Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish



Yüklə 18,12 Kb.
səhifə1/7
tarix14.06.2023
ölçüsü18,12 Kb.
#129892
  1   2   3   4   5   6   7
Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish


15-variant
1. Ko’p xonali sonlarni nomerlashga o’rgatish
Ko‘p xonali sonlarni alohida qilib berilishiga sabab, 1000 dan katta sonlarni nomerlashning o‘ziga xos xususiyatlari bor: ko‘p xonali sonlar faqat xona tushunchasiga emas, balki sinflar tushunchasiga ham tayanib hosil qilinadi, nomlanadi, yoziladi. Bu muhim tushunchani ochib beramiz.
1000 dan katta sonlarni nomerlashni o‘rganish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bundan oldingi barcha sonlarni o‘rganishda o‘rinli bo‘lgan predmetlarni bevosita sanashga asoslangan holda ko‘p xonali sonlarni hosil qilish, ularni og‘zaki nomerlash mumkin emas. Predmet ko‘rgazmalilikni shartli ko‘rgazmalilikka almashtirishga to‘g‘ri keladi: son cho‘tga solinadi yoki nomerlash jadvalida belgilanadi. Ikkala holda ham ko‘rgazmalilik sonni hosilqilish va belgilashni namoyish etadi va shartlilik elementiga ega bo‘ladi: cho‘tdagi bir xil soqqalar, ayni bir xil raqamlar cho‘tda va nomerlash jadvalida joylashishiga qarab yozuvda har xil sonni bildiradi (masalan, 333333 soni va 3 birlik, 3 o‘nlik, 3 yuzlik va hokazo).
Darsda ko‘rgazmali vositalardan foydalanayotganda buni xisobga olish zarur.
Ikkinchi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 1000 dan katta sonlarni nomerlash birliklarni ikki yoklama guruhlashga asoslanadi: quyi xonaning 10 birligi undan keyingi yuqori xonaning 1 birligini tashkil etadi, quyi sinfning 1000 birligi undan keyingi yuqori sinfning 1 birligini tashkil etadi. II sinf birligi - ming va bu birliklar bilan ularni I sinf birliklari kabi o‘nliklarga, yuzliklarga, mingliklarga guruxlab sodda birliklar kabi sanash mumkin. Ko‘p xonali sonlar turli sinflar birliklarini sanash natijasida hosil bo‘ladi, shuning uchun ular «sinflar bo‘yicha» o‘qiladi va yoziladi. Har bir sinf ichida esa sonning hosil qilinishi, atalishi va yozilishi 1000 ichida sonlarni hosil qilish, atash va yozishdagi kabi amalga oshiriladi. Masalan, agar minglarni sanab 115 ni, keyin birlarni sanab 125 ni hosil qilsak, 115125 soni hosil bo‘ladi. Birliklarni sinflar bo‘yicha guruxlashning mavjudligi ko‘p xonali sonlarni nomerlashni o‘rganish tartibiga ma‘lum iz qoldiradi: o‘quvchilarni bir yo‘la minglar sinfining uchta xona birliklari bilan tanishtirish maqsadga muvofiq, bunda bu birliklarning hosil bo‘lishi va atalishi I sinf birliklarining hosil bo‘lishi va atalishi bilan o‘xshash ekanini ta‘kidlash kerak; so‘ngra II sinf xona sonlarining hosil bo‘lishi vayozilishini (5 ming, 20 ming, 600 ming) va II sinf birliklaridan tuzilgan sinf sonlari (25 ming, 320 ming, 761 ming)ni (ya‘ni yaxlit mingliklarni) qarash va nihoyat, to‘rt xonali, besh xonali va olti xonali sonlarni nomerlashni o‘rganishga kirishish kerak. Bu yerda sanoq sistemasining g‘oyasi o‘z aksini topadi: mingliklar xuddi oddiy birliklar kabi sanaladi, ko‘p xonali sonlarni nomerlashni o‘rganish esa mazkur holda 1000 ichida nomerlashga doir bilimlarga tayanadi.
Ko‘p xonali sonlarni nomerlashni o‘rganishga doir tayyorgarlik ishlarini ancha ilgari boshlash kerak. Bunda o‘qituvchi ikkita maqsadni ko‘zda tutishizarur: birinchidan, o‘quvchilarning bundan oldingi sonlarni nomerlashni qarashda olgan bilimlarini mustahkamlashga, ikkinchidan, o‘quvchilarda yangi mavzuga doir ma‘lum maqsadni shakllantirish va qiziqish uyg‘otishi zarur.
Bunda shu narsani qat‘iy yodda tutish kerakki, nomerlashni o‘rganish masalasi o‘quvchilarning o‘nli sanoq sistemasi, sonlarning natural ketma-ketligi va ko‘p xonali sonlarning tarkibi haqidagi tushunchalarini kengaytirish va shu asosda ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yoza olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu mavzu bo‘yicha ishning muvaffaqiyatli bo‘lishi 1000 ichida sonlarni nomerlashning o‘zlashtirilishi va mustahkam o‘rganib olinishiga bevosita bog‘liq, chunki o‘nli sanoq sistemasidagi har qanday sinf sonlari tuzilishining yagona prinsipi birinchi minglikdagi sonlar bilan tanishishda olingan bilimlarni' istalgan ko‘p xonali sonlar bilan ishlashda qo‘llashga imkon beradi.
Yangi mavzuni o‘rganish yangi sanoq birliklari (ming, o‘n ming, yuz ming birliklari) ning kiritilishiva sinf tushunchasi bilan tanishishdan boshlanadi.
O‘quvchilar bilan sanashdan foydalanib, mingning hosil bo‘lishi takrorlanadi (10 ta yuzlik 1 mingni tashkil etadi yoki boshqacha — sanoqda 999 sonidan keyin undan bir birlik katta son keladi, bu ming sonidir). So‘ngra sanash jarayonida yangi sanoq birliklari kiritiladi: 10 ming yoki 1 ta o‘n ming, 10 ta o‘n ming: yoki 1 ta yuz ming, 10 ta yuz ming yoky 1 million. Yangi sanoq birliklarining nomini nomerlash jadvaliga yozib olish o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchilar uchun ham foydali. Bu jadvalga asoslangan holda sinf tushunchasini kiritish mumkin: dastlabki uchta xona birliklari, ya‘ni birlar, o‘nlar, yuzlar — birinchi sinfni yoki birlar sinfini tashkil etadi, navbatdagi uchta xona birliklari, ya‘ni minglar, o‘n minglar, yuz minglar birliklari esa ikkinchi sinfni yoki minglar sinfini tashkil etadi. Taqqoslash bilan shu narsani oson aniqlash mumkinki, bu sinflarning har birida uchtadan xona bor, har bir navbatdagi xona birligi undan oldingi xona birligidan 10 marta ortiq, birlar sinfida o‘nlab va yuzlab «oddiy» birlar sanaladi va guruhlanadi, minglar sinfida esa minglab «oddiy» birlar sanaladi va guruxlanadi. So‘ngra bu va bundan keyingi darslardaII sinf birliklari (II sinf sonlari)dan tuzilgan sonlar o‘rganiladi, masalan, 35000, 135000, 109000, 280000 va sh. k. Ular cho‘tga tashlanadi, nomerlash jadvaliga yoziladi.
O‘quvchi xonalar va sinflar jadvalini chizish bilan sinflarning o‘xshashligini va farqini aniqlaydilar.Bu sonlarning alohida xona sonlaridan tashkil topi-shiga doir mashqlar (2 ta o‘n ming va 8 ta ming- bu 28 mirg), shuningdek, berilgan sonni uni tashkil etuvchi xona sonlariga ajratishga doir mashqlar (472 ming sonida 4 ta yuz ming, 7 ta o‘n ming va 2 ta ming bor), berilgan sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisiga almashtirish (903 ming=900 ming+3 ming), sonlarning o‘nli tarkibiga oid bilimlarga asoslangan holda qo‘shish va ayirishga doir mashqlar (80 ming+4 ming; 807 ming-800 ming va h. k.) bajariladi. Bu mashqlarning barchasi o‘quvchilarga II sinf sonlari 1000 ichida sonlarning hosil bo‘lishi, yozilishi va o‘qilishiga o‘xshash ekanini tushuntirishga yordam beradi.[3]
Ko‘p xonali sonlar odatda turli sinf sonlaridan tuzilgan. Sonda shu tarkibiy qismlarni (har bir sinf sonlarini) ajrata olish ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozishda asos deb hisoblanadi. Shuning uchun ko‘p xonali sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi bilan almashtirishga doir mashqlar bilan bir qatorda o‘quvchilarni sonni turli sinf sonlari yig‘indisi (sinf qo‘shiluvchilari, masalan, 41709=41000+709) bilan almashtirishga o‘rgatish muhimdir. Ko‘p xonali sonlarsinflar bo‘yicha o‘qiladi va yoziladi. Darslikda ko‘p xonali sonni o‘qish va yozish uchun nima qilish kerakligi haqida tushuntirish berilgan. Tushuntirishning alohida qadamlarining bajarilishini o‘quvchilarning amaliy ishlari bilan qo‘shib olib borish foydali: o‘qishda sinflarni bir-biridan yoy yoki chiziqcha bilan ajratish, yozishda esa sinflarni uchta nuqta bilan belgilash (har bir sinfdagi uchta raqamni yozish o‘rni, yuqori sinfdan tashqari) kerak.
O‘quvchilarni sonlarni yozishga mashq qildira borib, son bilan raqamning farqi haqida ta‘kidlab o‘tish zarur: raqamlar yordamida sonlar yoziladi; sonlar bir-biridan raqamlarining soni bo‘yicha farq qiladi: bir xonali, ikki xonali, ... olti xonali. Raqamlar o‘z qiymatiga ega bo‘lish bilan birga sonning yozuvidagi o‘rniga qarab ham qiymatga ega bo‘lgani uchun ayni bir raqamni takrorlash bilan bir xonali, ikki xonali va h. k. sonlarni yozish mumkin. Nomerlashni o‘rganishga ajratilgan butun vaqt davomida o‘quvchilarga u yoki bu sonni yozish uchun hammasi bo‘lib nechta raqam kerak bo‘lganini, bunda necha xil raqamdan foydalanilganligini sanab chiqishlarini taklif etish, bir xil raqamlar nimani bildirishini, shuningdek, sonning yozuvidagi 0 raqami nimani bildirishini so‘rash kerak. O‘qituvchi bergan raqamlar yordamida turli sonlarni yozish va bu sonlarni taqqoslashga doir mashqlar foydalidir.
2. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikadan samarali talim berilishi uchun oqituvchi boshlangich sinflar uchun o'qitish metodlarini mukammal egallab, chuqur ozlashtirib olmogi zarur. Boshlangich talimi metodikasining matematika predmeti quyidagi- lardan iborat:
1. Matematikani oqitishdan kozda tutilgan maqsadlarni asoslash (Nima uchun matematika oqitiladi, orgatiladi?).
2. Matematika oqitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani orgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini oquvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini organishda izchillik taminlanadi, oquv ishlariga oquv mashgulotlari beradigan oquv yuklama hal qilinadi, talimning mazmuni oquvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. Oqitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday oqitish kerak, yani, oquvchilar hozirgi kunda zarur bolgan iktisodiy bilimlarni, malaka, konikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bolishi kerak?
4. Oqitish vositalari–darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma-yu, qollanmalar va texnik vositalarini ishlab chiqish (nima yordamida oqitish).
5. Talimni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va talimning darsdan tashqari formalarini qanday tashkil etish) Oqitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va formalari metodik tizimining asosiy komponentlarida murakkab tizim bolib, uni oziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika oqitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani ozining bazaviy fani bilan uzviy bogliq. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda toplamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlangich sinf uchun moljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sahifalarida biz oquvchilar uchun berilgan topshiriqlarga duch kelamiz: Rasmda nechta quyon bolsa, bir qatorda shuncha katakni boya, rasmda nechta bori bolsa, 2-qatorda shuncha katakni boya. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni korsatilgan toplamlar elementlari orasida ozaro bir qiymatli moslik ornatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. MOM umumiy metodika qay darjada oqtilishiga bogliq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi oquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda boshlangich matematika oqitish metodikasi tomonidan ishlatiladi. Boshlangich sinf MOM pedagogika va pedagogik texnologiya, AKT fani bilan uzviy bogliq bolib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MOM bilan pedagogika orasida ikki tomonlama boglanish mavjud. Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi, bu hol matematika oqitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini taminlaydi. Ikkinchi tomondan pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllan- tirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan natijaga tayanadi, bu uning hayotiyligi va konkretligini taminlaydi. Shunday qilib, pedagogika metodikalarning konkret materialidan oziqlanadi, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va oz navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yollanma bolib xizmat qiladi. Matematika oqitish metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bogliq. Boshlangich matematika kursi nazariyasi va metodikasi talimning boshqa metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan boqliq.
Boshlangich talimda integratsiyalashgan talimni togri amalga oshirish uchun oqituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy tadqiqot metodlari bu qonuniy boglanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni ornatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, eksperement, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, oquvchilar ishlarini organish, suhbat va anketalar otkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.

Yüklə 18,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin