Kosmos va kimyo kosmos jismlarining tarkibi, elementlarning olamda



Yüklə 60,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü60,31 Kb.
#42682
  1   2
Kosmokimyo - Vikipediya



Kosmokimyo

Kosmokimyo (kosmos va kimyo) — kosmos jismlarining tarkibi, elementlarning olamda

tarqalish qonuniyatlari, koinot moddalarining hosil boʻlishida atomlar migratsiyasi va

mujassamlashuvi jarayonlarini oʻrganadigan fan. 20-asr ning 2-yarmidan rivojlana boshladi.

Texnikaning oʻsishi, sunʼiy yoʻldosh va raketalar kashf qilinishi kimyo fanining yangi

yoʻnalishiga asos soldi. Olimlar quyosh spektrlarini tahlil qilishib, unda 69 ta kimyoviy element

borligini aniqlashdi. Quyoshning asosiy moddasi vodorod-geliy gaz sferasi boʻlib, unda doimiy

davom etuvchi reaksiya hisobiga ulkan energiya hosil boʻladi. Aniqlanishicha, shu

energiyaning nur koʻrinishidagi 5 trilliondan bir qismigina Yer kurrasiga, qolgan qismi

Koinotdagi oʻzga sayyoralar va boʻshliqlarga tarqaladi. Quyoshdagi uchuvchan element va

moddalar tarkibiga vodorod, azot, metan, karbonat angidrid va suv, uchmaydiganlarga esa

davriy sistemadagi koʻpgina elementlar bilan bir katorda oksidlar, sulfidlar, shuningdek,

silikatlar kiradi. Kremniy, temir, magniy, kalsiy, alyuminiy, titan va nikel birikmalarining miqdori

koʻprokligi aniqlangan. Quyoshda uchraydigan elementlar va ular birikmalarining tarkibi

Koinotning hozirgacha oʻrganilgan barcha sayyoralari tarkibiga ancha yaqinligi maʼlum boʻldi.

Katta va mitti yulduzlar, meteorit va kometalarda ham shunday kimyoviy tarkib birligi

qonuniyatlari mavjud. Ayniqsa, Yer va Oyda boʻlgan bir qator elementlar izotoplarining

meteoritlarda topilgan elementlar izotoplari bilan hamohangligi Quyosh sistemasida yagona

yadroviy jarayonlar roʻy berganligini isbotlaydigan omil ekanligini koʻrsatdi. Olingan

radioizotop tahlillar Quyosh sistemasidagi qatti q fazali birikmalar bundan 4— 5 mlrd. yil avval

hosil boʻlganligini isbotladi. Bunday qattiq jismlar Koinot moddasining chuqur fraksiyalanishi

oqibatida oʻzidagi vodorod, inert gazlar, azot, uglerod, oltingugurt, xlordan ozod boʻladi.

Quyoshdan ancha uzoqda joylashgan gigant sayyoralargina Quyosh gazlaridan baʼzilarini

oʻzida ushlab qoladi. Yerga va Oyga tushgan meteoritlarning kimyoviy tahlili ular tarkibida

magniy va kalsiyli silikatlar, temir va titanli qotishmalar, temir sulfidli, temirtoshli moddalar

borligini koʻrsatdi. Meteoritlarda 2-darajali aralashmalar sifatida grafit, murakkab tarkibli

uglerodli molekulalar, karbidlar, fosfidlar, metallarning nodir sulfidlari, titan, xrom va kremniy

nitridlari topilgan.



Umuman, meteoritlarning katta guruhini xondritlar deb atash kabul qilingan. Xondritli

meteoritlar turli pishiklik va mustahkamlikka ega boʻlib, axondritlar esa ulardan kristall

panjaralarining tuzilishi bilan farqlanadi va yerdagi vulqon jinslarini eslatadi.

Oy yuzasi qora-qoʻngʻir material bilan qoplangan boʻlib, nurning 7% ini qaytaradi, xolos. Yer

yoʻldoshi qizil rangni koʻproq, koʻk yoki binafsha rangni esa kamroq qaytaradi. Shuning uchun

Quyosh nuridan farqli oʻlaroq Oy zangoriroq rang bilan tovlanadi. Oy yuzasida oq qumli joylar,

qora slanetsli maydonlar, undagi turli jinslar tarkibida esa koʻpgina kimyoviy elementlar,

jumladan, kislorod, kremniy, temir, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, uglerod, azot, lantanidlar,

aktinidlar, simob va boshqa borligi aniqlangan.

Sayyoralar ichki va tashqi sayyoralarga boʻlib tadqiq qilinadi. Ichki sayyoralarga Oy, Merkuriy,

Venera, Yer va Mars, tashqilariga Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton va kichiklariga xondritli

asteroidlar kiradi. Ular tarkibi va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi, ammo bitta

qonuniyatga boʻysunishi tajribalar yordamida isbotlangan. Quyoshga yaqinroq masofada

joylashgan Merkuriy juda katta zichlikka ega boʻlganligi uchun atmosferadan mahrumdir.

Aksincha, oʻzining kattaligi va zichligi bilan Yerga yaqin va uning "singlisi" deb ataluvchi

Venera kuchli atmosfera bilan oʻralgan. Unda karbonat angidrid koʻpligi maxsus asboblar

yerdamida oʻlchangan. Yupiterda massasi jihatidan 78%, Saturnda 63% vodorod bor. Uran

bilan Neptunning zichligi yuqorirokligi sababli ularda vodorod miqdori kamroq. Bilvosita

olingan tajribalarkatta sayeralarda geliy miqdori ancha koʻpligini koʻrsatdi. Mazkur

sayeralarda gaz yoki moʻz holatidagi ammiak ham uchrashi isbotlangan. Bu kagga sayyoralar

tarkibi Quyosh tarkibiga yaqinligidan dalolat beradi.

Voytkevich G. V., Fedorova N. Ye., Ximicheskiye elementi v solnechnoy sisteme, M., 1973;

Axmerov K,., Kosmosdagi kimyoviy jarayonlar, T., 1979.

Qudrat Axmerov.

[1]

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Bu maqolada 

boshqa til boʻlimlariga ishorat

 yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Adabiyot


Manbalar



Yüklə 60,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə