Labaratoriya ishi dastgohlar geometrik parametrlarini nazorat qilish



Yüklə 142,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.04.2022
ölçüsü142,72 Kb.
#55149
  1   2


2-LABARATORIYA ISHI 

DASTGOHLAR GEOMETRIK PARAMETRLARINI NAZORAT QILISH 



 

Zarur bo‘lgan jihoz, uskuna va materiallar: 

1. Tokarlik datsgohi. 

2.  Vatepras  (shayton),  silindrik  opravka  indikator  kallak  (bo‘linmasi  0,01  mm) 

ustuni bilan. 

3. Metal qirqish dastgohlariga me’yorlar va DSTlar. 

 

Ishni bajarish tartibi 

1.  Dastgoh  o‘rnatilishini  vaterpas  bilan  tekshirish.  Agar  bu  aniqlik  standartlarda 

ko‘rsatilmagan bo‘lsa har 1000 mm uzunlikka 0,04 mm dan oshmasligi kerak. 

 Dastgoh  aniqligini  tekshirish  uchun    staninaning  yo`naltirgishiga  maxsus  ko‘prik 

o‘rnatiladi,  u  tekshirilayotgan  yo`naltirgich  ikkita  tayanchga    va  ikkinchi 

yo`naltirgish esa bita tayanchga  ega. Tekshirilayotgan yo`naltirgichdagi tayanchlar 

orasidagi masofa 250 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ko‘prikka tekshirilayotgan 

yo`naltirgishga  parallel  qilib  vaterpas  o‘rnatiladi.  Vaterpasli  yo`naltirgichning  

butun uzunligi bo‘yicha suriladi. 

 

2.  Supportning  vertikal  tekislikdagi  bo‘ylama  surilishini  tekshirish:  buning  uchun  



supportda (keskich ushlagichga yaqinroq) uning surilishiga parallel qilib vaterpas 1 

o‘rnatiladi  va  supportni  uning  yurish  yo`li  bo‘yicha  boshidan  oxirigacha  suriladi. 

Supportning  1  m  surilishida  to‘gri  chiziqdan  chetga  chiqishi  0,02  mm  dan  ortiq 

bo‘lmasligi kerak. 

3. Suprortni gorizontal tekislikdagi bo‘ylama siljishini to‘gri chiziqligini tekshirish. 

Buning  uchun    oldingi  va  keyingi  babkalar  orasiga  silindrik  opravka  2  qotiriladi, 

supportga  esa  indikator  3  shunday  qotiriladiki,  uning  shrifti  opravkaning  yon 

yasovchisiga  tegib  tursin.  Indikatorning  ko‘rsatkichi  opravka  chetlarida  bir  xil 

bo‘lishi  kerak.  Bunga  ketingi  babkani  mos  ravishda  o‘rnatish  bilan  erishiladi. 

So‘ngra support bo‘ylama yo`nalishda yurish yo`lining boshidan oxirigacha suriladi 

va xatolik aniqlanadi (to‘gri chiziqdan chetga chiqish). Natija jurnalga yoki maxsus 

jadvalda  qayd  etiladi.  Supportning  1  m  surilishidagi  to‘gri  chiziqlikdan  chetga 

chiqishi 0,02 mm gasha bo‘lishiga ruxsat etiladi. 

 

4.  Oldingi  babka  shpindeli  o‘qining  radial  terishini  tekshirish.  Buning  uchun  




shpindel  teshigiga  zich  qilib  silindrik  opravka  4  o‘rnatiladi.  Uzatmalar  qutisi 

koprusga  esa  ustun  5  indikator  bilan  shunday  o‘rnatish  kerakki,  uning  o‘lchash 

shtifti  opravkaning  yasovchisiga  tegib  tursin.  So‘ngra  shpindelni  aylantiriladi  va 

shpindel  yoniga  a  o‘lchash  bajariladi,  undan  L

q

300  mm  masofa  esa  b  o‘lchash 



bajariladi.  O‘lchash  natijalari  jurnalga  yoki  maxsus  jadvalga  yozib  qo‘yiladi. 

Oldingi  babka  shpindelni  o‘qiga  beriladigan  qo‘yim  ishlov  beriladigan 

zagatovkaning eng katta diametri 400 mm bo‘lganda  a=0,01 mm, b=0,02 mm, Ø 

800 mm bo‘lganda esa a=0,015 mm, b=0,025 mm gasha ruxsat beriladi. 

 

5.  Oldingi  babka  o‘qining  terishini  tekshirish.  Buning  uchun    shpindel  teshigiga 



qisqa  opravka  6  yon  tekislikka  perpendikulyar  qilib  o‘rnatiladi.  Uzatmalar  qutisi 

koprusiga  ustun  indikatori  bilan  shunday  o‘rnatiladiki,  uning  o‘lchash  shtifti 

opravka yon tomonining markaziga tegib turishi kerak. So‘ngra shpindelni aylantirib 

o‘lchash ishlari bajariladi. O‘lchash natijalari jurnalga yoziladi. SHpindelning o‘q 

bo‘yicha terishiga beriladigan qo‘yim ishlov beriladigan zagatovka diametri 400 mm 

bo‘lganda 0,01 mm, Ø 800 mm bo‘lganda esa 0,015 mm. 

 

6.  Oldingi  babka  o‘qining  ko‘ndalang  surilishiga  parallelligini  tekshirish.  Buning 



uchun  shpindel teshigiga zich qilib opravka 8 o‘rnatiladi. Supportga esa indikator 

ustuni  9  indikator  bilan  shunday  o‘rnatish  kerakki,  ustunning  xolati  o‘zgarganda 

indikatorning  o‘lchash  shtifti  uning  ustki  yasovchisiga  «a»  xolatdagidek  va  yon 

tomoniga «b» xolatdagidek tegib tursin. So‘ngra supportni stanina bo‘ylab suriladi 

va  u  diametr  bo‘yicha  qarama-qarshi  joylashgan  yasovschilar  bo‘yicha  o‘lchash 

ishlari bajariladi. (shpindelni 180

0

 ga burab), xatolik esa (parallel emaslik) mazkur 



tekislikdan  ikkala  diametrlarning  o‘rtacsha  arifmetik  qiymati  sifatida  topiladi. 

O‘lcham  natijalarini  jurnalga  yozib  qo‘yiladi.  Oldingi  babka  shpindeli  o‘qining 

supportning  bo‘ylama  surilishga  parallel  emasligiga  beriladigan  qo‘yim  ishlov 

beriladigan  zagatovkaning  eng  katta  diametri  400  mm  bo‘lganda  a  =  0,03  mm,  b 

=015 mm. 

7. Oldingi babka shpindeli o‘qining salazkaning surilishiga paralelligini tekshirish. 

Buning  uchun    indikator  support  salazkalari  shunday  o‘rnatiladiki,  unda  o‘lchash 

shtifti  oldindan  o‘rnatilgan  opravkaning  yon  tomon  yuzasiga  tegib  tursin. 

Supportning buraluvshi qismi shunday o‘rnatilishi kerakki, salazka xarakatlanganda 

indikator ko‘rsatkichi opravkaning chetlarida bir xilda bo‘lsin. So‘ngra indikatorni 

boshqa joyga ko‘chiriladi. Uning o‘lchash shtifti opravkani yuqorigi yasovchisiga 

tegib  turishi  kerak.  Salazkaning  xarakatlanishi  yuqoriga  yo`naltirgishlar  bo‘ylab 




boshdan oxirigacha amalga oshiriladi. O‘lchash natijalarini jurnalga yozib qo‘yiladi. 

Support  yo`nalishining  oldingi  babka  shpindeli  o‘qiga  parallel  emasligiga 

beriladigan  qo‘yim  salazkalar  yo`li  100  mm  gasha  bo‘lganda  0,03  mm  dan  ortiq 

emas, 300 mm gasha bo‘lganda esa 0,004 mm va 500 mm bo‘lganda 0,05 mm. 

8.  Penol  xarakatining  support  bo‘ylama  xarakatlanishiga  paralelligini  tekshirish. 

Buning  uchun    10  ketingi  babkaga  surilib  qisib  qo‘yiladi.  Supportga  indikator  11 

shunday  o‘rnatilishi  kerakki  uning  o‘lchash  shtifti  Penol  yuzasiga  tegib  tursin  (a 

xolat)  O  va  b  nuqtalarda.  So‘ngra  Penolni  bo‘shatib,  uni  maksimal  surilishining 

yarmigacha  surib  yana  qotirib  qo‘yiladi.  Bunda  support  bo‘ylama  yo`nalishda 

indikator  shtifti  dastlabki  o‘rnatishdagi  nuqtalarda  Penol  yasovchiga  tekkunicha 

suriladi  (b  xolat).  Xatolik  (parallel  emaslik)  indikatorning  a  va  b  xolatlaridagi 

algebraik  ayirma  kabi  aniqlanadi.  O‘lchash  natijalarini  jurnalga  yozib  qo‘yiladi. 

Ruxsat etilgan xatolik zagatovka diametri 400 mm gasha bo‘lgan dastgohlar uchun  

a=0,03  mm,  b=0,03  mm,  800  mm  bo‘lgan  dastgohlar  uchun    esa  a=0,03  mm, 

b=0,012 mm (xar 100 mm uzunlikka). 

 

9.  Oldingi  babka  shpindeli  o‘qi  va  penol  o‘qining  stanina  yo`naltirgichlaridan 



Supportga  nisbatan  bir  xil  balandlikda  joylashganligini  tekshirish.  Buning  uchun  

ketingi  babkaning  penoli  to‘liq  chiqariladi  va  markazlar  orasidagi  maksimal 

masofaning ¼ qismida o‘rnatiladi. So‘ngra oldingi babka va penol teshigiga oxirida 

bir  xil  silindrik  bo‘yinchalari  bo‘lgan  opravka  12,  13  o‘rnatiladi.  Supportga  esa 

indikator  shunday  o‘rnatiladiki,  uning  o‘lchash  shtifti  opravkalardan  birining 

yuqorigi yasovchisiga tegib tursin. Supportning tepa qismini ko‘ndalang yo`nalishda 

oldinga  va  orqaga  suriladi  va  indikator  eng  katta  ko‘rsatkichi  aniqlanadi.  So‘ngra 

indikatorinng  xolatini  o‘zgartirmasdan  shunday  o‘lchashlarni  ikkinchi  opravkada 

ham  bajariladi.  Xatolik  (bir  xil  chiziq  qa  tushmasligi)  indikatorning  xar  ikkala 

o‘lchashlaridagi ko‘rsatkichlarning algebraik ayirmasi sifatida o‘niqlanadi. Oldingi 

babka  shpindeli  va  penol  o‘qlarining  stanina  yo`naltiruvchisiga  nisbatan 

joylashuviga  beriladigan  qo‘yim  zagatovka  diametri  400  mm  bo‘lgan  dastgohlar 

uchun  0,1 mm. 

 


Yüklə 142,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin