Madaniy zona umurtqali hayvonlarini biologiyasi va ekologiyasi Reja



Yüklə 32,99 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü32,99 Kb.
#174582
  1   2   3   4   5   6
Madaniy zona umurtqali hayvonlarini biologiyasi va ekologiyasi


Madaniy zona umurtqali hayvonlarini biologiyasi va ekologiyasi
Reja:
1. Madaniy zona umurtqali hayvonlarini biologiyasi
2. Madaniy zona umurtqali hayvonlarini ekologiyasi
3. Hayvonlarni tabiatdagi o'rni. 


Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgizamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. U. yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlardachoʻllarda va boshqa joylarda yashaydi. Barcha U. evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, xattixarakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan. U.ning qad. ajdodlari (bosh skeletsizlar, pardalilar) dengizda yashagan. U. dastlab chuchuk suvda paydo boʻlib, evolyutsiyaning dastlabki bosqichini oʻtgan. Ular evolyutsiyasi davomida birlamchi oʻq skelet — xorda oʻrniga dastlab togʻayli, keyinroq suyakli umurtqa pogʻonasi paydo boʻlgan. Natijada suv oqimiga qarshi xarakatlana oladigan kuchli muskulatura uchun pishiq va elastik tayanch skelet vujudga kelgan. U.ning suvdan quruqlikda yashashga oʻtishi bilan ular organizmida muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Harakat organlarining faol ishlashi uchun ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, sezgi organlari va markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi (ogʻiz boʻshligʻiqiziloʻngachoshqozonichaklar)ning turli qismlaridan fermentlar ajralib, ovqatni uzluksiz parchalash imkoniyati tugʻilgan; jigar organizmda muhim kimyoviy "laboratoriya" vazifasini bajargan. U. yuragi boʻlmacha va qorinchadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Jabra yoki oʻpka orqali nafas oladi. Qadimgi U.ning chuchuk suvda yashashga oʻtishi bilan suvtuz almashinuvi birlamchi buyrak — mezonefros oʻrniga amniotalarda ikkilamchi buyrak — metanefros paydo boʻlgan. Metabolizmning gormonal boshqarilishi murakkablashgan. U.ning nerv sistemasi va sezgi organlari ishi rivojlangan. Baʼzilarida elektr va magnit sezuvchi organlar ham bor. U., odatda, ayrim jinsli, birok, germafroditizm ham uchrab turadi. Tuban U. tuxum qoʻyib, koʻpchiligi tirik bola tugʻib koʻpayadi. Yuksak U. nasliga gʻamxoʻrlik qiladi. Eng qadimgi U. qoldiklari ordovik davri chuchuk suv xavzalari yotqiziqlaridan topilgan. Sudralib yuruvchilar mezozoyda juda keng tarqalgan. Ulardan sut emizuvchilar va kushlar paydo boʻlgan. Hozir U.ning 40—45 ming turi mavjud boʻlib, 7 sinf (toʻgarak ogʻizlilartogʻayli baliqlarsuyakli baliqlarsuvda va quruqlikda yashovchilarsudralib yuruvchilarqushlar va sut emizuvchilar)ga boʻlinadi.

Yüklə 32,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin