Kinematika-1



Yüklə 91,93 Kb.
tarix06.09.2023
ölçüsü91,93 Kb.
#141843
KINEMATIKA-1





KINEMATIKA--1
1. 5 m/s bilan esayotgan shamolga qarshi 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning shamolga nisbatan tezligi necha m/s ga teng?
A)25 m/s B) 20 m/s C) 30 m/s D) 5 m/s
2. Qayiq oqim bo’ylab 3,5 m/s tezlik bilan, oqimga qarshi esa 2 m/s tezlik bilan suzadi. Shu qayiq ko’lda qanday tezlik bilan suzgan bo’lar edi (m/s)?
A) 1 B) 1,5  C) 2,75 D) 5,5
3. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism 2,5s davomida tezligini 0,6m/s ga oshirdi. Jism tezlanishi nechaga teng? (m/s2)
A) 0,24 B) 0.2 C) 0,12 D) 0,3
4. Qayiqning suvga nisbatan tezligi daryo oqimining tezligidan 5 marta katta. 2 punkt orasidagi masofani qayiqda oqimga qarshi suzib o'tish uchun oqim bo'yicha o'tishga qaraganda necha marta ko'p vaqt ketadi?
A) 3 B) 0,8 C) 5 D) 1,5
5. Paroxod daryo oqimi bo'ylab A punktdan B punktga 4 soatda, oqimga qarshi B punktdan A punktga esa 8 soatga boradi. Paroxod dvigateli o’chirilgan holda AB masofani oqim bo'ylab suzishi uchun qancha vaqt kerak bo’ladi?
A) 12 soat B) 16 soat C) 10 soat D) 4 soat
6. Nuqtaning harakat tenglamasi X=12t-2t2 ko’rinishda berilgan. Nuqtaning t1=1s dan t2=4s gacha bo'lgan oraliqdagi o'rtacha tezligini m/s larda toping.
A) 4 B) 2 C) 1 D) 0
7. Radiusi 2 m bo‘lgan shamol g‘ildiragi minutiga 30 marta aylanadi. G‘ildirak parragi uchidagi nuqtalarning
markazga intilma tezlanishi qanday bo‘ladi? (m/s2)
A) 20 B) 45 C) 80 D) 30
8. Yerning ekvatorial radiusi 6380 km. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishida ekvatordagi nuqtalar qanday tezlik bilan harakat qiladi? (m/s)
A) 464 B) 475 C) 450 D) 500
9. Tekis o'zgaruvchan harakat……
A) Teng vaqt ichida tezligi har xil o'zgaradi
B) Har xil vaqt ichida tezligi bir xil o'zgaradi
C) Har xil vaqt ichida, tezligi har xil o'zgaradi
D) Teng vaqt ichida tezligi teng miqdorda o'zgaradi
10. Velosipedchi 10 minut 1,5m/s tezlikda harakatlansa uni bosib o'tgan masofasi qancha?
A) 900km B) 900m С) 900sm D) 900mm
11. Samolyot 7,2 km masofani 20 m/s tezlik bilan qancha vaqt davomida harakatlanadi?
A) 360 s B) 360 soat С) 360 min D) 360 ms
12. Oqimining tezligi 0,50 m/s bo‘lgan daryoda suzayotgan sol 15 km yo‘lni qancha vaqtda (soat va minutlarda) o‘tadi?
A) 10 soat 30 min B) 30 soat 5 min
С) 8 soat 20 min D) 30 min
13. Velosipedchi 5 soat-u 30 minutda 99 km yo‘l o‘tdi. U qanday o‘rtacha tezlik bilan harakatlangan?
A) 18 m/s B) 18 km/soat С) 36 m/s D) 36 km/soat
14. Vagon tinch holatdan 250 sm/s2 tezlanish bilan harakatga keldi. Uning 10 s davomidagi o‘rtacha tezligi qancha?
A) 12 m/s B) 12.5 m/s С) 12.5 sm/s D) 12 sm/s
15. 2,0 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan velosipedchi tepalikdan 0,40 m/s2 tezlanish bilan pastga tushmoqda. Agar velosipedchining tushishi 8,0 s davom etgan bo‘lsa, uning tepalik etagiga etgandagi bosib o’tgan yo‘lini (m) toping.
A) 25.5 B) 26.6 С) 27.7 D) 28.8
16. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo‘l o‘tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib, 0,50 soatda qancha yo‘l o‘tadi?
A) 36 km B) 3,6 km С) 36000 m D) 360 m
17. Bir velosipedchi 12 s davomida 6,0 m/s tezlik bilan harakatlangan, ikkinchi velosipedchi yo‘lning shu qismini 9,0 s da bosib o‘tgan. Ikkinchi velosipedchining o‘rtacha tezligi qanday (m/s)?
A) 9 B) 8 С) 6 D) 10
18. Jism harakat tezligining
vaqtga bog’lanish grafifidan
foydalanib, t=14 s vaqt
uchun o’rtacha tezlikni
toping. (m/s)
A) 4,56 B) 4,16
С) 3.93 D) 5,15

19. Shar tarnovdan yumalab borib, 5,0 s da 75 sm yo‘l o‘tgan. Oxirgi tezlikni toping (sm/s).


A) 30 B) 0,15 С) 3 D) 15
20. Lokomotiv turtib yuborgan vagon harakatga kelib, 50 s davomida 37,5 m yo‘l o‘tdi va to‘xtadi. Vagon harakatinitekis sekinlanuvchan deb hisoblab, uning boshlang‘ich tezligi toping (m/s).
A) 10 B) 3 С) 2,5 D) 1,5
21. Agar kater 5,0 s davomida 10 m/s o‘zgarmas tezlik bilan harakat qilib, so‘nggi 10 s da 0,50 m/s2 o‘zgarmas tezlanish bilan harakat qilsa, u harakati davomida qancha yo‘l o‘tadi (m)?
A) 125 B) 150 С) 175 D) 200
22. Avtomobil 2 m/s2 tezlanish bilan harakat qilib, 5 s da 125 m yo‘l o‘tgan. Avtomobilning boshlang‘ich tezligi topilsin (m/s).
A) 15 B) 20 С) 10 D) 28
23. -0,50 m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan poyezd tormozlana boshlagandan 30 s o‘tgach to‘xtadi. Tormozlanish boshlangandagi tezligi topilsin (m/s).
A) 200 B) 30 С) 15 D) 225
24. Tinch holatda turgan motoroller 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, 200 m yo‘lni o‘tgach, qanday tezlikka erishadi (m/s)?
A) 20 B) 30 С) 25 D) 14.1
25. Tramvay to‘xtash joyidan qo‘zg‘alib, 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakat qiladi. Harakat boshlangandan qancha masofa o‘tgach, tramvayning tezligi 15 m/s ga etadi (m)?
A) 450 B) 300 С) 375 D) 250
26. Nuqta egri chiziq bo’ylab o’zgarmas at=0,5 m/s2 tangensial tezlanish bilan harakatlanmoqda. Egri chiziqning egrilik radiusi R=3 m bo’lgan qismida nuqta υ= 2 m/s tezlik bilan harakatlansa, chiziqning shu qismida nuqtaning to’la tezlanishini toping.
A) 1,85 B) 1,42 С) 2,25 D) 1,99
27. Avtomobil yo‘lning birinchi qismini (30 km) o‘rtacha 15 m/s tezlikda bosib o‘tdi. Yo‘lning qolgan qismini (40 km) u 1,0 soatda o‘tdi. Avtomobil butun yo‘l davomida qanday o‘rtacha tezlik bilan harakatlangan (m/s)?
A) 25 B) 15 С) 12.5 D) 15.5
28. Motosiklchi ikki punkt orasini 50 km/soat tezlik bilan o‘tgan, so‘ngra tezligini 75 km/soat gacha oshirib, yana shuncha yo‘l yurgan. U ikkala holda ham tekis harakat qilgan. Butun harakat davomidagi o‘rtacha tezlik topilsin (km/soat).
A) 60 B) 50 С) 75 D) 62.5
29. Nuqta radiusi R = 4 m bo’lgan aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Nuqtaning boshlang’ich tezligi υ0= 2 m/s tangensial tezlanishi at=1 m/s2 . Vaqtning t = 2 s payti uchun o’rtacha tezlik aniklansin. (m/s)?
A) 3 B) 4 С) 2 D) 2,5
30. Avtomobil to‘xtash joyidan tekis tezlanuvchan harakat qilib, bir muncha o‘tgach, 25 m/s tezlikka erishdi. Bu yo‘lning o‘rta nuqtasida uning tezligi qancha bo‘lgan?
A) 16.6 B) 17.7 С) 18.8 D) 20
31. Tekis harakat bilan borayotgan poyezddan uzib yuborilgan oxirgi vagon tekis sekinlanuvchan harakat qilgan va to‘xtaguncha 1,0 km yo‘l bosgan. Shu vaqt ichida poyezd qancha yo‘l bosgan (m)?
A) 500 B) 1000 С) 2000 D) 750
32. Tinch turgan sharcha tarnovdan yumalay boshlab, to‘rtinchi sekundda 14 sm yo‘l bosdi. U o‘ninchi sekundda qanday oraliqni o‘tadi (sm)?
A) 20 B) 35 С) 28 D) 38
33. Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan harakatning beshinchi sekundida 9,0 m yo‘l o‘tgan. Jismning o‘n birinchi sekund boshidan o‘n to‘rtinchi sekund oxirigacha o‘tgan yo‘li topilsin.
A) 100 B) 90 С) 96 D) 48
34. Ikki stansiya orasidagi 22,5 km masofani poyezd 25 minutda o‘tadi. Poyezdning tezligi topilsin (m/s).
A) 15 B) 25 С) 30 D) 22.5
35. To’g’ri chiziqli tekis harakat deb, ..… harakatga aytiladi.
A) teng vaqtlar oralig’ida tezliklari birxil o’zgaradigan
B) teng vaqtlar oralig’ida bir xil masofalarni bosib o’tadigan
C) har xil vaqt oraliqlarida birxil masofalarni bosib o’tadigan
D) bir xil vaqt oraliqlarida teligi bir xil kamayadigan
36. Avtomobil υ=10 m/s tezlik bilan sharq tomonga harakatlanganda avtomobil ustidagi bayroqcha qaysi tomonga hilpiraydi?
A) sharq tomonga B) shimol tomonga
C) g’arb tomonga D) bayroqcha hilpiramaydi
Kalitlar

1. C

19. A

2. C

20. D

3. A

21. C

4. D

22. B

5. B

23. C

6. B

24. A

7. A

25. C

8. A

26. B

9. D

27. C

10. B

28. A

11. A

29. A

12. C

30. B

13. B

31. C

14. B

32. D

15. D

33. C

16. B

34. A

17. B

35. B

18. C

36. C


Tel: +998330099636 Telegram: @ASADBEK_BOBOMIRZAYEV

Yüklə 91,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin