IQTISODIY EXTIYOJLAR TUSHUNCHASI IQTISODIY NE'MATLAR TUSHUNCHACHI
Reja: Kirish Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va turkumlanishi
Iqtisodiy ne'matlar tushunchachi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari
Insoniyat tabiatdan biologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa xarakterdagi turli-tuman ehtiyojlar qurshovida yaratilgan. Bu ehtiyojlar ichida iqtisodiy, ya'ni moddiy ehtiyojlar muhim o'rin tutadi. Moddiy ehtiyojlar - shaxs, firmalar va jamiyatning faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aks ettiradi.
Iste'molchilarning ehtiyojlari turli-tuman bo'lib, ularning ro'yxati juda keng va balki son-sanoqsizdir. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'ladigan tovarlar va xizmatlarni shartli ravishda ikkiga, ya'ni birlamchi ehtiyojlarni qondiruvchi va hasham predmetlariga bo'lish mumkin. Ba'zan ayrim iste'molchilar uchun birlamchi sanalgan buyumlar ikkinchi bir iste'molchilar uchun hasham va dabdaba buyumi bo' lishi ham mumkin.
Xuddi insonlarniki singari firmalar va davlat tashkilotlarining ham ehtiyojlari mavjud. Masalan, firmalar faoliyat ko'rsatishi uchun binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, xomashyo hamda ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi. Davlat esa mamlakat fuqarolarining jamoaviy manfaatlarini ifodalab kasalxonalar, maktablar, teatrlar, yo'llar, harbiy qurol-aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj sezadi.
Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning biologik ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning mentaliteti, ya'ni yashash manzili, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-odatlari va qadriyatlari ta'sirida, ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish ta'sirida vujudga keladi.
Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun oziq-ovqatlarga, kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni tabiat insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' ladi.