Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogyalar universiteti



Yüklə 26,73 Kb.
tarix03.08.2023
ölçüsü26,73 Kb.
#138539
Baxolash1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALAR VA
KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNALOGYALAR UNIVERSITETI

1-Topshiriq

Gurux:650-19
Bajardi:Muxtorov J
TOSHKENT 2022
1-topshiriq
a) “Ta'lim tizimini tashkil qilishda me'yoriy –xuquqiy xujjatlar” – mavzusi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan me’yoriy –xuquqiy xujjatlardan ma’lumotlar keltiring.
b) “Ta'lim jarayonida o‘quv rejaning ahamiyati va o‘rni” – mavzusi yuzasidan o‘qituvchi pedagogik faoliyati va o‘quv rejaning tuzilishini yoritib bering.
c) “Ta'lim maqsadlari taksonomiyasi va o‘qitish natijalari” – mavzusi yuzasidan BLUM taksonomiyasini yoritib bering.
A) O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimiga asos solgan ikkita juda muhim hujjat – “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ularning amaliyotga kiritilishi natijasida tarixan qisqa davrda tizimning nafaqat shakli, balki mohiyatida ham barkamol avlod tarbiyasini ta'minlaydigan keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Ta'lim tizimida hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, quyidagi me'yoriy-xuquqiy asoslar yaratildi. Jumladan: “Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodning voyaga yetkazish” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdagi PF-1869-son farmonini birinchi bandi bilan “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb belgilangan. Respublikada ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan islohatlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamiyatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish – davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta'lim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin deb ko‘rsatilgan.
Yana bir asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 avgustdagi “Ta'lim to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar xaqida”gi № 406-sonli qarori hisoblanadi.
Bu hujjatni to‘ldiruvchi qo‘shimcha 1998 yil 5 yanvarda “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun Davlat ta'lim standartlarini ishlab chikishi va joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli qarori qabul qilingan.
Bu qarorni 1-bandi bilan “Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida”gi “Nizom” tasdiqlangan.
Qarorni 5 bandida Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Davlat standartlash metralogiya va sertifikatlash markazi, ta'lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar bilan birgalikda “Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ta'limning tegishli turlari uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
2. Ta'limdagi islohotlar
“Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois ta'lim jarayonining usluksizli-gini ta'minlash, o‘quv dasturlarini takomillash-tirish zarur”
Shavkat Mirziyoev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.
Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.
Xozirgi kunda maktabgacha ta'lim tizimi, umumiy o‘rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim,oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limda davr talabiga mos o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta'lim. Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi "2017–2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta'mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o‘quv-metodik qo‘llanma va zarur anjomlar bilan ta'minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3–6 yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan alohida vazirlik Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Bu bilan Xalq ta'limi vazirligi vakolatlarining bir qismi yangi davlat tuzilmasiga o‘tkazib berildi.
O‘zgarishlar natijasida bolalarni bog‘chalarga qabul qilish 3 yoshdan amalga oshirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri "Barcha rivojlangan mamlakatlarda bog‘chalarga qabul qilish yoshi 3 yoshdan boshlanadi. 3 yoshgacha bolalar ko‘p kasal bo‘ladilar va jamoat joylariga qiyinchilik bilan ko‘nadilar. Shu yoshdagi bolalar bilan ta'lim va tarbiyasi ota-onalari bilan birgalikda uyda o‘tkazishsa maqsadga muvofiqdir. Bunday yondoshuv ijobiy natijalarni bermoqda", — deb ta'kidladi.
Respublikadagi barcha bolalarni qamrab olish maqsadida bog‘chalar soni oshirish rejalashtirildi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:
- “Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish;
- eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim sohasida davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
- 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari 2018 yilda O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar tashkil etilishi vazifasi qo‘yilgan. Ushbu muassasalarda iqtidorli bolalar uchun grant tizimi ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
B)Umumiy o‘rta ta'lim. Umumiy o‘rta ta'limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta'limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan uzviy aloqadorligini ta'minlash maqsadida 2017 yil 15 martda Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ilgari, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining huquqiy maqomi bir vaqtning o‘zida 2 ta qaror bilan tartibga solingan edi (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 21 noyabrdagi “Ta'lim muassasalari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 440-son va 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorlari).
umumta'lim muassasalarining birinchi sinfiga har yili 31 avgustga qadar (shu kuni ham) 6,5 yoshga to‘ladigan barcha bolalar tibbiy-psixologiya-pedagogika komissiyasining tavsiyanomalarisiz faqatgina tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinishi belgilab berildi.
Qabul qilinayotgan o‘quvchilar umumta'lim muassasasining birinchi sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat'i nazar, tanlovlarsiz qabul qilinadi. Agarda, tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,-5-yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
Uchinchidan ota-onalarni sarsongarchilik va turli qog‘ozbozlikni oldini olish maqsadida, maktabda birinchi sinfga qabul qilish uchun ota-onalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning yagona shakli ishlab chiqilib, hujjatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
To‘rtinchidan maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga to‘liq qamrab olish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan maktablarga mikrohududlar biriktirilishi hamda hudud doirasida pedagog xodimlar tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy yurib) ro‘yxatga olish tartibi belgilab berildi. Umumta'lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta'lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas'ul hisoblanadilar.
Beshinchidan o‘quvchilarni sinfdan-sinfga, bir umumta'lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazishda o‘quvchilar harakati nazorati kuchaytirish maqsadida, umumiy o‘rta ta'lim muassasasida ish hujjatlarini yuritilishi aniq tartibga solindi.
Oltinchidan 8-9 sinf o‘quvchilarning soni 25 nafar yoki undan ziyod bo‘lganda o‘quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun jismoniy tarbiya fanidan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida guruhlarga bo‘linib, mashg‘ulotlar tashkil etilishi belgilandi.
Yettinchidan mazkur qarorda olis hududlardagi maktablarning filiallarini tashkil etish, kam komplektli sinflar bilan ishlash tartibi takomillashtirildi. Maktabda kuni uzaytirilgan guruhlar va logopediya shahobchalari tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish tartibi belgilandi. Olis (tog‘li, cho‘lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o‘rta ta'lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta'lim muassasalarining filiallarida o‘quvchilar soni 100-180 nafar bo‘lganda tashkil etiladi.
Shuningdek, umumta'lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror asosida Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti 1-ilovaga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti 2-ilovaga muvofiq, Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari bo‘yicha malaka talablari 3-ilovaga muvofiq, Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari 4-ilovaga muvofiq hamda Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun umumta'lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Yangi tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlari 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi.
Davlat ta'lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta'lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • umumiy o‘rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

  • o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

  • ta'lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • davlat ta'lim standartlari talablarining ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.

Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi:

  • kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo‘lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg‘ulotlarini qoldirishlariga sabab bo‘lmoqda;

  • kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta'lim yo‘nalishlariga javob bermaydigan o‘quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada ta'minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining o‘rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o‘quv ustaxonalari umuman mavjud emas;

  • yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta'limi tizimi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;

  • kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori kon'yunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda;

  • kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o‘quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo‘llanilayotgan o‘quv-normativ hujjatlar hamda o‘qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o‘qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha o‘qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;

  • aholi turli toifalarini «Hayot davomida ta'lim olish» prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo‘lib qolishiga olib kelmoqda;

  • kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va o‘quvchilarni intellektual, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning bo‘sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning o‘qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida 2018 yil 25 yanvarda “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqdi.
Xujjatga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirilaishi;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi bulgilab qo‘yilgan.
C) Bloomning taksonomisi - bu o'rganishda ishlatiladigan bilim qobiliyatlari uchun tasniflash tizimi. O'qituvchilar ushbu taksonomiyadan darslarni rejalashtirish uchun foydalanadilar.
Taksonomiya - bu oilani, jinsni va turlarni o'z ichiga olgan biologik tasniflar kabi tushunchalar yoki narsalarni guruhlar va buyurtma qiluvchi tizimdir. 1956-yili, ta'lim psixologi Benjamin Bloom o'rganish uchun zarur bo'lgan bilim qobiliyati taksonomisi yaratdi.
Olti darajali intellektual ko'nikmalar
Bloomning taksonomiyasi oltita darajadagi intellektual qobiliyatga ega, har biri avvalgi darajadagi: bilim, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish va baholash.
Ushbu taksonomiya odatda oltita bo'linishga bo'lingan piramidadir. Pastki bo'lim - bu bilim. Bu darajada bolalar haqiqatlarni va tafsilotlarni yodga olishadi. Bu barcha boshqa bilim qobiliyatlari uchun asosdir va shuning uchun ko'p vaqt maktablarda unga bag'ishlanadi. Ikkinchi daraja tushunishdir. Faqat ma'lumot va tafsilotlarni eslab qolish uchun etarli emas, bola tushunchalarni tushunishi kerak. Bolalar tushunchalarni tushunishganda, ular turli vaziyatlarda ularni qo'llashlari kerak.
Piramidani yuqoriga ko'targanimizda, bilim qobiliyatlari talabchan bo'lib qolmoqda. Tahlil qilish talabalarni nimani o'rganishlarini va nimani nazarda tutayotganlarini o'ylashni talab qiladi. Masalan, ular ikki narsani solishtirib ko'rishlari kerak.
Sintez talabalar o'qish yoki o'qishdan tashqariga chiqishlarini talab qiladi. Misol uchun, ular mustamlakachilik Amerikada qanday bo'lishini bilishlarini so'rashi mumkin.
Piramidaning oxirgi, eng yuqori darajasi baholashdir. Ushbu bosqichda talabalar fikrni shakllantirish va fikrlarini asoslab berishga harakat qilishadi.
Bunday fikr-mulohazalar o'quvchilar bilimlarni qo'lga kiritish darajasidan yuqoriga ko'tarilishni talab qiladi.
Bloomning taksonomiyasini qayta ko'rib chiqish
1990-yillarda taxalluslar isimlarni fe'llarga almashtirish bilan qayta ko'rib chiqilgan. Ma'lumotni tushunish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish va baholash o'rniga, qayta ko'rib chiqilgan versiyalarni eslab qolish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, baholash va yaratish kabi ro'yxatlar mavjud. Baholash eng yuqori daraja emas. U sintezning o'rnini oladi va keyinchalik yuqori qismga o'tadi.
Texnik jihatdan, baholashni sintez qilish faqat joylarni o'zgartirdi. Kalit orqasidagi g'oya, kimdir yangi narsa yaratmasidan oldin - sintez qilish - u allaqachon mavjud bo'lgan axborotni baholashi kerak. Tuzilish yoki sintezlash eng qiyin aqliy qobiliyat deb hisoblanadi.
Har bir darajada talab qilinadigan muayyan ko'nikmalar va har darajadagi savollarga javob olish uchun interaktiv Bloomning Taksonomiya piramidasini ko'rib chiqing.
Bloomning taksonomiyasini qobiliyatli bolalar bilan ishlatish
Bloomning taksonomiyasini tasvirlaydigan piramidaning pastki qismidagi ko'nikmalar past darajadagi fikrlash qobiliyatlari deb hisoblanadi. Ular master qilishning eng oson ko'nikmalari.
Tajribalar yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlari deb hisoblanadigan piramidani yuqoriga ko'tarishda murakkablashadi.
Ko'pgina bolalar o'z vaqtlarini ancha yuqori darajaga ko'tarishdan oldin past darajadagi mahoratga sarflashlari kerak. Misol uchun, bolalar birinchi marta haqiqatlarni eslab qolishlari kerak. Keyinchalik ko'p vaqtni bilib olgan tushunchalarni tushunishlari kerak. Ular tushunchalarni o'rgandilar va tushunishganda, ular yangi vaziyatlarga murojaat qilishlari mumkin. Bularning barchasi past darajadagi mahoratdir. Bolalar birinchi darajali ko'nikmalarni egallab bo'lmaguncha, bolalar yuqori darajadagi ko'nikmalarga o'tishlari mumkin emas.
Piramid iste'dodli bolalar uchun teskari tarjima qilinishi kerak. Iqtidorli bolalar past darajadagi mahorat bilan kamroq vaqt sarflashlari kerak. Ular falsafiy va tafsilotlarini o'zlarining aql-idrokiga yarasha tengdoshlariga qaraganda tezroq xotiraga olishlari va tushunchalarni tushunish uchun kamroq muammolarga ega bo'lishlari mumkin. Ular o'zlarining yuqori darajadagi ko'nikmalariga o'tish uchun tezroq tayyorgarlik ko'rishadi. Bu oliy darajadagi iste'dodli bolalar o'zlarining ilmiy mashg'ulotlarining ko'pchiligini oladi.
Yüklə 26,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin