Ko'z kasalliklari 102-guruh talabasi Ermakova Sevinch Ko’z kasalliklari



Yüklə 5,36 Kb.
tarix30.11.2022
ölçüsü5,36 Kb.
#71570
Ko\'z kasalliklari 102-guruh talabasi Ermakova Sevinch Ko’z kasal-genderi.org


Ko'z kasalliklari 102-guruh talabasi Ermakova Sevinch Ko’z kasalliklari

Ko'z kasalliklari

102-guruh talabasi

Ermakova Sevinch

Ko’z kasalliklari — inson ko’rish analizatorining organik va funktsional shikastlanishlari, shuningdek ko’zning yordamchi apparati (qovoqlar, kon’yuktiva va boshqalar) shikastlanishi bo’lib, kishining ko’rish qobiliyatini cheklaydi. Ko’z kasalliklari turfa xil bo’ladi, shu sababli ular odatda bir nechta bo’limlarga bo’linadi.
Ko’z kasalliklari turfa xil bo’ladi, shu sababli ular odatda bir nechta bo’limlarga bo’linadi:


  • Qovoq kasalliklari;

  • Ko'z yosh a'zolari kasalliklari;

  • Kon'yuktiva kasalliklari;

  • Sklera kasalliklar;

  • Shox parda kasalliklari;

  • Ko'z gavhari kasalliklari;

  • Shishasimon tana kasalliklari;

  • Rangdor parda kasalliklari;

  • To'r parda kasalliklari va h.k.

Katarakta – koʻz nur sindiruvchi qismi – gavhar bilan bogʻliq boʻlgan patologiya boʻlib, bunda gavhar shaffofligi buziladi va xiralashadi. Katarakta koʻruvda xiralashuv, kechki vaqtda koʻrish qobiliyatining pasayishi, rang ajratishning pasayishi, yorugʻlikka sezuvchanlikning oshishi va diplopiya kabi belgilar bilan namoyon boʻladi.



01

Katarakta

02

G'ilaylik
G’ilaylik (strabizm, qad.yun. qiyshiq yoki geterotropiya, qad.yun boshqa, burilish) — ko’zni ko’rish o’qining fiksatsiya nuqtasidan doimiy yoki vaqti-vaqti bilan og’ishi, bu binokulyar ko’rishning buzilishiga olib keladi. G’ilaylik o’zini tashqi nuqson sifatida namoyon qiladi — ko’zlarni/ko’zni burun yoki chakka tomonga, yuqoriga yoki pastga og’ishi. Bundan tashqari, g’ilay bemorda ikkilangan ko’rish, bosh aylanishi va bosh og’rig’i, ko’rishning pasayishi, ambliopiya kuzatilishi mumkin. G’ilaylikni tashxislash oftalmologik (ko’rish o’tkirligini tekshirish, biomikroskopiya, perimetriya, oftalmoskopiya, skiaskopiya, refraktometriya, ko’zning biometrik tekshiruvi va h.k.), nevrologik tekshiruvni o’z ichiga oladi. G’ilaylikni davolash ko’zoynakli yoki kontaktli tuzatish, apparatli muolajalar, pleoptik, ortoptik va diploptik usullar, xirurgik tuzatish yordamida amalga oshiriladi.


03

Astigmatizm
Astigmatizm (yunoncha a – inkor qo‘shimchasi va stigme — nuqta) – yorug‘lik nuqtaviy manbaining tasviri bitta tekislikda yotmaydigan ikkita o‘zaro tik kesmada kuzatiladigan optik tizim aberratsiyasi. Agar nuqtaviy manbadan tarqaluvchi nurlar dastasi optik tizimdan o‘tishda deformatsiyalanib, bir nuqtada kesishmay, turli nuqtalarda kesishsa, bunday nurlar dastasiga astigmatik dasta, hodisaning o‘zi astigmatizm deyiladi. Astigmatizm, masalan, silindrik linzalarda va nurlar dastasi optik o‘qqa katta burchak ostida tushuvchi sferik linzalarda kuzatiladi. Keyingi holda buyumning optik o‘qdan uzoqdagi nuqtalari tasvirini aniq kuzatib bo‘lmaydi.


04
Miopiya — uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik
Kasallikning rivojlanishi davri 9 yoshga to‘g‘ri keladi. Agar miopiyani vaqtida aniqlab kerakli davo choralari ko‘rilsa, nafaqat ko‘rish qobiliyati pasayishining oldi olinadi, balki ushbu jarayonni orqaga qaytarish ham mumkin.
Miopiya shunday xastalikka, bunda ko‘zlar faoliyati buziladi, ya’ni uzoqda turgan obyekning tasviri to‘r pardada emas, balki uning oldida paydo bo‘ladi. Natijada, bola uzoqdagi narsalarni (masalan sinf dokasidagi yozuvlarni) noaniq ko‘radi. Yosh ulg‘ayishi bilan miopiya darajasi oshib boradi va bola 20 yoshga to‘lganda, ya’ni organizm shakllanib bo‘lgach barqarorlashadi.


Miopiya

05
Glaukoma – bu surunkali zo‘rayib boradigan ko‘z kasalligi bo‘lib, ko‘z ichi bosimining ko‘tarilishi, ko‘rish nervi zararlanishi va ko‘rish qobiliyatining tiklab bo‘lmaydigan pasayishi, xattoki ko‘rlik vujudga kelishi bilan namoyon bo‘ladi.
Kassalikni boshlanishi va uning davom etishi ko‘pchilik hollarda belgisiz bo‘lib, bemorni hech nima bezovta qilmaydi.
Jahon miqyosida glaukoma kasalligiga chalingan bemorlar umumiy soni 67 millionga yetadi. Lekin, ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, glaukoma kasalligiga chalingan insonlarning yarimi bu kasallanishidan bexabardir. Butun jahon miqyosida tiklab bo‘lmaydigan ko‘rlikning yetakchi sababi glaukomadir.


Glaukoma
Sariq dog‘ ko‘z tomirlarining eng markaziy, muhim va sezgir ko‘rish qismidir. Ko‘zning optik qismiga yorug‘ tushib, ko‘z kosasidagi sariq dog‘da akslanadi. Xuddi o‘sha sariq dog‘ va ko‘z kosasidagi nervlar birlashib, ko‘zni eng mayda detallarni ham ko‘ra oladigan nur bilan ta’minlaydi. Makulodistrofiya – sariq dog‘dagi distrofik o‘zgarishlar tufayli vujudga keladi va nurni qabul qiluvchi tolalar kasallanadi.


Makulodistrofiya

06

Makulodistrofiya
http://genderi.org
Yüklə 5,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin