Kirish adir mintaqasi o’simliklari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə1/11
tarix27.08.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#63303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Adir mintaqasi


Kirish
ADIR MINTAQASI O’SIMLIKLARI
Adir o’simlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O`rta Osiyo Sibir, Markaziy Osiyo, Tibet, Eron, Old Osiyo va Kavkaz oralig`ida ekanligi uning o`simlik va hayvonot dunyosiga katta ta`sir etgan.Bu o`lkada O`rta dengiz bo`yidagi mamlakatlar Kavkaz, Eron, Sibir, hatto Shimoliy Afrika uchun xos bo`lgan endemik o`simlik va hayvon turlari ham oz emas. O`rta Osiyoda hammasi bo`lib 9000 ga yaqin o`simlik turi bor. Ammo bu o`simliklar hududning hamma yerida barobar o`savermaydi. O`rta Osiyoning ko`p qismi cho`l va Adir bo`lsada, lekin barcha o`simlikning 10%gina bu zonada o`sadi, qolgan 90% tog` o`simliklaridir. Demak asosiy landshaft tiplariga qarab O`rta Osiyoni 3 ta geografik o`lkaga-chalacho`l, cho`l va tog`lar.
Adir bilan cho`l o`rtasidagi oraliq zona bo`lganidan uning o`simliklari va cho`l tipidagi o`simliklardir. Adir shuvoqli o`tlar o`sadigan larda bo`lsada, lekin uning shimolida boshoqli o`simliklar ko`pdir. Boshoqli o`simliklar janubga tomon tobora kamayib, shuvoq o`tlar ko`paya boradi, sho`ra ham ancha ko`p uchray boshlaydi. Chalacho`lning shimolida betaga, qiltanoq, chalov kabi boshoqli o`simliklar va turli o`tlar o`sadi. Betaga shu qadar ko`pki, bu yerni betaga shuvoqzor Adir deyish ham mumkin.
Bahorda chalacho`lda yog`in ko`p bo`lganidan bir yillik efemerlar, ko`p yillik efemeroidlar barq urib o`sadi, lekin quruq va vegetatsiya davri tugaydi. Lola, chuchmoma, gulsafsar, ayiqtovon, ravoch, tangabarg va boshqalar ana shu efemer va efemeroid o`simlikladandir. Bir yillik efemerlar bir poyali pakana o`simlik bo`lib, yam-yashil barglari va poyalari yoz boshida tez so`lb qoladi.
Chalacho`lda daraxtlar nihoyatda oz. Qayin tog` terak, zarang, tol va qarag`aylardan daraxtzorlar balandliklarda, suvli chuqur joylarda va soy bo`ylarida ko`p uchraydi. Qozog`iston past tog`larining eng baland qismida, ayniqsa Ulutov, Qarqali tog`lari, Chingiztovda va bu tog`lar orasidagi vodiylarda o`simliklar ko`p. Tog` etaklari qalin pichanzorlar bilan tog`lar va ularning yon bag`irlari qayin, tog` terak, qarag`ay daraxtzorlari bilan qoplangan, bu daraxtzorlar orasida do`lana, namatak, cheryomuxa, qoraqat, maymunjon, malina butazorlari ham bor.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin