Kompyuter tarmoqlari va ularning ahamiyati



Yüklə 146,95 Kb.
səhifə3/3
tarix17.01.2020
ölçüsü146,95 Kb.
1   2   3

5-rasm. Yahoo qidiruv tizimi.

Lokal tarmog‘ida ishlash asoslari. Lokal tarmoqda ishashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko‘p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog‘idagi disklarning umumiy resurslardan va hamma kirishi mumkin bo‘lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir kompyuterdan boshbiasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab o‘tamiz.

Shaxsiy umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni faylli - serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu boyis umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir vabitda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi. (Matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini ko‘rib chiqish, щqish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma’lumotlar ko‘p tomonlama ximoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali щmatilgan chegara doirasida bo‘ladi.

Ko‘pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo‘ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: U yagana nusxada fayl- server diskida bo‘ladi. Shuni kayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini bщzmaydi. ko‘pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan dasturli vositaga avvolo matn va grafik taxrirlovchi, elektron javallar, ma’lumotlar bazasini boshbiarish tizimi va boshbialar kiradi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlar orqali biuydagi ishlarni bajarish mumkin: Ishchi stansiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim ximoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotldarni ishlashga layokatli axvolda ishlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.

Tarmoqning barcha kompyuterlar щrtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar щrtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta’minlanadi.

Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi ominlar ta’minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi;

Kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati (malakasiz muomiladan ximoyalangan xolda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi Uktuvchi kompyuterida bajarilgan ishlarni o‘quvchilar kompyuterida ko‘rsatish; uktuvchining kompyuter monitorida o‘quvchilar kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali o‘quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.

Global tarmoqning yagona kommunikasiyasi bo‘lganda lokal tarmoqning har qanday kompyuteridan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash.



Endi esa bevosita lokal tarmoqqa kirish va undan faoydalanish usullarini ko‘rib o‘taylik. Tarmoqqa kirish uchun ishchi stolda joylashgan “Setevoye okrujeniye” yorlig‘ini ustiga sichqonchani olib kelib chap tugmachasini ikki marta bosamiz. Natijada quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi.

6-rasm. “Setevoye okrujeniye” muloqot oynasi.


Ushbu muloqot oynasining chap qismida joylashgan “Otabrazit kompyuterbi rabochey guruppbi” buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada kompyuterimiz joylashgan ishchi guruhdagi kompyuterlar ro‘yhati ko‘rinadi.

7-rasm. Ishchi guruhdagi kompyuterlar.


Agar biz mana shu ishchi guruhda joylashgan biror bir kompyuterga kirmoqchi bo‘lsak kompyuter nomi ustiga kelib sichqonchani chap tugmachasini ikki marta chertamiz. Natijada ana shu kompyuterda dostup berilgan papkalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Lekin shu o‘rinda shuni ham eslatib o‘tish mumkinki agar tarmoqqa kirishga parol qo‘yilgan bo‘lsa kalit so‘zlarni kiritish uchun so‘rov oynasi paydo bo‘ladi. Kalit so‘zlarni kiritib bo‘lganimizdan keyin “OK” tugmachasini bosamiz.

Agar biz tarmoqdagi boshqa bir ishchi guruhdagi kompyuterga kirmoqchi bo‘lsak yuqoridagi muloqot oynaning “Drugiye mesta” bo‘limidan “Microsoft Windows Network” buyrug‘ini tanlashimiz kerak bo‘ladi. Ushbu buyruqni bosganimizdan so‘ng tarmoqda mavjud bo‘lgan barcha ishchi guruhlar ro‘yhati paydo bo‘ladi.

Misol tariqasida ba’zi bir ishchi guruhlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.

-Arm - institut axborot resurs markazi kompyuterlari joylashgan;

-Bosh - institut boshqaruv bo‘limida joylashgan kompyuterlar joy olgan;

-Farpi - server kompyuter;

-Masofa_talim - institut masoviy ta’lim markazi va multimediya markazida joylashgan kompyuterlar joylashgan.

Endi esa ana shu ishchi guruhlardan ba’zi birlariga kirishni ko‘rib o‘taylik. Axborot resurs markazi bosh kompyuteriga tarmoq orqali kirib u yerga ixtiyoriy biror bir ma’lumotni tashlashni ko‘rib o‘tamiz. Buning uchun “Arm” ishchi guruhi ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib kelib chap tugmachasini ikki marta bosamiz.

Natijada ana shu ishchi guruhda joylashgan kompyuterlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Biz ushbu ro‘yxatdan o‘zimizga kerakli bo‘lgan kompyuterni tanlaymiz va chap tugmachani ikki marta bosamiz. Natijada tanlagan kompyuterimizdagi ruxsat etilgan papkalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Biz “Inbox” nomli papkaga kiraylik.

Buning uchun ustiga kelib sichqonchani chap tugmachasini ikki marta bosamiz. Shuning bilan ishchi maydonda “Inbox” papkasining ichida joylashgan barcha fayl va kataloglar ro‘yxati namayon bo‘ladi. Agar hohlasak bu yerdan ixtiyoriy fayl yoki katalogni o‘zimizning kompyuterga ko‘chirib olishimiz yoki shu yerning o‘zida ochib o‘qib ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari agar papkaga ruxsat to‘liq berilgan bo‘lsa biz o‘zimizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘chirib o‘tkazishimiz ham mumkin bo‘ladi.

Lokal tarmoqdagi ixtiyoriy boshqa kompyuterga kirish ham yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.

Lokal tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuterga kirishning yuqoridagidan tashqari boshqa bir necha usullari ham bor. Shulardan biri IP adres yoki tarmoqdagi nomi bo‘yicha kirish. IP adres bo‘yicha lokal tarmoqdagi biror bir kompyuterga kirish uchun “Vbipolnit” taklif qatoriga (yoki moy kompyuter manzil qatoriga) o‘sha kompyuterning IP adresi ikkita sleshdan (yo‘l belgisi - \\) so‘ng yoziladi va “OK” tugmachasi bosiladi. Masalan: \\192.168.10.206. IP adres bo‘yicha kirishdan oldin o‘sha kompyuterni IP adresini bilishni talab qiladi. Bizning institutimiz serveri IP adresi \\192.168.10.10. Institutimiz IP adreslari to‘g‘risida yana qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki 192.168.10. - qismigacha barcha kompyuterlarda bir xil. Faqatgina oxirgi qismi bilan farqlanadi.

Tarmoqdagi nom bo‘yicha murojot qilish ham deyarli IP adres bo‘yicha murojot qilish bilan bir xil. Faqat ikkita sleshdan so‘ng IP adres emas, balki uning tarmoqdagi nomi yoziladi. Masalan: \\Notebook ustoz yoki \\Farpi server. Lokal tarmoqda ishlash jarayonida foydalanuvchi o‘ziga qulay bo‘lgan usullardan foydalanishi mumkin. Lekin shu o‘rinda yuqoridagi kirish usullarini bir biridan farqlari va ustunlari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tish joiz.uSetevoye okrujeniye” ilovasi bo‘yicha tarmoqqa kirishda biroz sekinroq yuklanishi mumkin. Buning o‘ziga hos sababi bor albatta. Ya’ni ushbu holatda ishlayotgan kompyuterimiz tarmoqda joylashgan barcha kompyuterlarni ko‘rishga harakat qiladi. IP adres bo‘yicha yoki nom bo‘yicha kirishda aynan bitta kompyuterni o‘ziga murojat qiladi holos.

KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARDA ISHLASH ASOSLARI 


Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Inter­net, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi, 
Kompyuter tarmoqlari 
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.

Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.

Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyu­terlar va axborot ashyolariga bog'liq 

Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.

Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.

Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. 

Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.

Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.

Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.

Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi. 

Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir. 

Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.

Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.

Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.

Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi. 

Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.

Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.

Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.

Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.

Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.

Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tash­kil etuvchi kompyuter tarmog'idir.

Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.

Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elek­tron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yor­damida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi. 


Tarmoqlarning texnik vositalari 
Yüklə 146,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə