1-topshiriq. Matn o‘qing va terminlarni ajratib yozing. Ma’noli qismlarini
ajratib, tahlil qiling.
Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot
kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar
ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish
huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd
yozuvi hisoblanadi
Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv
axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi
.Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish
huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga
hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar
beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish– foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga
dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni.
Login va parolni buzish – bu buzg‘unchining biror bir maqsad
yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan foydalanish uchun
qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir.
Login va parolni o‘g‘irlash – bu foydalanuvchilarning mahfiy
ma’lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga
oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir