqali berilgan operatsiyani bajarish uchun moslashtiriladi. Ular asosan yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, biz tokorlik kesish dasgohlarini ishlatilishini va turlarini bilib o’rgandi.Kesuvchi asboblarning xilma-xilligiga qaramasdan tayinlanishi va konstruksiyasi bo‘yicha ularda qator umumiy elementlar bor. Metallarga kesib ishlov berishni tarixdagi rivojlanish davomida kesuvchi asboblar, metall qirqish stanoklarini, konstruksiyalarini va texnologik jarayonlarni qayta qayta ko‘rib chiqishda asosiy va



Foydalanilgan adabiyodlar; Alikulov D.E. Mashinasozlik texnologiyasi, T.U. Umarov, A. ZAPAROV. Materiallarni kesib ishlash, asboblar va stanoklar.
Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin