Madaniyat tushunchasi tarixi



Yüklə 306,08 Kb.
tarix23.12.2022
ölçüsü306,08 Kb.
#77604
Madaniyat tushunchasi


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI(MAXSUS SIRTQI) FAKULTETI TARIX YO'NALISHI 2-KURS 256-GURUH TALABASI RAIMOV RAVSHANNING TARIXIY ANTROPOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI
MADANIYAT TUSHUNCHASI TARIXI
Reja:
1.Madaniyat tushunchasi.
2.Ibtidoiy san'at
3.Dinning ibtidoiy shakllari
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va maʼnaviy boyliklar majmuigina boʻlib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, yaʼni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yigʻindisi madaniyatda gavdalanadi.
«Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang maʼnolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga koʻra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» maʼnosini anglatgan. Keyinchalik «maʼrifatli boʻlish», «tarbiyali», «bilimli boʻlish» mazmunida ishlatilgan. Oʻzbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan maʼnoni bildiradi.
Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi maʼlumotlariga koʻra madaniyat hodisasiga berilgan taʼrif 164 ta boʻlsa, soʻnggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy sanʼat, xususan, gʻorlarning devorlariga turli tasvirlar chizish soʻnggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir gʻori). Oʻrta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo boʻladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga koʻtariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy sanʼatning turli namunalari topilgan.
Oʻrta Osiyoning togʻlik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga koʻra ikki xil. Bir xillari boʻyoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-oʻyib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir.
Oʻzbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Koʻksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar boʻlib, ular yuzdan ziyoddir.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) boʻlib, bu rasmlar mezolit-neolit, yaʼni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali oʻsha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning gʻoyaviy qarashlari va diniy eʼtiqodlarini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Shuni taʼkidlash joizki, ibtidoiy sanʼatning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yod-gorliklardan ibtidoiy sanʼatning juda koʻplab namunalari topilgan.
Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi boʻyoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri sanʼatining nodir namunalari hisoblanadi.
Kishilar turmush tarzidagi va jamiyat xayotidagi o'zgarishlar insoniyatning diniy ishonch, eʼtiqod maʼlum evolyutsiyaning yuz berishiga sabab bo'lgan. Ana shu asosga turli din shakllari yuzaga kelgan. Bular urug'-qabilachilik (ibtidoiy) dinlari, milliy dinlar va jahon dinlari. Shu bilan birga dinlar mazmun va mohiyatiga ko'ra politeistik (ko'pxudolik) va monoteistik (yakkaxudolik) dinlariga bo'linadi.
Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o'ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga feʼl-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarini kashf etishiga taʼsir ko'rsatdi. U ibtidoiy bo'lsa ham aqliy, fikr yurituvchi, maʼlum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalariga ega bo'lgan odam edi.
Ibtidoiy odam oʻz karindoshlarini ko'mishda maxsus marosimlar maʼlum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi. Jasadni qizil mineral bo'yoq bilan qoplar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va hakozo qo'yilar edi. Bularning bari o'z jamoa aʼzolarini dafn etayotgan jamao oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo'lganidan dalolat beradi.
Arxelogik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi g'orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan suratlarning koʻpchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, xayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjud suratlaridan iborat bo'lgan. Bu suratlar dalolat qildiki o'zlari va xayvonlar o'rtasidagi tabiiy va g'ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1.Encyclopedia of Human evolution and Prehistory. Garland publishing, Inc. A member of the Taylor& Francis Group New York & London, 2000
2.Тайлор Э. Первобытная культура. – М., Из-во политической литературы, 1989.
Кабиров А. Ибтидоий жамият тарихи. – Т., 2001.
3.Токарев С.А. Ранние формы религии и их развитие. М., 1964.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 306,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin