Litseylarda fizika



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix07.06.2020
ölçüsü4,16 Mb.
#31817
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Akademik litseylarda fizika o`qitish uslubi.Sadriddinov N


'  ;Й
Najmiddin  SADRIDDINOV 
Anvarbek  PO'LATOV
AKADEMIK
LITSEYLARDA FIZIKA 
l o Q I T I S H  
USLUBlI
(MEXANIKA)

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 
9LIY  VA  O’RTA  MAXSUS  TA’LIM 
VAZIRLIGI
Namangan  Davlat Universiteti 
Fizika  kafedrasi
Najmiddin Sadriddinov,
Anvarbek  Po’Iatov
AKADEMIK 
LITSEYLARDA FIZIKA 
O'QITISH  USLUBI
(MEXANIKA)
O'quv qo'llanma
«Namangan» nashriyoti 
2015 yil

lJO‘K:  821. 5 1 2 .1 3 3 - 9 . 
КВК:  84 (5 O'zb)  7. 
N  -  47
МилШ Паг: 
p.f.n.dots.N.Sadriddinov,  f-m.f.n.
A.A .Po’iatov,
Taqrizchiiar: 
p.f.n.  dots.  I.Zoxidov  (NamDU),  f-
m .f.n.dots.U.Boboxo’jaev  (NamDU  qoshidagi  1-akademik 
litsey direktori).
M as'ul  muharriV: 
f-m.f.n. dotsent P.J.Baymatov.
AN N O TATS1YA
Ushbu  qo'llanm ada  Akademik  litseylaming  fizika  kursida 
mexanikani  o'qitish  uslubi  ko'rib  ehiqilgan.  Unda  uslubiy 
g ’oyalar  ochib  berilgan  bo’lib,  o ’quv  materialini  o ’qitishga 
zarur uslubiy m aslahatlar berilgan.
M azkur  qo’llanma  Akademik  litseylaming  va  kasb-hunar 
kollejlarining  fizika  o ’qituvchilariga  m o’ljallangan  bo’lib, 
maktab fizika o ’qituvchilari uchun ham foydalidir.


*

etoy  posobii  rassmotreni  metodika  prepodavaniya 
m exaniki  v  kurse  fiziki  akademicheskix  litseyax.  V  ney 
raskriti  metodicheskie  idei,  dani  neobxodimie  metodicheskie 
soveti  k  prepodavaniyu  uchebnogo materiala.
Nastoyashee  posobie  prednaznachena  uchitelyam.  fiziki 
akademicheskix  litseev  i  professional’nix  kolledjax.  Ona 
polezna  i shkol’nim  uchitelyam fiziki.
ISB N  - 978-9943 - 977 -  48 - 8 
345 -  4642,5 -1 3 3 5 6 0 0   ^ 
^
©   «Namangan»  nashriyoti,  2015  yil.

SO’Z BOSHI
Mustaqil  mamlakatimiz  istiqbolini  belgilab  bergan  muhim 
davlat  hujjatlaridan  biri  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi“ 
uzluksiz  ta ’lim  tizimini  barpo  etish,  yangi  turdagi  ta’lim 
muassasalarini  tashkil  etish yangi  o ’quv  rejalari  va dasturlari, 
darsliklarini  Ьафо  etishni,  zamonaviy  didaktik  ta ’minotni 
ishlab  chiqishni  va  ularni  amalga  oshirish  omillarini  belgilab 
berdi.
Uzluksiz  ta ’limni  amalga  oshirishda  akademik  Htseylar  va 
kasb-hunar  kollejlari  alohida  o ’rinda  turadi.  Ayniqsa, 
akademik  litseylarga  iqtidorli  o ’quvchilar qabul qilinib,  ularni 
ilmiy  tomondan  ancha  mukammal  bo’lgan  dasturlar  asosida 
o ’qitiladi.
Mexanika  kursini  o ’qitish  uslubi  bo’yicha  yozilgan  ushbu 
o ’quv 
qo’llanma 
Akademik 
litsey 
va 
kasb-hunar 
kollejlarining fizika o ’qituvchilariga m o’ljallangan.
O ’quv 
q o ’llanmada 
Akademik 
litseylardagi 
dastur 
bo’yicha  o ’rganiladigan  o ’quv  materialining  o ’qitish  uslubi 
ishlab  chiqilgan.  Unda  dastur  talab  etgan  ilmiy  g ’oyalar  olib 
borilgan  bo’lib,  o ’quv  materialini  o ’qitishga  zarur  bo’lgan 
uslubiy maslahatlar berilgan.
Nazariy  xulosalarni  tasdiqlovchi  tajribalaming  jadvallari 
va 
ularni 
namoyish 
qilish 
yo’llari 
tushuntirilgan. 
O ’rganilganlarini  amalda  qo’llay  olish  va  mustahkamlash 
uchun  m asalalaryechib ko’rsatilgan.
Ushbu  o ’quv  qo’llanma  besh  bobdan  iborat  bo’lib, 
birinchi  bobda  “Kinematika”  bo’limi  ko’rib  chiqilgan.  Unda 
asosan  “T o’g’ri  chiziqli  tekis  va  notekis  harakat”,  “Aylana 
bo’ylab tekis  va  notekis  harakatlar”  Shuningdek  “Gorizontga 
burchak  ostida  va  gorizontal  otilgan  jism larning  harakati”ga 
oid  mavzularni  o ’qitish  uslublari  tushuntiriladi,  mexanik 
tushunchalaming ba’zi birlariga uslubiy tavsiyalar beriladi.
Ikkinchi  bobda  “Dinamikaning  asosiy  tushunchalari  va 
qonunlari,  tortishish  maydoni,  gravitatsion  massa,  og’irlik 
kuchi,  o ’ta  yuklanish  va  vaznsizlik,  Galileyning  nisbiylik 
printsipi” kabi mavzularni o ’qitish uslublari  bayon etilgan.
- 3   -

Uchinchi  bob  “Mexanikada  saqlanish  qonunlari  va  slatika 
element!ari”ni 
o ’qitilishiga 
bag’ishlangan 
bo’lib, 
j ism 
impulsi,  impulsning  saqlanish  qonuni,  mexanik  quvvat, 
energiya,  kinetik  va  potentsial  energiya,  mexanik  energiyani 
saqlanish 
qonuni, 
energiya 
va 
impulsning 
saqlanish 
qonunlarini  o ’rganishda  q o ’llanishi”  mavzularini  o ’qitish 
metodlari 
xaqida 
yozilgan. 
Ushbu 
bobning 
“Statika 
elementlari”  bayon  etilgan  qismida  esa  statika  kuchlar 
ta ’sirida jism ning muvozanatini,  kuchlami  qo ’shish  va ayrish, 
kuchlami  tashkil  etuvchilarga  ajratish  va  teng  ta ’sir 
etuvchisini  topish,  kuch  momentiga  oid  mavzular  hamda 
qattiq jism   muvozanatining umumiy sharti  va turlari, jism ning 
massa  markazi,  aylana  harakatning  asosiy  tenglamasi, 
inertsiya  va  impuls  momentlari,  aylanma  harakat  qilayotgan 
jism ning  kinetik  energiyasi  kabi  mavzularni  o ’qitish  uslublari 
yozilgan.
T o’rtinchi  bobda  “Gidroaerostatikani  o ’qitish  uslubi, 
suyuqlik  va  gazlarning  bosimi,  tutash  idishlar,  manometrlar, 
paskal  qonuni,  atmosfera  bosimi,  Arximed  qonuni  va  uning 
qo’llanilishi”  va  beshinchi  bobda  “Saqlanish  qonunlarini 
suyuqlik  va  gazlarning  harakatiga  qo’llanishi” lariga  oid 
o ’qitish  uslublari  bayon  etilgan.  Unda  suyuqliklar  va 
mexanikasini  o ’rganishda  saqlanish  qonunlarining  ahamiyati 
katta  ekanligini  aytib  u  yerda  eng  muhim  hodisalar  bilan 
tanishtirilib ularni  o ’qitish  uslublari  bayon etilgan.
Ushbu  akademik  litseylarning  fizika  o ’qituvchilariga 
mo’lj-allangan  o ’quv  qo ’llanma O ’zbekiston  Respublikasining 
“T a’lim  to ’g’risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi”ni  hayotga  tadbiq  etish  maqsadida  ishlab  chiqilgan 
“Akademik  litsey  va  Kasb  hunar  kollejlari  uchun  fizikadan 
davlat  ta ’limi  standarti”asosida  tuzilgan  dasturga  muvofiq 
holda yozildi.
O ’quv  qo ’llanmadan  umumiy  o ’rta  ta ’lim  maktablarining 
fizika  o ’qituvchilari,  fizika  yo’nalishlarida  tahsil  olayotgan 
yuqori  bosqich  talabaiari,  magistrantlar  ham  foydalanishlari 
mumkin.  O ’quv qo’llanma birinchi  marta chop etilayotganligi 
uchun ba’zi kamchiliklardan holi  deb bo’lmaydi.
- 4 -

M ualliflar  o ’quv  qo ’llanmaning  qo ’l  yozmasi  bilan 
tanishib  chiqib,  o ’z  maslahatlari  bilan,  uning  sifatini 
yaxshilasjida  hissa  qo’shgan  dotsent  A.Mamadaliyevga, 
fizika-matematika  fanlari  nomzodi  dotsent,  O.Usmonovga, 
fizika-matematika  fanlari  nomzodi  dotsent,  X.Qo’chqorovga, 
fizika 
matematika 
fanlari 
nomzodi, 
A.Xolmirzayevga, 
pedagogika  fanlari  nomzodi  dotsent,  Z.Jamolovalarga  o ’z 
minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Mualliflar  qo’llanma  to ’g ’risidagi  fikr  mulohazalapingizni 
ushbu  adresga yuborishingizni  so’raydilar:  indeks Namangan 
shahri,Uyehi  ko’cha-16  “Namangan  davlat  universiteti  fizika 
kafedrasi”, elektron  pochta anvarbek_P@mail.ru
Mualliflar

FIZIKA KURSIDA MEXANIKANING TUTGAN 
O ’RNI VA 
UNING O’QITILISHI
M exanika  fizikaning  tarixan  birinchi  paydo  bo’lgan 
bo’limidir.  Mexanika  taraqqiyotida  eksperimental  dalil  va 
ayrim  nazariy  fikrlam i  to ’plash  va  sistemaga  solish, 
fizikaning  boshqa  sohalaridagidan  ko’ra  tezroq  yagona 
nazariya  bilan  almashdi.  Bu  yagona  nazariya  Galiley  va 
Nyuton 
asarlari 
natijasida  paydo 
bo’ldi 
va 

turli 
mamlakatlaming olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Mexanik  xarakat-jismlaming  fazoda  va  vaqtda  bir-biriga 
nisbatan  ko’chishi  fizikada  o ’rganiladigan  harakatlaming  eng 
oddiy  formasidir.  Mexanikani,  uning  eng  muhim  tushuncha 
va  qonunlarini  o ’rganib  olmasdan  turib  issiqlik,  elektr, 
hodisalarini  ongli  o ’zlashtirish  mumkin  emas.  Mutlaqo 
ravshanki,  harakatning  murakkabroq  formalari  bo’lmish 
issiqlik, elektr, tovush, atomlarda sodir bo’ladigan xodisalarni 
o’quvchilar  mexanikada  o ’rganiladigan  eng  sodda  xarakat 
formasining  asosiy  va  eng  xarakterli  tomonlarini  o’zlashtirib 
olganlaridan  so’ng  o ’rganilishi  lozim.  Nihoyat  mexanik 
harakat  xarakatning 
sifat  tomondan 
ancha 
murakkab 
formalarida qatnashadi,  ammo  ulam ing o ’rnini  bosa olmaydi. 
Soddadan  murakkabga  degan  didaktik  prinsip  fizika  kurci 
strukturasiga  tatbiq  etilganda  fizikani  mexanikadan  boshlab 
o’rganishni talab qiladi.
Mexanikadan  olingan  m a’lumotlar fizika kursining boshqa 
bo’limlarini  o ’rganishda  mutlaqo  zarurdir.  Mexanikadagi 
tushunchalami  bilmasdan  turib  fizikani  o ’rganish  alifbeni 
o ’rganmasdan  turib  kito’b  o ’qishga  o ’rganish  bilan  bir  xil 
bo’ladi.
Xaqiqatan  xam 
issiqlik  hodisalarining  mexanizmini, 
tabiatini  o ’rganish  uchun  modda  tuzilishining  molekulyar- 
kinetik 
nazariyasida 
mexanika 
tushunchalari 
va 
qonuniyatlaridan 
m olekulalaming 
kinetik 
va 
potensial 
energiyasi, jism   impulsi (xarakat miqdori) va uning saqlanish 
qonuni,  kuchning  dinamik  talqin  qiliinshi  va  boshqalar  kabi 
tushuncha va qonuniyatlardan  keng foydalaniladi.
- 6 -

Elektr maydoni,  magnit  maydoni  va elektromagnit maydon 
xossalarini  o ’rganishda  kuch,  massa,  ish  va  energiya 
tushunchalarini  bilish kerak va hokazo.
Mexanikani 
o’rganish 
davomida 
modda 
xaqidagi 
tushuncha 
rivojlantirib 
borilib, 
fizikaning 
keyingi 
bo’limlarida  ulaming  tuziiishlari  o ’rganib  boriladi.  Lindan 
tashqari  maydon  tushunchasi  xam  kiritilib  (elektmi  o ’rganish 
vaqtida)  u xaqdagi tasavvurlar xam rivojlantirib boriladi.
Mexanik  harakatni  o ’rganish  vaqtida  bu  harakat  vaqt 
o ’tishi  bilan  fazoda yuz beradi,  degan  fikr ham  tushuntiriladi. 
M oddaning  fazoda  va  vaqtda  harakatlanishi  to ’g ’risidagi 
tasavvurlar  kursning  boshida  eng  sodda  va  k o’rgazmali 
misollarda  aniq  va  tushunarli  qilib  beriladi.  Keyinchalik 
harakatning 
murakkabroq 
formalarini 
o ’rganishda 
bu 
tasavvurlar rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi.
Mexanikani  o ’rganishda  uning  eksperimental  asoslarini 
kuchaytirish 
kerak. 
Mexanikani 
eksperiment 
asosida 
o ’rganish  quyidagilarni  ko’zda  tutadi:  asosiy  hodisalar 
tajribalarda  o ’rganiladi,  fizik  qonunlaming  chiqarilishi  ana 
shu  tajribalarga  tayanadi,  tushunchalarning  tarkib  topishi 
tajribalarga va o ’lchashlarga asoslanadi.
Mexanika  tajriba 
asosida  o ’rganilganda  o ’quvchilar 
mexanik  hodisa,  qonun,  tushunchalar  va  ulaming  tadbiq 
etilishi 
to’g ’risida 
qat’iy 
bilimlar 
oladilar. 
Umumiy 
xulosalardan  qat’iy  faktlami  ko’ra  biladigan  bo ’ladilar,  turli 
hollarda  fizik  kattaliklarning  son 
qiymatlarini 
“seza” 
biladigan  bo’ladilar.  Kuchlami  dinamometlar  bilan,  harakat 
tezligi  va  tezlanishni  ustiga  tomizgich  o ’matilgan  aravacha 
bilan  yoki  tezlikni  spidometr  bilan,  jism lam ing  aylanish 
chastotasini  taxometr  bilan  va  boshqa  fizik  kattaliklami 
qayta-qayta o ’lchash  natijasida o’quvchilarda  har-xil kuchlar, 
tezliklar,  tezlanishlar,  massalar,  aylanish  chastotalari  va  shu 
kabilami  chamalab  aniqlay  bilish  malakalari  hosil  bo’Iadi. 
Bular 
o ’quvchilaming 
mexanikadan 
olgan 
bilimlarida 
formalizmga yo’l qo’ymaydi.
Tajribadan  olingan  dalillar (faktlar)  umumiy  fizik nazariya 
bilan  maxkam  aloqada  bo ’lishini  nazarda  tutish  kerak.  Fizik 
nazariyasiz bilimlar sistemasi  bo’lishi mumkin emas.
- 7 -

Mexanikada  fizikaning  bu  bo ’limining  butun  o ’quv 
materialini  birlashtiruvchi  asosiy  fizik  nazariya  Nyuton 
dinamikasining uch qonuni va saqlanish qonunlaridir.
M exanikani  o’qitish  jarayonida  fizika  fanining  bilish 
“instrumenti”  (asbobi)  bo ’lgan  asosiy  tushunchalar  (massa, 
kuch, 
impuls, 
energiya, 
...), 
fizik 
nazariya 
(Nyuton 
qonunlari),  umumlashtirish  (butun  olam  tortishish  qonuni, 
saqlanish  qonunlar)  va  mexanik  sistemalarning  muvozanati 
bilan o ’quvchilami tanishtiriladi.
Mexanikani 
o ’qitish 
jarayonida 
o ’quvchilarning 
dunyoqarashlarini,  politexnik  bilim  va  malakalarini  to ’g’ri 
shakllantirib  boriladi.  Ular  siyosiy-g’oyaviy,  vatanparvarlik, 
baynalminal ruhida tarbiyalanadilar.
Mexanikani 
o ’rganish 
jarayonida 
o ’quvchilarning 
mantiqiy, nazariy,  ilmiy-texnik fikrlashlari rivojlanadi.
M exanik  harakatlami  o ’rganishning  turli  uslublari  mavjud 
bo’lib,  ulardan  biri  harakatni  bosib  o ’tilgan  yo’l  orqali 
tasvirlash  bo’lsa,  ikkinchisi  harakatni  radius  vektor  orqali 
tasvirlashdir. 
Maktabda 
moddiy 
nuqtaning 
o’mini 
koordinatalar 
yordamida 
(radius-vektorining 
koordinata 
o ’qlariga  proektsiyalari  orqali)  aniqlanadi.  Moddiy  nuqta 
o ’m ining o ’zgarishini ko’chish orqali aniqlanadi.
Kollej  va  litseylarda  kinematik  kattaliklaming  (ko’chish, 
tezlik,  tezlanish)  vektor  xarakterini  o ’quvchilar  yaxshi 
o ’zlashtirishlari  lozim,  chunki  u  dinamikada  harakatning 
asosiy 
qonunlarini 
o ’rganishda 
zarurdir: 
harakat 
tenglamalarini 
vektor 
ko’rinishda 
yozish 
dinamika 
masalalarini fizik mohiyatini  ochish  imkoniyatini beradi.
Harakatni 
tasvirlashda 
radius-vektorni 
vaqt 
yoki 
koordinata  funktsiyasi  sifatida  qarab  kinematik  kattaliklami 
vektor  kattaliklar  sifatida  kiritish  mumkin.  Shuning  uchun 
kollej  va  litseylarda  vetkor  kattaliklar  bilan  ishlashga  ko’p 
axamiyat  beriladi  va  xarakatni  tasvirlashda  koordinat  uslubi, 
y a’ni ikkinchi  uslub tanlanadi.
Koordinat  uslubi  sanoq  sistemasi  va harakatning  nisbiyligi 
haqidagi 
tasavvurlar 
bilan 
mustaxkam 
bog’langandir. 
Koordinat uslubdan foydalanib vektor kattaliklarni koordinata
- 8 -

o ’qlariga  proyektsiyalarini  olish  orqali  harakatni  tekislikdagi 
yoki to ’g ’ri chiziqli harkatlarga keltirib o ’rganish mumkin.
Kollej  va  litseylarda  mexanikani  koordinat  uslubida 
o ’rganish  asosiy  tushuncha va qonunlami  ta’riflashni  fandagi 
ta ’riflanishiga  yaqinlashtiradi;  fizika  bilan  matematikaning 
bog’lanishini  kuchaytiradi,  bilimni  umumlashtirish  darajasini 
ko’taradi.

I-BOB. KINEMATIKANI O’QITISH USLUBI
l-§.  Kirish  (darslari)
Kollej  va  litseylaming  fizika  kursida  kinematika  bo’limi 
birinchi 
o ’rganilib, 
unda  to ’g ’ri 
chiziqii  tekis, 
tekis 
o ’zgaruvchan  va  aylana  b o ’ylab  tekis  harakatlar  va  ulaming 
harakteristikalari  o ’rganiladi.  Avval  kinematikaning  kirish 
qismida  mexanik  harakat,  sanoq  sistemasi,  harakatning 
nisbiyligi,  fazo  va  vaqt,  harakatni  o ’rganish  bosqichlari, 
moddiy  nuqta,  traektoriya,  y o ’l  va  ko’chish,  ilgarilanma 
harakat,  vektorlar  ustida amallar ko’rib  chiqilib,  keyin  to ’g ’ri 
chiziqii  harakatni  o ’rganishga  o ’tiladi.  Bu  va  boshqa 
tushunchalar darslikda yaxshi  berilgan  bo’lishiga qaramasdan 
ulaming  ba’zi  birlariga  metodik  tavsiyalar  berib  o’tishni 
lozim topdik.
I) 
Mexanik  harakat  haqida  tushuncha  berish  vaqtida 
jism ning  harakatini  o ’rganish  uning  vaziyatini  vaqt  o ’tishi 
bilan  qanday  o ’zgarishini  bilshni  anglatilishini,  agar  bu 
o ’zgarish 
m a’lum 
bo’lsa,  jism ning 
istalgan 
paytdagi 
vaziyatini  bilish  mumkin  ekanligini,  mexanikaning  asosiy 
masalasi  ana  shundan  - jism ning  istalgan  paytdagi  vaziyatini 
aniqlashd^n 

iborat  ekanligini, 
mexanikaning  asosiy 
masalasini  hal  qilish  uchun  jism   qanday  harakat  qilishini, 
qanday  harakatda jism ning  vaziyati  vaqt  o ’tishi  bilan  qanday 
o ’zgarishini  qisqa  va  aniq  k o ’rsata  bilish  kerakligi,  y a’ni 
mexanik  xarakatni 
ifodalaydigan 
kattaliklar  o ’rtasidagi 
bog’lanishlami  aniqlash  lozimligi,  buni  esa  kinematikada 
ko’rib chiqishimizni aytib o ’tamiz.
a) 
Sanoq  sistemasi  haqidagi  tushunchani  berish  vaqtida 
quyidagilami  qo’shimcha  qilib  ketish  maqsadga  muvofiq: 
agar jism   to ’g 'ri  chiziq  bo’ylab harakat qilsa uning harakatini 
bitta  koordinata  o ’qi  yordamida  o ’rganish  mumkinligi,  agar 
jism   biror  tekislikda  harakat  qilsa  uning  harakatini  ikkita 
koordinata o ’qi yordamida o ’rganish mumkinligi;  agarda jism  
fazoda  ixtiyoriy  yo ’nalishlar  bo’ylab  harakat  qilsa  uning 
harakatini  uchta  koordinata  o ’qi  yordamida  o ’rganilishini 
aytib, misollar keltirib chizmalar yordamida tushuntiramiz.
-  1 0 -

b)Harakatning  nisbiyligini  tushuntirishda  quyidagicha 
tajribadan  foydalanish yaxshi  natija beradi:
Uzunligi  1  m  bo’lgan  4  ta  g ’ildirakka  o ’matilgan  taxtacha 
(platforma)  ustiga  aravacha(o’yinchoq  mashina)  qo’yib, 
tajriba 
stoliga 
o ’quvchilarga 
ko’rinadigan 
qilib 
joylashtiramiz.( 1 -rasm).
A ravachani 
tinch 
turgan 
taxtacha 
bo’ylab 
harakatlantiram iz  va  u  atrofdagi  jism larga  nisbatan, 
binobarin  taxtachaga  nisbatan  ham  harakat  qilayotganini, 
Shu  bilan  birga  taxtachaning  o ’zi  aravachaga  nisbatan 
harakat 
qilayotganini 
tushuntiram iz. 
Tajribadan 
k o ’ram izki,  har  qanday  harakat  nisbiydir;  jism la r  bir- 
birlariga nisbatan  harakat qiladilar.  Tinchlik ham  nisbiydir: 
Taxtacha  stolga  nisbatan  tinch  xolatda,  aravachaga 
nisbatan harakatda bo’ladi.
Sanoq  jism i  sifatida  bir  brusokni  olib,  uni  ketm a-ket 
ravishda  stolga,  taxtachaga,  aravachaga  q o ’yib,  quyidagi 
tajribalam i  qilamiz: 
1)  aravachani  taxtacha  b o ’ylab 
harakatlantiram iz  (taxtacha  stolga  nisbatan  tinch  turadi);
2)  aravachani  o ’rnidan q o ’zg ’atm ay  (ushlab turiladi),  uning 
ostidagi  taxtachani  stol  bo ’ylab  siljitam iz,  3)  ustida  tinch 
turgan  aravachasi  bilan  taxtachani  siljitam iz,  4)  taxtachani 
stol  ustida,  aravachani  taxtacha  ustida  bir  vaqtda  bir 
tom onga  xarakatlantiram iz  (siljitam iz).  Har  bir  tajribada 
brusokni 
turli 
yerlarga 
q o ’yilganda 
(yuqorida
-  11  -

aytganim izdek) 
unga 
nisbatan 
stol, 
taxtacha 
va 
aravachalam ing  harakatlarini  va  tinch  holatda  b o ’lishlari 
ko’rsatib o ’tiladi.
O ’quvchilar  bilan  suhbat orqali  ketayotgan  vagon  ichida 
yuqoridan  tushayotgan  jism   vagonga  nisbatan  to ’g ’ri 
chiziqli,  yerga  nisbatan  egri  chiziqli  harakat  qilishini; 
aylanayotgan  tam ovcha 
ichidagi 
sharchning  harakati 
tarnovga  nisbatan  to ’g ’ri  chiziqli,  Y erga  nisbatan  egri 
chiziqli harakatda b o ’lishini  chizm alar bilan aniqlaym iz.
O xirida  “harakatlam ing  nisbiyligi 
o ’quv 
fil’m i”ni 
nam oyish qilib o ’quvchilar bilim ini  m ustahkam laym iz.
d) 
Jism larning  harakat  qonunlarini  o ’rganishda  fazo  va 
vaqt  tushunchalarini  aniq  tasavvur  qilish  m uhim   aham iyat 
kasb  etadi.  M a’lumki,  ham m a  m oddiy jism la r  hajm ga  ega 
b o ’lganliklari  uchun  ular  m uayyan  joyni  egallaydi  va  bir- 
birlariga  nisbatan  qandaydir  tarzda  joylashgan  b o ’ladi. 
Jism 
o ’z 
harakati 
tufayli 
vaziyatlarini 
(o ’rinlarini) 
o ’zgartiradi.  Bu  o ’zgarish,  tabiiyki,  fazoda  sodir  bo ’ladi  va 
m a’lum  vaqt  o ralig ’ida  am alga  oshadi.  H ar  qanday 
m exanikaviy  jarayo n  biror  vaqt  oralig’ida  fazoda  sodir 
b o ’ladi.  V aqt-hodisalarning  ketm a-ket  o ’zgarish  tartibini 
ifodalaydigan  fizik  kattalikdir.  Jism lar  harakatini  fazo  va 
vaqtdan  ajralgan  holda  tasavvur  qilib  b o ’lmaydi.  Shuning 
uchun  ham  jism larning  m avjudligi  va  ulam ing  harakatlari 
fazoda va vaqt ichida sodir b o ’ladi, deb qaraladi.
N yutonning  nuqtai  nazarida  fazo  va  vaqt  m utlaqdir: 
Fazo  bir  jinsli  b o ’lib,  ham m a  yo ’nalishlarda  xususiyatlari 
bir  xildir,  vaqt  tashqi  m uhitga  va  jism   harakatiga  bog’liq 
bo’lmagan holda bir tekis o ’tadi.
Relyativistik  m exanika  vaqt  va  fazo  haqidagi  fikrni  bir 
oz  o ’zgartirish  lozim ligini  k o ’rsatadi.  N yuton  m exanikasi 
relyativistik  m exanikaning  xususiy  xoli  ekanini  (kvant 
m exanikasining  ham   xususiy  holi  ekanini)  tushuntirib 
o ’tam iz.
-  1 2 -

e)  M oddiy  nuqta  haqida  tushuncha  berayotganim izda 
o ’quvchilar  ko’rgan  va  idrok  qiladigan  m isollardan 
ko’proq  keltirish  m aqsadga  m uvofiqdir.  M asalan,  poezdni 
Toshkentdan  A ndijonga  ketayotganda  m oddiy  nuqta  deb 
qarash 
m um kinligini, 
lekin 

daryo 
k o ’prigidan 
o ’tayotganda  k o ’prikka  nisbatan  m oddiy  nuqta  deb 
b o’lmasligini,  o ’quvchi  uyida  gim nastika  qilayotganda 
m oddiy  nuqta  b o ’lm asligi,  uyidan  m aktabga  ketayotganda 
m oddiy nuqta deb qarash m um kinligi  tushuntiram iz.
f)  K o’chish  va  y o ’l  haqida  tushuncha  berilayotganda 
harakatlanayotgan 
jism ning 
boshlang'ich 
va 
oxirgi 
vaziyatlarini  o ’quvchilar  to ’g ’ri  tasavvur  qilishlari  lozim, 
aks  holda  ular jism ning  boshlang’ich  va  oxirgi  vaziyatlari 
deganda  uning  tinch  turgan  va  to ’xtagan  paytdagi 
vaziyatlarini  tushunadilar.  Harakatlanayotgan  jism ning 
harakatini  kuzatishga  boshlangan 
paytdagi  vaziyatini 
boshlang’ich 
vaziyati, 
harakatni 
kuzatishni 
tugatgan 
paytdagi 
vaziyatini 
oxirgi 
vaziyat 
deb 
yuritilishini 
chizm alar  yordam ida  tushuntiram iz  (2-rasm).  Shundan 
keyin  y o ’l  va  ko’chishini  ta ’rifini  berib,  y o ’l  skalyar, 
ko’chish  vektor kattalik ekanini  uqdiramiz.
y o ' l
- 1 3 -

g)  Vektorlar  ustida  amallami  tushuntirish  vaqtida  ulami  bir 
nuqtadan  ikkinchi  nuqtaga  ko’chirish  mumkinliginj  misollar 
yordamida ko’rsatib ketish  maqsadga muvofiqdir.  Vektorlami 
bir  nuqtadan  ikkinchi  nuqtaga  yo’nalishini  va  uzuniigini 
(miqdorini)  o ’zgartirmagan  holda  ko’chirish  mumkin.  Bir 
necha 
vektorlarni 
bir 
nuqtaga  yoki 
turli 
nuqtaiarga 
ko’chirishni chizmalar yordamida tushuntiramiz.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin