Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotida ishtirokchilarning to‘lov majburiyatlarini to‘lashga qodir emasligini tan olish orqali uni tartibga solishni muhim normalarini belgilamasdan uning rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Negaki, ikkita subyekt o‘rtasidagi o‘zaro qarzdorlik bu shunchaki, qarzdorlik emas. Bu majburiyatlar butun bir iqtisodni, jamiyatning majburiyatidir. Ya’ni, qarzdorlik faqat ularning o‘zigagina tegishli muammo emas.