Bemor 35 yosh, bosh og‘rishi, yurak sohasidagi og‘riq, xansirash, siydik ajralishining sutkasiga 300 ml gacha kamayishiga, oyoqlar, yuz va qorindagi shishlarga shikoyat qiladi.
5 yildan buyon kasal. Ko‘zdan kechirganda: butun tana bo‘ylab, oyoqlarda, yuzda ifodalangan shish. Teri qoplamalari va shilliq pardalar rangpar. O‘pkaning pastki qismlarida jarangsiz nam xirillashlar. YUrakning nisbiy bo‘g‘iqlik chegarasi chapga siljigan. A/B-200/140, puls 100 ta/min. CHo‘qqida – I tonning susayishi, sistolik shovqin, aorta ustida II ton aksenti. Qorin assit hisobiga kattalashgan.