Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator
olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha
muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar
asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari
tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablag‘lari
(omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali
banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir
etishi bilan bog‘liqdir.
Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar
Haddan ortiq kredit ekspansiyasi.
Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo‘yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.
IINFLYATSIYA
Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo‘nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni keltirish mumkin.
Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi.
Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan.
Savdo qoidalarining buzilishi
Mazkur holat bank inqirozlarini boshidan kechirgan deyarli barcha mamlakatlarda kuzatildi. Eksport tarkibida asosiy o‘rin egallovchi moddalar bo‘yicha narxlarning keskin tushishi eksport qiluvchi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.