Laboratoriya mashG`uloti №1 mavzu: laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun texnika xavfsizlik qoidalari. Laboratoriya ishlarini bajarishda amal



Yüklə 34,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü34,59 Kb.
#202874
  1   2   3


LABORATORIYa MAShG`ULOTI №1
 
MAVZU: LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISH UChUN TEXNIKA 
XAVFSIZLIK QOIDALARI. 

Laboratoriya ishlarini bajarishda amal 
 qilinadigan umumiy qoidalar 
1. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun o`quv gruppasi 3-4 talabadan iborat 
birgadalarga bo`linadi. Brigadalar navbat bilan rejada ko`rsatilgan barcha ishlarni 
bajaradilar. Laboratoriya mashg`ulotlarini nazariy material o`rganilgandan so`ng 
boshlash maqsadga muvofiqdir.
2. Laboratoriyadagi 1-mashg`ulotda talabalar elektrotexnik qurilmalar bilan 
ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishadilar. 
O`qituvchi tomonidan elektrotexnika laboratoriyasining ichki tartiblari bilan 
tanishtirilgach, so`ng har bir talaba, xavfsizlik texnikasidan “Yo`riqnoma” degan 
nazorat varaqasiga imzo qo`yadilar. 
3. Har bir laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin talaba savollar 
bo`yicha o`z bilimini tekshiradi. Agar qoniqarli baho olsagina talaba laboratoriya 
ishini bajarishga qo`yiladi 
4. Oraliq savollari bo`yicha qoniqarsiz baho olgan va laboratoriya 
mashg`ulotida bo`lmagan talabalar, qo`shimcha darslarda laboratoriya bajaradilar. 
Qo`shimcha darslarda ham, laboratoriya mashg`ulotini boshlashdan oldin umumiy 
tartib bilan topshiradilar. Agar qayta topshirishda ham oraliq natijasi qoniqarsiz 
baholansa, u holda talaba o`qituvchiga og`zaki topshiradi. 
5. Har bir talaba quyidagilarga e’tibor berishi kerak: 
a) qo`llanma bo`yicha laboratoriya ishi matnini puxta o`rganib chiqish; 
b) laboratoriya ishining elektr sxemasini chizib olish; 
v) bajariladigan laboratoriya ishiga tegishli nazariy ma’lumotlarini 
ko`rsatilgan adabiyotlardan o`rganib chiqish. 
6. Ishni bajarishdan oldin har bir talaba tegishli laboratoriya ishida 
qo`llaniladigan o`lchov asboblari bilan tanishib, ularning pasportida beriladigan 
kattaliklar bo`yicha jadval tuzadilar. Bu jadvalda asbobning nomi, nominal 
kattaliklari, sistemasi, aniqlik klassi, zavoddan chiqqan nomeri aniq ko`rsatiladi. 
O`lchov asboblari strelkalarining boshlang`ich holati nolda bo`lishini albatta 
tekshirish zarur. 
Asbob strelkasini nolga keltirish laborant yoki o`qituvchi ishtirokida 
bajarilishi lozim. 
7. Sxemani sodda, ulovchi o`tkazgich simlarini kesishgan joylarini kamroq, 
hamda tekshirish uchun qulay qilib yig`iladi. Birinchi navbatda tok zanjirlari 
yig`iladi, undan so`ng kuchlanish zanjirlari yig`iladi.
8. Sxemani albatta o`qituvchi yoki laborant tekshirishi shart. Sxemaning 
to`g`ri yig`ilganiga ishonch hosil qilingandan so`ng, laborant yoki o`qituvchi 
ishtirokida sxema tarmoqqa ulanadi yoki sxemaga kuchlanish beriladi. 


9. Laboratoriyada nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash zarur. Ishni bajarayotgan 
vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish kerak. Zanjirga 
kuchlanish berilganda izolyatsiyasiz simlarga, klemmalarga qo`l bilan tegish qat’iy 
man qilinadi. Ayniqsa induktiv g`altaklari, kondensatorlari bo`lgan o`zgaruvchan 
tok zanjirlari bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak, bunday zanjirlarda 
topshiriqni bajarish davomida rezonans hodisasi ro`y berishi mumkin. Bunday 
zanjirlardagi kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan ancha katta bo`lishi mumkin.
10. Hamma o`lchash va hisoblashlar bajarilgach, olingan natijalar 
o`qituvchiga ko`rsatiladi, agar o`lchash va hisoblash natijalari to`g`ri va yetarli 
bo`lsa, ishni tugatish mumkin. Undan so`ng sxema tarmoqdan ajaratiladi va uni 
dastlabki holatga keltiriladi. LATR, RNO lar boshlang`ich holatga keltirilib 
qo`yiladi, simlar yaxshilab taxlanib o`z joylariga qo`yiladi. 
11. Har bir laboratoriya ishi bo`yicha talabalar hisobot tuzadilar. Hisobotni 
har bir talaba mustaqil, laboratoriyada ko`rsatilgan namunaga asosan tuzadi. 
Hisobot ko`k rangli ruchkada yoziladi, grafik va diagrammalar millimetrovkaga 
qalam yoki sterjin bilan lineyka va tsirkulь yordamida chiziladi. 
12. Hisobotda quyidagilar bo`lishi kerak: 

Yüklə 34,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin