[
OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI HUZURIDAGI IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QO‘MITASINING
Qarori
KORXONALARNING MOLIYAVIY-IQTISODIY AHVOLI MONITORINGI VA TAHLILINI O‘TKAZISh MEZONLARINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 14-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1469]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019-yil 11-yanvardagi 02/16-10/40-sonli “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1469-5, 23.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risidagi” Qonuniga asosan, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 27-iyulda 12-son bilan tasdiqlangan “Korxonalarning iqtisodiy nochorligini aniqlash bo‘yicha mezonlar tizimi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (1999-yil 25-avgust, ro‘yxat raqami 803 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 10-son).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi raisi G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 16-mart,
GS-05/0271/1-son
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining 2005-yil 16-martdagi GS-05/0271/1-sonli
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 11-son, 81-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qo‘llash takliflarini ishlab chiqish maqsadida, mulkida davlat ulushi mavjud bo‘lgan hamda yirik korxonalarning moliyaviy holatini tashhis qilish orqali iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochorlik alomatlarini aniqlash uchun korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring va tahlil qilish mezonlarini belgilaydi.
I. Mezonlar tizimi
1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
a) iqtisodiy qodir;
b) iqtisodiy tavakkalchilik;
v) iqtisodiy nochor:
to‘lov qobiliyatini
tiklash imkoniyatiga ega;
to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas.
2. O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi (bundan keyin — Qo‘mita) yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini normallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar beradi.
Qo‘mita yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy ahvoliga ko‘ra sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qo‘llash takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.
II. Asosiy ko‘rsatkichlar (mezonlar)
3. Iqtisodiy ahvolni baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar (mezonlar) quyidagilardir:
a) to‘lov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk;
b) o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti — O‘ak;
v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk;
Yakuniy qarorga kelish uchun quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin:
o‘z va qisqa muddatli qarz mablag‘larning nisbat koeffitsiyenti — O‘qk;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk;
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek.
Bunda iqtisodiy tahlil etilishi lozim bo‘lgan korxonalar quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tanlab olinadi:
pullik majburiyatlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha ularni to‘lash kunidan uch oydan ortiq muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi;
korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi, ya’ni qisqa muddatli qarzlarini joriy aktivlari bilan qoplay olmasligi;
past rentabelilik yoki zararlilik.
III. Korxonalarning iqtisodiy ahvolini baholovchi ko‘rsatkichlarning tavsifnomasi
4. Pullik majburiyatlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha ularni to‘lash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddati o‘tgan qarz qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar va kreditorlarning pullik majburiyatlar bo‘yicha talablarini amalga oshirish vaqtidan boshlab belgilanadi (masalan, budjetga soliqlarni hisobot davridan keyingi ma’lum sanaga har oy yoki har chorakda to‘lash muddatlari).
Muddati uch oydan ortiq o‘tgan qarz haqidagi ma’lumotlar Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrda 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (AV, 2003-yil 24-yanvarda 1209-son bilan ro‘yxatga olingan) Buxgalteriya balansi 1-sonli shaklining 602-satr 4-ustunidan yoki Buxgalteriya balansiga ilova “Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi”ning 4-satr 3-ustunidan olinadi (O‘zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son).
5. To‘lov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti nafaqat debitorlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan, balki boshqa moddiy joriy (aylanma) mablag‘lar elementlari sharoitida baholanuvchi korxonaning to‘lovga qobilligini ko‘rsatadi. Koeffitsiyentning kamayishi korxona to‘lov imkoniyatlarining pasayishi haqida xabar beradi.
Koeffitsiyent quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
| | | | | | | | | |
Tqq =
|
joriy (aylanma) aktivlar
_______________________
|
=
|
A2
__________
|
bunda:
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
joriy majburiyatlar
|
P2 — Umm
| | | | | | | | | | |
A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab
chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va b.), balans aktivining II bo‘limi, 390-satr;
P2 — majburiyatlar, balans passivining II bo‘limi, 770-satr;
Umm — uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya balansi 490-satr).
Agar to‘lovga qobillik koeffitsiyenti hisobot davri so‘ngida 1,25 dan past qiymatga ega bo‘lsa, korxona to‘lov qobiliyatiga ega emas deb hisoblanadi.
6. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti moliyaviy mustahkamlik, korxona egalari va kreditorlar manfaatlarining nisbati uchun zarur bo‘lgan korxonaning o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligidan dalolat beradi
Koeffitsiyent quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
| | | | | | | | | |
O‘ak =
|
(P1 + Uqk) — A1
_______________________
|
bunda:
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
A2
| | | | | | | | | | | |
A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar va b.), balans aktivining I bo‘limi, 130-satr;
P1 — o‘z mablag‘lari manbalari (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo‘shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va b.), balans passivi I bo‘limining natijasi 480-satr.
Uqk — uzoq muddatli aktivlarni olish uchun yo‘naltirilgan uzoq muddatli qarzlar va kreditlar (buxgalteriya balansi 570 va 580-satrlardan hisoblash orqali);
Ushbu kasr surati korxona o‘z mablag‘lari summasining qancha qismi aylanma mablag‘larga yo‘naltirilgani, maxraji — barcha aylanma mablag‘lar summasini ko‘rsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
Agar o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 0,2 dan kam qiymatga ega bo‘lsa, u holda korxona o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanmagan hisoblanadi.
7. Rentabellik koeffitsiyenti korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining foydalilik (zararlilik) darajasini ko‘rsatadi.
Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
| | | | | | | | | |
Xrk =
|
Stf
__________
|
bunda:
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
X
| | | | | | | | | | |
Stf — Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning 240-satr 5-ustuni, yoki Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar zarar “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning 240-satr 6-ustuni “–” belgisi bilan;
X —
jami xarajatlar, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shakldan satrlar (020 “6-ustun” + 040 “6-ustun” + 170 “6-ustun” + 230 “6-ustun”) yig‘indisi.
Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti faqatgina yil yakunlariga ko‘ra quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
| | | | | | | | | |
Ark =
|
Stf
__________
|
bunda:
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
O‘b
| | | | | | | | | | |
O‘b — balansning jami aktivi yoki passivining o‘rtacha qiymati bo‘lib, o‘rtacha arifmetik yoki o‘rtacha xronologik formula bo‘yicha hisoblangan.
Agar hisobot davri uchun rentabellik koeffitsiyenti:
noldan past (manfiy ko‘rsatkich) chiqsa, korxona zarar ko‘rib ishlayotgan;
0,05 dan past chiqsa, korxona past rentabellik (monopol korxonalardan tashqari) hisoblanadi.
8. O‘z va qisqa muddatli qarz mablag‘larining nisbat koeffitsiyenti qarz mablag‘larini o‘z manbalari orqali qaytarish bilan ta’minlanganlik darajasini belgilaydi.
Koeffitsiyent quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
| | | | | | | | | |
O‘qk =
|
P1
_______________________
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
P2 — Umm
| | | | | | | | | | | |
Agar o‘z va qisqa muddatli qarz mablag‘larining nisbat koeffitsiyenti hisobot davri so‘ngida 1 dan past qiymatga ega bo‘lsa, bu hol korxonada moliyaviy tavakkalchilik mavjudligidan guvohlik beradi.
Koeffitsiyentning tushib borishi korxona moliyaviy tavakkalchilikning oshib borishini anglatadi.
9. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish quvvatlarining yuklanish darajasini bildiruvchi ko‘rsatkichdir:
| | | | | | | | | |
Qfk =
|
Qhak.
_____________________________
|
bunda:
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Qloyiha — (Qijara + Qkonserv.)
| | | | | | | | | | |
Qhaq. — taqqoslanadigan qiymat ko‘rinishidagi hisobot davrida chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmatlar)ning haqiqiy hajmi;
Qloyiha — taqqoslanadigan qiymat ko‘rinishidagi belgilangan vaqt davomida mahsulot chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish)ning eng ko‘p hajmi, unga asosiy texnologik uskunalardan to‘liq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya qilish orqali erishish mumkin;
Qijara — ijaraga berilgan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi
mahsulot hajmlari;
Qkonserv. — konservatsiyalangan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari.
Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti hisobot davrida 0,5 dan yoki o‘rtacha tarmoqnikidan past bo‘lsa, u holda korxona ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past hisoblanadi.
10. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti asosiy fondning davr uchun eskirish ulushini bildiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, asosiy vositalarning boshlang‘ich narxiga nisbatan eskirish qiymatini aniqlaydi.
| | | | | | | | | |
Avek =
|
E
______________
|
bunda:
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
A
| | | | | | | | | | | |
E — asosiy vositalarning eskirishi, “Buxgalteriya balansi” 1-son shakl, 011-satr;
A — asosiy vositalarning birlamchi qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shakl, 010-satr.
Agar asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti ko‘rilayotgan davr oxirida 0,5 qiymatidan oshsa, korxonada asosiy vositalari sezilarli darajada eskirgan hisoblanadi.
IV. Korxonalarni guruhlar bo‘yicha ajratish
11. “Iqtisodiy qodir” guruhiga “iqtisodiy tavakkalchilik” va “iqtisodiy nochor” guruhlariga kirmaydigan korxonalar mansubdir.
12. “Iqtisodiy tavakkalchilik” guruhiga kiruvchi korxonalar III bo‘limning 5-bandida ko‘rsatilgan to‘lov qobiliyatiga ega emaslik belgilari yoki III bo‘limning 7-8-bandlarida ko‘rsatilgan past rentabellik va moliyaviy tavakkalchilik belgilari mavjudligiga qarab aniqlanadi.
13. “Iqtisodiy nochor” guruhiga kiruvchi korxonalar pullik majburiyatlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha ularni to‘lash kunidan uch oydan ortiq muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligiga qarab aniqlanadi. Bunda:
“to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega” korxonalarga
yuqoridagi shartga asosan, lekin ushbu qarzni to‘lash imkoniyatiga ega korxonalar mansub (pullik majburiyatlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha ularni to‘lash kunidan uch oydan ortiq muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari mavjud hamda to‘lov qobiliyatiga ega, rentabel yoki o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlangan korxona).
eng kam oylik ish haqining besh yuz borabaridan kam bo‘lmagan muddati o‘tgan kreditorlik qarzdorligi mavjud korxona — yuridik shaxs to‘lov qobiliyatiga ega emaslik, past rentabellik (zarar) va III bo‘limning 6-bandida ko‘rsatilgan o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanmaganlik belgilari mavjud bo‘lsa, u korxona “to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas” kichik guruhiga mansub bo‘ladi.
14. Iqtisodiy nochor korxonalar ro‘yxatiga yangi tashkil etilgan va (yoki) qayta ta’mirlanayotgan, jumladan, kredit hisobiga (boshlang‘ich davrda quvvatlarni ishga tushirguncha xarajatlar foydadan ortiq bo‘ladi) ta’mirlanayotgan korxonalar kirmaydi.
15. Ushbu hujjat bilan tasdiqlangan iqtisodiy nochorlikni belgilovchi koeffitsiyentlarning me’yoriy qiymatlari barcha tarmoqlar uchun yagona bo‘lib, Qo‘mita va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda alohida tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ularni hisoblash usuli o‘zgartirilishi mumkin.
V.
Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
2005-yil 15-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-con, 119-modda; 2013-y., 29-son, 378-modda, 48-son, 627-modda)