M. S. M. T. E. B 3-kurs Xakimova Zarnigor Milliy g’oya. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanidan seminar savollariga javoblar Savollar “Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti



Yüklə 259,64 Kb.
tarix22.06.2020
ölçüsü259,64 Kb.
#31978
Milliy g'oya seminar

M.S.M.T.E.B 3-kurs Xakimova Zarnigor Milliy g’oya. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanidan seminar savollariga javoblar Savollar 1.“Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 2.Milliy g’oya. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining zarurati. 3.Milliy g’oya. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Javoblar. 1 “Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplarini o’rgatib, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlarni yanada mustahkamlashdir. Milliy g‘oya bilan biz yoshlarni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri tushinib yetish, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor berishimiz kerak: -biz yoshlarni ongimiz va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

-“Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish; -biz yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqlimizga, fikrimizga, ezgu insoniy mafkuramizga, aniq milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatadi; -globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish; -axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish; - shu biz yoshlarni Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy maqsadi biz yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalarini, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat. Fanning vazifalari-biz talabalarga: -milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy konseptual asoslari; -milliy mafkurada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi, g‘oyalar xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri; -globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar; - milliy g‘oyaga daxldorlik hissi – barqaror taraqqiyot omili ekanligi; -milliy g‘oya targ'ibotida innovasion texnologiyalardan foydalanish haqida ilmiy nazariy bilim berishdan iborat. Strategiya - rejalashtirilgan, uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘l hisoblanadi. Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi.

Миллий ғоя:Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси фанининг асосий вазифаларига: Илм соҳаси бўлган миллий ғоя ва мафкура – ўқув фани сифатида қуйидаги асосий вазифаларни: 1) ёшларни она Ватанга садоқат руҳида тарбиялаб вояга етказиш ишларининг узлуксизлигини таъминлаш; liyёш авлодни Ватан равнақи, юрт тинчлиги, халқ фаровонлиги каби олижаноб ғоялар руҳида тарбиялаш; 3) миллий истиқлол ғоясининг Ўзбекистон тараққиѐти ва мустақиллигини мустаҳкамлашнинг мафкуравий тамойиллари тўғрисидаги яхлит назария эканини тушунтириш; 4) юксак фазилатларга эга, эзгу ғоялар билан қуролланган комил инсонларни вояга етказиш; 5) ўсиб-униб келаѐтган ѐш авлод қалби ва онгида мавкуравий иммунитет асосларини шакллантириш; 6) ёшларни ижтимоий ҳамкорлик, миллатлараро тотувлик, диний бағрикенглик ғоялари руҳида камол топтириш; 7) ёшларни жамиятимизга ѐт ва бегона, бузғунчи ва зарарли ғояларга қарши курашишга ўргатиш, уларда огоҳлик ва ҳушѐрлик кўникмалари ҳосил қилиш; 8) ёшлар ўртасида адолатсизликнинг ҳар қандай кўринишларига қарши муросасиз кураш муҳитини яратиш; 9) порахўрликни, тамагирликни, лаганбардорликни ѐшлар учун иснод деб билиш; 10) ёшларнинг коррупция элементларининг ҳар қандай кўринишларига қарши шиддатли кураш олиб бориш; 11) она Ватанга хиѐнат қилиш икки дунѐда ҳам кечирилмайдиган гуноҳ эканлигини тинимсиз равишда англатиб бориш руҳида ғоявий-мафкуравий жиҳатдан тарбиялаш кабиларни бажаради.

2. Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega yaxlit ta'limot. Buyuk davlat va jamoat arbobi birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzuintilishlarini ifodalaydi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq birinchi Prezidentimiz tomonidan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, mezon va xususiyatlari belgilab olindi. Birinchi Prezident Islom Karimovning 1998 yil “Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan “Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin”, 2000 yil “Fidokor” gazetasi muhbiri bilan savol-javoblarida “Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli ma’ruzalarida shu yili chop etilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” va boshqa bir qator asar va ma’ruzalarida milliy g‘oya asoslab berildi.

Xususan, milliy g‘oyaga quyidagicha ta'rif berish mumkin:  “Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz” “G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatadi. G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning  o‘ziga xos shakllaridan biridir.  U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi,  faoliyatga undaydi,  safarbar qiladi. G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi: 1.G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi. 2.G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi. 3.G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi. 4.G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 5.G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi. 6.G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi. G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga:  bunyodkor va vayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; aхloqiy va estetik; tarbiyaviy va hokazolarga bo‘lamiz. G‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun muhim turlaridan biri milliy g‘oyadir. 

Фанни ўрганиш зарурияти. Инсоният тарихий тараққиётининг этилганлашган даври бирон-бир жамиятнинг эзгу ғоялар ва афкурасиз ривожлана олмаслигини тасдиқлаб келмоқда. Ўзбекистон ўз миллий мустақиллигини қўлга киритгач Биринчи Президентимиз Ислом Каримов ташаббуси билан ўзбек халқи ўз олдига озод ва обод Ватан, еркин ва фаровон ҳаёт барпо етиш каби мақсадларни қўйди. Ана шу мақсадни амалга ошириш, юртимизда демократик тамойилларга асосланган жамиятни барпо етиш еҳтиёжи туғилди. Бунинг учун бизга ёт ва бегона ғоя тажовузига қарши тура оладиган, ҳар томонлама баркамол, комил инсонларни вояга етказиш, бу йўлда ғоявий, мафкуравий бўшлиқ бўлишига йўл қўймаслик, мамлакатимизнинг юксак тараққиётини таъминлаш учун миллий истиқлол мафкурасини шакллантиришни тақозо етди. Мустақилликнинг илк йилиданоқ мустабид «коммунистик ғоя»дан воз кечилди.

Ўзбекистон халқи ўз миллий ғояси негизларига таянган ҳолда ривожланиш йўлинит танлади. Бунинг ўзига хос сабаблари мавжуд бўлиб, уларни қуйидагича изоҳлаши мумкин: 1. Мустақиллик туфайли мамлакатимиз халқи ўзига хос йўлни танлаш ҳуқуқига ега бўлди. Бу халқимизнинг маънавий мероси, қадриятларини қайта тиклаш имкониятини берди. 2. «Мустабид» тоталитар тузум «коммунистик ғоя»си ўзбек халқини маънавий мероси, урф-одатлари, қадриятлари, маънавиятидан бегоналаш-тириш сиёсатини олиб борди. Эндиликда ана шу асоратлардан халос бўлиш еҳтиёжи пайдо бўлди. 3. Ҳар қандай давлат, жамият, халқ мақсадсиз яшай олмайди. У ривожланиш учун маънавий асосларни белгилаб олиши зарур. Бу мақсад халқнинг миллий-маънавий ғояларида акс этган бўлиб, миллий истиқлол ғояни ўрганиш заруриятга айланди. 4. Жамият тараққиётида турли хил ғоялар ҳукмронлик қилиб келган бўлиб, ғоявий мақсадлар туфайли ҳар хил салбий оқибатларни юзага келтирган. Ана шу ғоя билан ғоянинг, мақсад билан мақсаднинг, фикр билан фикрнинг фарқини билиш учун миллий истиқлол ғоясини ўрbirlashtiradi 5. Шахс, инсон, ижтимоий гуруҳ, қатлам, халқ, миллат, давлат мақсади, орзу интилиши, қарашлари бир-биридан фарқ қилганидек, унинг қандай мақсад ва ғоя еканлигига қараб баҳо берилади. 6. Айрим ғоялар маълум бир миллат, халқнинг мақсад, интилишларини ҳисобга олмасдан ўз ғояларини «сингдиришга» уринади, бундай ёт ёки ёвуз ғоялардан огоҳ бўлиш учун миллий истиқлол ғоясини ўрганмоқ керак. 7. Бугунги кунда дунёда мафкуравий кураш, инсон онги ва қалби учун кураш кетар екан, айрим ёт ғоялар ёшларни ўзига ром қилиб ўз шахсий манфаат йўлида фойдаланишга ҳаракат қилаётганликлари боисдан ҳам миллий истиқлол ғоясини ўрганиш заруриятга айланди. «Келажаги буюк давлат»ни барпо етиш миллий истиқлол ғоясини сингдириш орқали амалга оширилади.

3. Milliy g’oya fani barcha ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan xususan, falsafa, tarix, sotsiologiya, psixologiya, huquqshunoslik, fuqarolik jamiyati, va boshqa jtimoiy,siyosiy  fanlar bilan  uzviy  bog’liq.  Bu  fanlarning  qanday  g’oyaga  asoslanishi,  ularni  o`qitish  asosida  yoshlar  ongi  va  ishonchiga,  qalbiga  qanday  g’oyalar  singdirilishi  har  qanday  jamiyat  uchun  ahamiyatlidir.  Ayniqsa  mustabid  tuzum  davrida  bu  fanlarni  o`ta  mafkuralashtirib,  xalqlar,  mamlakatlar  va  millatlar  taqdiriga,  uning  rivojlanish  yo`li  milliy  –  madaniy  merosiga,  qadriyatlariga  ham  sinfiy “manfaatlar”, “kommunistik g’oya” talablaridan kelib chiqib yondoshilganligini aniq hisobga olish kerak. Masalan, milliy istiqlol g’oyasining tarixiy negizlarini-tarix  orqali,  falsafiy  jihatlarini-falsafiy,  iqtisodiy  asoslarini-iqtisod,  diniy  asoslarini-dinshunoslik,  adabiyot  va  san`at bilan bog’liq tomonlarini o`rganish orqali milliy g’oya kishilarning  ishonch va e`tiqodiga aylanib boradi.  Shu  ma`noda,  milliy  istiqlol  g’oyasi  bilan  bog’liq  bo`lgan  qonuniyatlarini  o`rganish  uning  o`ziga  xos  jihatlarini  o`rganish,  uning  o`ziga  xos  jihatlarini  bilish  O`zbekiston  xalqlari  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega.

Миллий ғоя:Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси фанининг гуманитар ва табиий фанлар тизимида тутган ўрни. Ғоя ва мафкура масалалари турли ижтимоий фанлар томонидан ўрганилади. Ҳар бир ижтимоий фан ғоя ва мафкуранинг у ёки бу жиҳатларини ўз предмети нуқтаи назаридан талқин этади. Миллий ғоя ва мафкура фани турли гуманитар ва ижтимоий-иқтисодий фанлар билан узвий боғлиқдир. Ушбу алоқадорлик мазкур фанлар ўрганадиган объектнинг умумийлигидан келиб чиқади. Улар ўз предмети доирасида ғоя ва мафкураларни ижтимоий ҳодиса сифатида ўрганадилар. Шу билан бирга, бу фанларнинг ҳар бири муайян хусусиятга, ўзи ўрганадиган фан соҳасига эга. Миллий ғоя ва мафкура фани ижтимоий фанлар бўлмиш фалсафа, иқтисодиѐт назарияси, социология, сиѐсатшунослик, маданиятшунослик, маънавият асослари, диншунослик, тарих каби фанлар билан ҳам боғлиқдир. Айни пайтда миллий ғоя ва мафкура фани бу фанлардан фарқ ҳам қилади. Зеро, ҳар қандай ―Фаннинг вазифаси келажагимизнинг шакли-шамойилини яратиб бериш, эртанги кунимизнинг йўналишларини, табиий қонуниятларини,унинг қандай бўлишини кўрсатиб беришдан иборатдир!


Yüklə 259,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin