Portlashdan xavfsiz magnit puskatellarning tuzilishini va ishlashini o‘rganish
Kon korxonalaridagi past kuchlanishli istemolchilarni boshqarish va ximoyalash uchun past kuchlanishli kon elektr uskunalari qo‘llaniladi. Past
kuchlanishli kon elektr uskunalari mashina va mexanizmlarning (laxim o‘tish va qazib olish kombaynlari, konveyerlar, maxalliy ventilyatorlar, burg‘ulash
mashinalari va b.) elektr lektr yuritmalarini qo‘lda boshqarish va masofadan boshqarish uchun xizmat qiladi.
Qo‘lda boshqaruvchi elektr uskunalarga PRV va PRSh turidagi qo‘l puskatellari, shuningdek AFV, AV va VRN turidagi avtomat uzgichlar kiradi.
Masofadan boshqaruvchi elektr uskunalarga PVI, PRN turidagi puskatellar kiradi.
PRV va PRSh turidagi puskatellar 5 - 7 kVt li q.t. rotorli asinxron elektr dvigatellarni boshqarish va ximoyalash uchun xizmat qiladi. Ula metall
qobiqning ichida josylashgan rubilnik va eruvchan saqlagichdan tashkil topadi. Rubilnikning dastagi qobiq tashqarisda bo‘ladi.
AFV, AV va VRN turidagi avtomat uzgichlar elektr tarmoqlarni qo‘lda ulash va uzish uchun va ularda avariya xolatlari sodir bo‘lganda avtomat ravishda o‘chirish uchun xizmat qiladi
Rasm1 AFV avtomat uzgichning elektr sxemasi L1, L2, L3-kiritish kontaktlari, QF-avtomat uzgich, QF1-uzish g‘altagi, QF2.1 va QF2.2-maksimal tok relelari, OP1 va OP2-tekshirish g‘altaklari,