Madaniyatshunoslik



Yüklə 271,3 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.12.2021
ölçüsü271,3 Kb.
#48067
markaziy osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati



 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

 

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 



 

NAMANGAN  MUHANDISLIK-PEDAGOGIKA  INSTITUTI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



"Tarix"  kafedrasi

   


 

MADANIYATSHUNOSLIK”  FANIDAN 

 

 

REFERAT 



 

 

 



 

 

Bajardi:                                           



15-KT KimT-13 guruh   talabasi 

                                                                          Erkinova  Saodat 

 

 

Qabul qildi: 



Sotiboldiyev G’ayratjon 

 

 



 

 

 



 

Namangan-2015 

 

 

 



 

 

 



 


 

 

Mavzu:  Markaziy  osiyo xalqlarining  qadimgi  madaniyati 



 

REJA: 

 

1. Markaziy  Osiyodagi  qadimgi  madaniyatning  o’ziga xos xususiyatlari. 

 

2. Markaziy  Osiyo  xududidagi  ilk davlatlar  madaniyati. 



 

3. Yunon-Baqtriya  madaniyati  miqiyosida  SHarq ellinistik madaniyati. 

 

4. Kushonlar  madaniyati. 



 

5.Hulosa 

 

6.Foydalanilgan  adabiyot 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

Markaziy  Osiyo  madaniyati  jahon  madaniyati  tarixida  muhim  o’rin  tutadi.  Uning 

o’rta  asrlardagi  madaniyatiga  butun  dunyo  allaqachon  munosib  baho  bergan.  Hatto 

Baqtriya,  Marg’iyona,  Sug’d,  Parfiya,  Farg’ona,  Xorazm,  CHoch  xalqlarining  qadimgi 

madaniyati  ham  jahonni  hayratga  solmoqda.  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  qadimgi 

madaniyatini  o’rganish  o’n  yillar  ilgari  boshlangan  bo’lsada,  tadqiqotchilarning  bu 

madaniyatining  o’ziga  xosligi  va  boy  mazmuni  lol  qoldirdi.  Markaziy  Osiyo 

madaniyati  Farb  va  SHarqning  buyuk  madaniyat  elementlarini  bir  butunlikda 

uyg’unlashtirib  ifodalagan  holda  o’ziga  xos  individuallik  kasb  etadiki,  bu  xususiyat 

keyingi  taraqqiyot uchun ham negiz  bo’lib qoladi. 

I.A.Karimov  aytganlaridek,  –  «Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat 

oladigan  xalqni  yengib  bo’lmas  ekan,  biz  haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni, 

millatimizni  ana  shu  tariximiz  bilan  qurollantirishimiz  zarur.  Tarix  bilan  qurollantirish, 

yana bir bor qurollantirish zarur». 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  madaniyatining  vujudga  kelishi  sharoitlarini  belgilashda 

dastavval,  uning  jug’rofiy  o’rni  va  tabiiy  vositalariga  e’tiborni  qaratish  lozim  bo’ladi. 

Madaniyatshunoslik  har  qanday  madaniyatning  shakllanishidagi  o’ziga  xos  alfozni  joy 

manzarasi,  iqlimi,  biosfera  omillarining  ahamiyati  borligiga  alohida  e’tibor  beradi. 

Markaziy  Osiyo  mintaqasining  tabiati  turli  xilligi  bilan  katta  farq  qiladi.  Bu  yerda 

serhosil  vodiy  va  vohalar,  sersuv  daryolar,  qaqroq  cho’llar,  dashtu  adirlar,  Pomir  va 

Tangritog’ining  baland  muzofotlari  bilan  yonma-yon  joylashgan.  Bunday  xususiyat 

dehqonchilik, chorvador, tog’da yashovchi qabila va xalqlar xo’jalik tarzi va o’ziga xos 

madaniyatlarining  shakllanishi  uchun imkoniyat  yaratdi. 

«Qadimgi 

tsivilizatsiya» 

deb 


nomlangan 

risolada 

Markaziy 

Osiyo 


madaniyatining  ikki  xususiyati  ko’rsatiladi:  bir  tomondan,  turli  madaniyatlarning 

o’zaro  ta’sirida,  ikkinchi  tomondan,  qadimgi  tsivilizatsiyalarining  boshqa  o’choqlari 

bilan  yaqin  aloqada  rivojlanishi.  Bu  xususiyatlarni  batafsil  kuzatadigan  bo’lsak 

Markaziy  Osiyo madaniyatining  shakllanish  jarayonlari  yaqqol namoyon bo’ladi. 

Markaziy  Osiyoning  serhosil  vodiysi,  cho’l  va  dashti,  tog’larida  yashovchi 

aholining  turmush  sharoitidagi  farqlar  turli  xo’jaliklarning  ertaroq  paydo  bo’lishi  o’ziga 

xos  madaniyatlar  shakllanishiga  olib  keldi.  Bu  jarayon  yaqin  qo’shnichilik 

munosabatlari  asosida  sodir  bo’lib,  qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari 

tufayli  taraqqiyotning  ertaroq  boshlanishiga  imkon  yaratdi.  Eng  qadimgi  davrlardan 

dehqonchilik,  chorvachilik  va  tog’  ovchi  qabilalari  o’rtasidagi  mahsulot  ayirboshlash 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  iqtisodiyotida  katta  ahamiyatga  ega  bo’lib,  keyingi  davrlarda 

ham  u  uzoq  saqlanib  qoldi.  Turmush  tarzi  va  xo’jalik  faoliyatidagi  farqlanish  bilan 

birga  mintaqa  xalqlarining  etnik  va  tillardagi  yaqinlik  judayam  uyg’unlashib  ketganligi 

qadimgi  Yunon  va  Xitoy  manbalarida  ham  qayd  qilingan.  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 

kuchli  iqtisodiy  aloqalari,  etnik  va  til  birligi  ularning  bir-biridan  ayricha  yashashiga 

yo’l qo’ymadi. 

Natijada  qadimgi  SHarqning  klassik  madaniyati  orasida  Markaziy  Osiyo 

Qadimgi  madaniyati  ajralib,  o’ziga  xos  ko’rinishda  shakllanadi.  Dastlab,  bu 




madaniyatda  ikki  xil  madaniyat  aralashib  ketadi:  ko’chmanchilik  va  ibtidoiylik  olami 

hamda  tsivilizatsiya  olami;  bu  yerdagi  qadimgi  madaniyatlarga  xos  madaniyatlarning 

o’zaro  muloqotiga  aks  ta’sir  ko’rsatgan  «o’zining  betakrorligi»  haqidagi  tasavvur 

shakllanmoqda. 

Markaziy  Osiyoning  o’troq  dehqonchilik  va  ko’chmanchi  xalqlarida  ancha-

muncha  farqlar  bo’lishiga  qaramasdan  ilgaridan  yaqin  munosabatlar  o’rnatilgan.  Diniy 

e’tiqodlar,  urf-odatlar,  folьklor,  axloqiy  me’yorlardagi  umumiylik  madaniy 

umumiylikning  shakllanishiga  olib  kelgan.  SHuning  uchun,  bundan  keyin  Markaziy 

Osiyoning  yaxlit  madaniyatini  tashkil  qiluvchi  turli  submadaniyatlar  mavjudligi  haqida 

to’xtalish  joizdir:  Qadimgi  davlatlar  submadaniyati  (Baqtriya,  Sug’d,  Xorazm, 

Farg’ona,  Marg’iyona),  dasht  ko’chmanchilari-sak,  massaget,  da-kochchilar 

submadaniyati,  Pomir va Tangritog’ qabilalarning  submadaniyati. 

Markaziy  Osiyo  madaniyatining  o’ziga  xosligining  ikkinchi  jihati  mintaqaning 

o’ta  qulay  jug’rofiy  o’rnashganligi  bilan  bog’liq.  Mintaqa  Mesopotamiya, Hindiston va 

Xitoy  kabi  uchta  buyuk  SHarq  tsivilizatsiyasi  bilan  bevosita  chegaradosh  bo’lib,  Farb 

tsivilizatsiyasiga  xos  beshinchi-Gretsiya  va  Rim  bilan  aloqada  rivojlangan.  Bunday 

aloqalarning  muqarrarligi  tufayli  Markaziy  Osiyo  madaniyati  SHarq  va  Farb  o’rtasida 

vositachilik  missiyasini  bajarishiga  sabab  bo’ldi,  ya’ni  iqtisodiy  sohalarda  eng  avvalo 

xalqaro  savdoda  va  madaniy  sohalarda  ham  Markaziy  Osiyo  Farb  va  SHarq  o’rtasida 

bog’lovchi  ko’prik  vazifasini  bajardi.  Xususan, Markaziy Osiyo xududi orqali buddizm 

butun  dunyoga  yoyildi,  Hindiston  va  Xitoyga  ellinistik  madaniyat  ko’rinishlari  o’tdi, 

SHarqdan  Farbga  va  Farbdan  SHarqga  madaniy  boyliklar  (bilim,  diniy  g’oya, 

kashfiyot,  badiiy  asarlarning)  almashib  turishida  Markaziy  Osiyo  muhim  vositachi 

bo’lib xizmat  qiladi. 

Markaziy  Osiyo  madaniyatining  buyuk  vositachilik  missiyasi  boshqa  madaniy 

qadriyatlarini  yangilashi,  o’zlashtirish  mahorati  va  qayta  ishlash  kabi  jihatlarisiz 

bo’lmas  edi.  Bu  madaniyat qadimdanoq yangi hodisalarni o’zlashtirish va moslashtirish 

mahoratiga  ega  bo’ldi.  Garchi, boshqa qadimgi SHarq madaniyatlaridagi kabi Markaziy 

Osiyo  madaniyatida  ham  an’analar  keng  o’rin  egallasada,  ular  aytarli  xarakter  kasb 

etmaydi,  ya’niki,  uzluksiz  madaniy  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoniga  to’siq 

bo’lmaydi.  SHuningdek,  an’analarning  mustahkam  hukmronligi  tarixiy  vaziyatga  ham 

to’sqinlik  qilganligini  ta’kidlash  kerak.  Mintaqa  orqali  katta  bosqinchilik  yurishlari, 

xalqlarning  ko’chishlari  yuz  bergan  bo’lib,  bu  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  tarixi 

davomida bir necha bor madaniyatni  sezilarli  o’zgarishlarga  olib keldi. 

Afsuski,  ko’pgina  urushlar  Markaziy  Osiyo  madaniyatining  qadimgi  taraqqiyot 

davrlarining  behisob  dalillarini  yo’q  qildi.  Arxeolog  qazilma  ma’lumotlar  va  yozma 

manbalar  miloddan  avvalgi  I-ming  yillik  boshlarida  vujudga  kelgan  Markaziy 

Osiyoning  ilk  davlatlari  Baqtriya,  Sug’d  va  Xorazm  madaniyati  haqida  bir  oz 

ma’lumotlar  beradi.  Miloddan  avvalgi  VIII-VI  asrlarga  oid  Afrosiyob  (Samarqand), 

Surxondaryo  vohasidagi  Qiziltepa,  Qashqadaryo  vohasidagi  Uzunqir,  Xorazmdagi 

Ko’ziliqir  kabi  qadimgi  shaharlarda  o’tkazilgan  tadqiqotlar  murakkab  ijtimoiy  tuzilma 



va  madaniyatning  yuqori  rivojlanganligini  ko’rsatadi.  Bu  shaharlar  mudofa  devorlari  va 

suv  ta’minotidan  iborat  kuchli  istehkom  tizimiga  ega  bo’lib,  ichida  hunarmandlar 

mavzei  joylashgan.  Ayrim  shaharlarda  saroy  qoldiqlari  qal’alar  topilgan.  Qadimgi 

davlatlar  xo’jaligining  asosiy  sohasi  hisoblangan  dehqonchilik  taraqqiyotining  darajasi 

haqida  ko’p  tarmoqli  sug’orish  tizimining  mavjudligi  bunga  dalildir.  Markaziy  Osiyo 

davlatlari  Qadimgi  SHarq  mamlakatlari  bilan  yaqin  aloqalar  o’rnatgan.  Midiya  va 

Ossuriyaning  siyosiy  tarixida  faol  ishtirok  etib,  hunarmandchilik  buyumlari  va  xom 

ashyo  bilan  (lojuvard,  oltin,  mis  bilan)  savdo  sotiq  qilganlar.  Bu  haqda  Ossuriya  va 

Qadimgi  Yunon  yozma  manbalarida  gapiriladi.  Xususan,  Baqtriyaning  yirik  shaharlari, 

ko’p  sonli  aholisi  haqida  Baqtriya  shohi  Oksartning  afsonaviy  boyligi  haqida  Kgesiy 

Knidskiy  (Mil.  avv. V-IV asrlar)  yozib qoldirgan. 

Ko’chmanchi  massagetlarning  udumi  va  turmush  tarzi  haqida  mashhur  qadimgi 

Yunon  tarixchisi  Gerodot  (mil.  av.  V  asr)  yozib  qoldirgan.  U  massagetlarning  harbiy 

qurollari  (kamon-yoyi,  nayzasi,  oyboltasi)  da  oltindan  bezak  sifatida,  misdan  qurol  va 

sovut  uchun  keng  foydalanishini  ta’kidlaydi.  Gerodotning  yozishicha,  massagetlar 

yagona ma’bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar. 

Qadimgi  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  ma’naviy  madaniyati  haqidagi  bilimlarning 

bebaho manbasi «Avesto» hisoblangan. «Avesto» so’zining mazmuni umumiy izohga ega 

emas.,  ko’pincha  «Asosiy  matn»  sifatida  tarjima  qilinadi.  «Avesto»  dunyodagi  eng 

qadimgi dinlardan bo’lgan zardo’shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, 

payg’ambar Zardo’sht to’planganlarga undan va’z o’qigan. Uning hayoti davri mil. av. IX-

VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning boshqa matnlarining to’planishi ko’p asrlar 

davomida  amalga  oshirilgan.  «Avesto»ning  eng  qadimgi  matnlari  mil.  av.  II-  minginchi 

yillarga  taaluqli,  «Avesto»ning  millodiy  VII  asrga  tegishli  bo’lgan  to’plami  turli 

mazmundagi  21 kitobdan  iborat bo’lib, unda o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. 

Zardo’shtiylik  an’analariga  ko’ra  bu  yodgorlik  Ezgulik  va  Yorug’lik  xudosi 

Axuramazdaning  Zaratushtraga  vahiysi  hisoblanadi.  Biroq,  unda  qadimgi  mifologik 

tasavvurlar,  miflarning  keng  tarqalishi,  qahramonlik  epik  rivoyatlaridan  parchalar  ham 

tasvirlanadi.  SHuningdek  diniy  yo’l-yo’riq  «payg’ambar  davridan»  keyin 

zardo’shtiylikning  rivojlangan  «e’tiqod  ramzi»  yuzaga  keldi.  Hozirgacha  «Avesto»ning 

ayrim qismlari, 4 kitobi saqlanib qolgan: 

1.  Videvdat-  «Devlarga  qarshi  qonunlar»,  bu  kitobda  asosan  Zardo’sht  va 

Axuramazda o’rtasida suhbat, yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar mazmunida bo’lib, zulmat va 

yovuzlik  xudosi Axrimani  boshqaruvchi yomonlik  kuchlarini  qaytarish haqida. 

2. Visprat- «hamma hukmronlar»,  bu kitobda ibodat namozlari  to’plangan. 

3. Yasna- «Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig’inish va murojaatdan iborat. 

Yasnadagi  «Tot»lar nomli  17 bob zardo’shtning muqaddas qo’shiqlaridir. 

4.  Yasht-  «Qadrlash»,  «Hamdu  sano»  kitobi-xudolarni  sharaflovchi  qadimgi 

gimnlar  va  ezgulik  xudolariga  yovuzlikka  qarshi  kurash  yordam  beruvchi  kuchlar 

haqida.  Bundan  tashqari,  «Avesto»  majmuiga  «Kichik Avesto»  ham  mansub,  u  avesto 

tilida  yozilgan  bo’lib, ibodat kalimalari  joylashgan. 



Ko’pchilik  olimlar  Zardo’sht  yuksak  axloqiy  idealdagi  va  ishontiruvchi  fikrlari 

bilan  birinchi  haq  payg’ambar  ekanligini  taьkidlaydilar.  Zardo’sht  ta’limotiga  muvofiq 

barcha  quruqlikning  o’zgarmas  ibtidosi  Arta  bo’lib,  «Avesto»da  haqiqat,  olov  ruh 

deyiladi.  Axuramazda  tartibni  saqlovchi  osmon  xudosi  yorug’lik  va  ezgulik 

hisoblangan  (oxura-xo’jayin,  ega;  mazda-idrokli,  bilimdon).  Axuramazdaning  o’g’li  -

Atar  (olov),  uning  vatani  bulutlardan  qurilgan  suvlar,  uning  makoni-xududsiz  yog’du. 

Axuramazda  6 ta  ruhni-  yordamchilarni  yaratdi  (amesha  spenta):  ezgu  aql,  yaxshi 

tartib,  layoqatli  qudrat,  olijanob  mo’minlik,  sog’lomlik  va  boqiylik.  Unga  Axrimaning 

zulmat  qo’shini-devlar,  urushlar  timsoli,  ochlik,  kasallik,  adovat  va  boshqa  yovuz 

kuchlar  qarama-qarshi  turadi.  Olam  va  barcha  insoniyat  hayotining  asosida  ezgulik  va 

yovuzlik  o’rtasidagi azaliy  kurash yotadi. 

Zardo’sht  ta’limotining  ulug’ligi  shundaki,  u  har  bir  kishiga  tanlash  imkonini 

beradi.  Har  kim  ham Yovuzlikni  yo’q  etish  va  Ezgulikning  hukmron  bo’lishida  ishtirok 

etishi  mumkin,  bu  ishda  barcha  bir  xilda  tengdir.  SHu  tariqa  yerda  ilgari  bo’lmagan 

jannat  -  oltin  asr  tiklanadi.  Unda  sovuq,  ham  jazirama  ham,  qarilik  ham,  o’lim  ham 

bo’lmaydi.  Yovuzlik  bilan  kurashda  har  bir  kishining  asosiy  quroli  mehnat  bo’lgan. 

Zardo’shtiylik  axloqi  kishidan  kamtarin  va  halol  mehnatkash  dehqonning  barcha 

majburiyatlarini  bajarishni  talab  qilgan  (kim  g’alla  eksa,  u  haqiqat  tarqatadi.  Videvdat 

kitobining  «Dehqonchilik  fazilati  haqida»bobidan).  Fikr,  so’z  va  ishda  taqvodorlik, 

ishchanlik,  halollik,  xolislik  yuksak  axloqning  asosiy  talablari  sifatida  ko’tariladi. 

«Yasna»  kitobida  zardo’shtiylikning  e’tiqod  ramzi  haqida  deyiladiki:  «Qasam  ezgu 

fikrni,  ezgu so’zni, ezgu faoliyat  majburiyatlarini  bajarishni  talab qiladi». 

Zardo’shtiylikda  birinchi  bo’lib  esxatalogik  ta’limot  yaratilgan,  bunga  muvofiq 

jahon  tarixi  12 ming  yilni  tashkil  qiladi.  Bu  muddat  tugashi  bilan  ezgulik  va  yovuzlik 

kuchlarining  hal  qiluvchi  yovuzlik  jangi  boshlanadi.  Butun  olamni  erigan  metal  oqimi 

yo’q  qiladi,  biroq  xaloskor  Saoshьyant  halok  bo’lgan  dunyoni  va  barcha  marhumlarni 

tiriltiradi,  barcha  gunohkorlarni  do’zahdan  chiqarib  Ahuramazdaning  ideal 

hukmronligida  abadiy  hayot  kechiradi.  SHu  tariqa  zardo’shtiylikda  birinchi  bo’lib 

oxiratdagi  jazo,  marhumlarning  tirilishi  so’roq  kuni  g’oyasi  shakllanadi.  Bu  g’oyalar 

Doro  I  ning  Bexustun  yozuvida  va  Kserksning  Persepoldagi  yozuvida  ham  qayd 

qilinadi.  Zardo’shtiylik  Markaziy  va  Old  Osiyo  xududlarida  ming  yillar  davomida 

hukmron  din  bo’lib  keldi  va  shubhasiz,  bu  din  xristianlik  va  islom  kabi  jahon 

dinlarining  shakllanishida  katta  o’rin  tutdi.  Ilmiy-tarixiy,  amaliy-didaktik  qimmatga  ega 

bo’lgan,  ushbu  yilda  2700 yilligi  nishonlanadigan  buyuk  merosimiz  «Avesto»ning 

butun  ma’no  mohiyati  Inson  taqdiri,  uning  Istiqboliga  qaratilgan.  Jumladan,  Tangriga 

iltijo  va  murojaatlarda  shunday  deyiladi:  «Axuramazda  yaratgan  yaxshilik  moyasiga, 

sog’lom,  aql-hushi  tetik  farzandlarga,  jasur,  dono,  turli  tillar  biladigan  o’g’il-qizlarga, 

uzoqni  ko’ra  biladigan,  yurtni  balo-qazolardan  himoya  eta  oladigan  o’g’lonlar,  yaxshi 

kelajak,  porloq  hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan poktiynat avlodlarga olqishlar 

bo’lsin


1

                                                                 



1

 Ҳамидов  Х. Асл наслни  деб... «Халқ  сўзи» газетаси,  2000.  21 июнь. 




Markaziy  Osiyo  tsivilizatsiyasi  va  madaniyatining  mustaqil  rivojlanishi  Eron 

axmoniylari  tomonidan  birinchi  yirik  bosqinchilik  tufayli  to’xtab  qoldi.  Sug’d, 

Baqtriya,  Xorazm  mil.  av.  VI-IV  asrlarda  Ahmoniylar  davlati  tarkibiga  kirgan.  Bu 

imperiya  tarkibiga  kirishi,  yagona  boshqaruv,  qonunchilik,  pul  tizimining  o’rnatilishi, 

oromiy  yozuvning  umum  davlat  miqiyosda  qo’llanilishi.  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 

madaniyatiga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Ahmoniylar  davrida  xalqaro  savdoning 

rivojlanishi  uchun  qulay  sharoitning  vujudga  kelishi  Markaziy  Osiyo  shaharlarining 

taraqqiyotiga  muayyan  imkoniyat  yaratdi.  Ahmoniylar  hukmronligida  mamlakatlarga 

sayyohlar  va  olimlar  borishi  mumkin  bo’ldi.  Xuddi  shu  davrda  SHarq  mamlakatlariga 

Gerodot,  Demokrit  va  boshqalar  sayohat  qilgan.  Ahmoniylar  imperiyasidagi  yirik 

shaharlar-  Suza,  Persepol,  Memfis,  Nippur,  Bobilda  turli  joylardan  xususan,  Xorazm, 

Baqtriya,  Sug’ddan chiqqan kishilar,  saklarning  harbiy aholisi  yashagan. 

O’z  navbatida  mil.  av.  V  asrda  Oks  daryosining  o’ng  sohilida  Miletlik 

Yunonlarning  manzilgohi  tashkil  topadi.  SHu  tariqa  Ahmoniylar  imperiyasi  tarkibida 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  forslar,  midiyaliklar,  bobilliklar,  misrliklar,  yunonlar,  hindlar 

bilan  yaqin munosabatda bo’lish, madaniyatining  ham o’zaro ta’siriga imkon  yaratdi. 

Ahmoniylar  imperiyasi  madaniyati  ham  ko’pgina  mamlakat  xalqlari  yaratgan 

ilmiy  bilimlar,  diniy  e’tiqodlar,  san’at  yutuqlarining  sintezi  hisoblanadi.  Bu 

madaniyatga  Markaziy  Osiyo  xalqlari  ham  o’zining  hissasini  qo’shgan.  Zardo’shtiylik 

Ahmoniylarning  davlat  dini  sifatida  qabul  qilinishi  bilan  birga  Farbga  ham  keng  yoyila 

boshladi.  Ahmoniylar  san’atining  Suza  va  Persepoldagi  ulkan  yodgorligi  qurilishiga 

Markaziy  Osiyo  mintaqasidan  ko’plab  xom  ashyo  keltirilgan.  Saroylar  qurilishiga 

Baqtriyadan  oltin,  Sug’ddan  lojuvard  va  qimmatli  toshlar,  Xorazmdan  feruza  olib 

borilgan.  1877 yilda  Tojikistonning  janubidan  topilgan  Amudaryo  xazinasi  madaniy 

sintezning  yorqin  misolidir,  hazinada,  Eron  va  Baqtriyada  tayyorlangan  jihozlar-bejirim 

oltin  aravacha,  qanotli  ikkita  qirg’iy  shakli  tushirilgan  bilakuzuk  hamda  dashtliklarga 

xos  «Hayvon  shakli»  bitilgan  jihozlar  mavjud.  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  madaniyat 

munosabatlari  juda  kengaydi,  shuningdek,  madaniy  qadriyatlarning  boyishi  va  turli 

madaniyatlarning  o’zaro  ta’siri  jarayoni  esa  o’z  madaniyatlarini  juda  tez  rivojlanishi  va 

boyishiga ijobiy  ta’sir ko’rsatdi. 

Ahmoniylar  imperiyasi  va  Markaziy  Osiyo  yerlari  yunon-makedonlar  tomonidan 

bosib  olingan  Markaziy  Osiyo  madaniyatiga  ellinizm  elementlari  kirib  keldi. 

Ahmoniylar  saltanatini  yemirib  tashlagan  Yunon-Baqtriya  bosqini  Markaziy  Osiyo 

mintaqasini,  xususan  sug’d  madaniyatini  aylantirdi.  Illo,  Aleksandr  Makedonskiy 

sipoxilariga  hech  yerda  Markaziy  Osiyodagidek  qarshilik  ko’rsatilmagan  bo’lsa  kerak. 

Ozodlik  harakatini  beshavqat  mahv  etgan  Makedonskiy  yerli  aholining  ko’magiga 

muhtojligini  seza  boshladi.  Vaqt  o’tishi  bilan  u  ongli tarzda barcha etnik  to’siqlarni olib 

tashlashga,  o’z  Saltanati  hududida  turli  halqlarni  qorishib  ketishi  hamda  yagona 

madaniyat  va  til  birligini  qaror  topdirishga  urindi.  SHu  maqsadda  Maqedonskiy  o’z 

saroyida  SHarq  udumlari  va  liboslarini  joriy  etdi,  turli  etnik  guruh  vakillarining 

nikohlarini  keng  yo’lga  qo’ydi,  o’z  armiyasiga  Baqtriyalik  va  sug’dlik  qismlarni  kiritdi, 



30 mingdan  ortiq  o’g’il-bolalarga  yunoncha  tarbiya  berishga  hukm  etdi.  SHunday  qilib 

Aleksandr  Maqedonskiy  Markaziy  Osiyo  madaniyatining  ellinlashtirishni  boshlab 

berdi.  Ellinistik  jarayon  salavkiylar  davlatidan  mustaqil  bo’lgan  Parfiya  va  Yunon-

baqtriyada  o’zining  yuqori  rivoji  bilan  ajralib  turadi.  Yunon-Baqtriya  davlatida 

yunonlar  va  mahaliy  madaniyatlarning  sintezi  qisqa  vaqtda  o’zining  ijobiy  natijalarini 

berdi,  shaharlar  soni  tez  suratda  o’sdi,  dehqonchilik,  chorvachilik,  ayniqsa 

hunarmandchilik  rivojlandi.  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  Buyuk  ipak  yo’li bo’ylab o’tgan 

xalqaro  savdoning  markazi  sifatida  o’ta  muhim  o’rin  tutadi.  Diodotdan  Galpokigacha 

bo’lgan  yunon-Baqtriya  podsholari  davrida  yuksak  badiiy  saviyada  oltin,  kumush  va 

misdan  tayyorlangan  turli  qiymatdagi  tangalar  (draxma,  obol,  dixalka,  xalka)  zarb 

etildi.  Tovar-pul  munosabatlarini  o’sishida  Baqtriya  shohlarining  o’z  pullarini  zarb 

qilishi  xalqaro  savdoning  rivojiga  ijobiy  ta’sir  qilish  bilan  birga,  yuksak  badiiy  darajasi 

bilan  ham ajralib  turadi. 

Yunon-Baqtriya  davrida  Oyxonum  (SHim.  Afg’oniston),  Saksanoxur  va 

Tahtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqo’rg’on, Afrosiyob Talibarzi (O’zbekiston) 

kabi  shaharlar  qurildi.  Yunon  harbiy  manzilgohlari  aholisining  turmush  tarzi  va 

madaniyatini  aks  ettiruvchi  ellinistik  uslublar  Yunon-Baqtriya  shaharlarda  ochib 

o’rganildi.  Inshoatlar  tosh,  xom  va  pishiq  g’ishtdan  tiklangan.  Ustunlar  korinf  usulida 

ishlangan.  Saroy  va  ibodat  majmualari,  gimnaziya,  teatr  binolari  ochib  tekshirilganda 

ustunlar  attik  bazaltlar,  akant  yaproqlari,  palьmetallar,  cheti  naqshlangan  cherepitsa-

antifikslar  singari  unsurlardan  foydalangan  holda  qo’rilgan.  Mahalliy  zodagonlarning 

ellinistik  didi  monumental  va  ixcham  haykaltaroshlikni  rivojlanishiga  turtki  berdi. 

Terakot  haykalchalar  va  turli  muhrlardagi  obrazlarning  miqyosi  keng.  Unda  hosildorlik 

xudosi  Anaxit,  yunonlarning  bosh  va  mahalliy  xudolari,  fantastik  va  real  hayvonlarning 

timsollari  ifodalangan.  Haykaltaroshlik  san’ati  namunalari  kam  saqlanib  qolganligiga 

qaramay,  zarb  etilgan  yunon-baqtriya  tangalarining  orqa  tomonida  mashhur  yunon 

san’atkorlarining  rasmi  tushirilganligi  bu  yerda  yunon  haykaltaroshligi  ilmi  ta’siri  kuchli 

bo’lganligini  bildiradi.  Taxti  Sanginda  Oks  daryosining  xudosi  Marsiyaning  bronza 

haykalchasi  qo’yilgan  Mehrob  topildi. Antik  dunyoning  Markaziy  Osiyoga  kirib  kelgan 

haykaltaroshlik  san’ati kushonlar davrida yanada ravnaq topdi. 

Yunon-Baqtriya  podsholigida  teatr  san’ati  va  musiqani  rivojlanganligi  to’g’risida 

ma’lumotlar  mavjud.  Baqtriya  saroylarida  yunonistonlik  akterlar,  musiqachi  va 

raqqoslarning  guruhlari  saqlangan.  Ayniqsa,  yunon  xalq  teatrining  «maskars»,  «mim» 

singari  turlari  keng  yoyilgan.  Ularni  klassik  tragediya  va  komediyalardan  farqi 

belgilangan  matn  bo’lmagan,  yoki  matnsiz  chiqilgan,  lekin  u  yunon  tilini  bilmagan 

mahalliy  aholiga  tushunarli  bo’lgan.  Akterlar  sharoit,  tomoshabinlarning  ruhiyatiga 

ko’ra  matnlarni  o’zgartirganlar  musohaba,  xazil-mutoyiba,  hajv,  hikoya,  qo’shiq 

usullarida  ijro  etganlar.  Raqs,  musiqa,  ko’zbo’yamachilik  va  akrobatik  mashqlar  teatr 

ijrochiligining  muhim  elementlari  bo’lgan.  Hukmdorlar  homiylik  ko’rsatgan  mahalliy 

aktyorlar 

ham  shakllangan;  «Masxaraboz»  Milliy  teatrning  –«Masxaraboz» 

namunasida  hamon ellinistik  belgilar  saqlanib qolgan. 




Yunon-Baqtriya  madaniyati  sinkretizmi  (qorishiqligi)  turli  tillarni  yonma-yon 

faoliyat  ko’rsatishi,  har  xil  yozuvlar  tizimi  va  dinlarning  o’zaro  singishib  ketishida  ham 

ko’rinadi.  Eramizdan  avvalgi  III-II  asrlarda  oromiy,  yunon-baqtriya  yozuvlari  keng 

ishlatilgan,  keyingisi  yunon  alfaviti  asosida  unga  bitta  harf  qo’shib  (ja’mi  25 ta  harf) 

baqtriya  yozuvi  vujudga  kelgan  zardo’shtiylik  hukmron  din  sifatida  saqlansada  aholini 

yunon  xudolari  timsollariga  sig’inish  alomatlari  paydo  bo’lgan.  Mahalliy  aholi  nazarida 

Olimp  xudolarining  obrazlari  bilan  zardo’shtiylik  xudolarining  timsollari  -  Zevs  va 

Axuramazda,  Appolon,  CHeshos  va  Mitra,  Afodita  va  Apaxit  obrazlari  uyg’unlashib 

ketdi.  Agar  yerli  aholi  o’rtasida  Afina,  Gerakl,  Nika,  Dionis  timsollariga  sig’inish 

qanchalik  tarqalsa,  Yunonistonda  Mitra,  Oksa  (Oksho-Amudaryo),  Buyuk  onaga 

sig’inish  shuncha  tarqaldi.  Buni  Oyxonim,  Taxti  Sangan  manzilgohlaridan  topilgan  - 

tasvir  mazmunida  yunoncha  va  mahalliy  an’analar  ifodalangan  san’at  yodgorliklarida 

ham  ko’rish  mumkin.  Yunon-Baqtriya  madaniyati  odatda  SHarq  ellinistik  madaniyati 

deb  ta’kidlanadi.  Agar  ellinistik  madaniyatga  yunon  va  SHarq  madaniyati  uyg’unligi 

xos  deb  xarakterlansa,  markaziy  Osiyo  madaniyatida  mahalliy  o’ziga  xoslik,  SHarqona 

betakrorlik  ustivordir.  Ayni  shu  negizda  yunon  madaniyati  qadriyatlarini  o’ziga 

singdirgan  madaniyat  asosida keyingi  davrlar  madaniyati  yanada rivojlandi. 

Bunda  Xorazm  madaniyatini  alohida  ta’kidlash  lozim.  SHu  mintaqa 

sug’oriladigan 

dehqonchilik, 

shahar 

madaniyati 

shakllangan 

eng  qadimgi 

manzilgohlardan  bo’lib,  bu  yerda  O’zbekiston  hududidagi  qadimgi  (Eramizdan  avvalgi 

VII-VI  asrlarda)  davlat  asoslangan.  Xorazm  (Eramizdan  avvalgi  IV  asrlarda) Aleksandr 

Maqedonskiy  bosqiniga  qadar Ahmoniylar  istilosidan  ozod bo’lgan davlat, xorazmiylar 

Hindiston,  Xitoy,  Yaqin  SHarq  va  Yevropa  SHarqi  bilan  qizg’in  savdo  aloqalarini  olib 

borganlar  va  o’zlarining  hunarmandchilik  buyumlari  bilan  dong  taratganlar.  Tarixiy 

solnomalarda  xorazmliklarni  tadbirkorligi,  ishtiyoqmandligi  qayd  etilib,  ularni  «ilm 

sohiblari» deb ataganlar. 

Kanal,  qal’a,  ko’pqavatli  saroylar,  qurish  nafaqat  amaliy  malakani,  balki 

murakkab  hisob-kitob  va  o’lchovlarni  ham  talab  qilar  edi.  (Somoviy  yo’l 

ko’rsatkichlaridan  foydalanishni  bilmay  dasht-sahrolardan  o’tib  bo’lmasdan. 

Xorazmliklar  er.  I  asridan  VIII  asrigacha  o’zlari  foydalangan  maxsus  taqvim  tizimini 

yaratdilar.  Bu  taqvim  Al-Beruniyning  «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar» 

asarida  mufassal  tavsiflangan.  Uning  ma’lumotlarini  arxeologlar  tomonidan  topilgan, 

III  asrga  oid  asl  nusxa  hujjatlar  ham  tasdiqlaydi.  Beruniyning  ma’lumotiga  ko’ra, 

xorazmliklar  mustaqil  astronomik  kuzatishlar  olib  borganlar,  osmonning  yulduzlar 

xaritasini  yaxshi  bilganlar.  Binobarin,  Ko’ykirilgan  qal’ada  observatoriyaning 

qadimiyligi  (Er.  av.  III-II  asrlar  shubhasizdir.  Doira  shaklidagi,  dastlabki  diametri 

42 metrli  bu  bino  keyinchalik  8 ta  mustahkam  minoraga  ega  bo’lgan  devorlar  bilan 

o’ralib,  diametri  80 metrni  tashkil  etgan.  Ikki  qavatli  markaziy  bino  devorining  qalinligi 

7 metr  bo’lgan.  Olimlarning  tadqiqotlariga  ko’ra  Qo’yqirilgan  qal’a  astronomik 

kuzatish,  izlanishlar  olib  borilgan  ilm  qarorgohi  bo’lgan.  Binoni  noyob  qurilish  tizimi, 

xonalarni  maqsadga  muvofiq  joylanishiga  ko’ra  uni  «Xorazm  Stounxenji»  deb  atash 




mumkin.  Xorazm  madaniyatining  o’ziga  xos  rivojlanishi  keyingi  davrlarda  ham  davom 

etdi.  2000 yillar  muqaddam  Markaziy  Osiy,  SHimoliy  Hindiston,  Pokiston  va  SHarqiy 

Eron  va  yagona  davlat  hududini  tashkil  etgan.  Qudratli  Kushonlar  imperiyasi  Orol 

dengizi  bo’ylaridan  Hind  okeanigacha  yastanib,  o’sha  davrning  boshqa  uch  buyuk 

davlati-  Rim,  Parfiya  va  Xanlar  Xitoyi  bilan  birga  bir  qatorda  turdi.  Kushonlar 

imperiyasi  davri  SHarq  va  Jahon  madaniyati  rivojida  yangi  davrni  tashkil  etdi.  Kushon 

madaniyatida  qadimgi  SHarq  tipidagi  mintaqaviy  tsivilizatsiya  bilan  ellinizm 

madaniyati  an’analari,  Hindiston  ma’naviy  hayotining  nozik  qirralari  bilan  Osiyo 

kengliklaridagi  dashtliklar  olib  kelgan  o’ziga  xos  uslublar  ijodiy  uyg’unlashib  ketgan 

edi. 


Kushon  saltanatining  dastlabki  manzil  markazini  Baqtriya  tashkil  etdi. 

Iqtisodiyot  asosi  dehqonchilik  bo’lib,  murakkab  irrigatsiya  va  yirik  sug’orish 

inshootlari  barpo  etildi.  Hunarmandchilik  va  savdo-sotiqning  jadal  rivojlanishi 

shaharlarni  gurkirab  rivojlanishiga,  g’ishtlardan  bino  etilgan  qal’a  va  saroylarni 

qurilishiga  olib  keldi.  Bu  paytda  Farb  mamlakatlari,  hususan  Rim  imperiyasining 

sharqiy  viloyatlari  bilan  savdo  aloqalari  birinchi  o’ringa  chiqdi.  Kushon  podsholarining 

tangalari  Kiev  yaqinida,  Efiopiya,  Skandinaviya  va  Rim  imperiyasi  shaharlaridan 

topilgan.  Savdo  ko’riklikdagi  yo’llar  va  Hindistonning Farbidagi port-dengiz orqali olib 

borilgan.  Bu  yo’llardan  xilma-xil  buyumlar,  jumladan  Rimga  qandolat,  qimmatbaho 

toshlar,  fil  suyagi,  guruch,  zebu-ziynat  va  jihozlar  eltilgan.  Xitoydan  shoh  va  teri 

buyumlar,  Rimdan  to’qimachilik  mahsulotlari,  kiyimlar,  oyna,  qimmatbaho  metallar, 

turli  vinolar  shu  yo’l  orqali  olib  o’tilgan.  Rimning  ko’p  miqdordagi  oltin  va  kumush 

tangalari  aloqaga  kiritilgan.  O’sha  davrdayoq  savdo  sotiqning  ushbu  yirik  xalqaro 

arteriyasi  «Buyuk ipak yo’li» deb nom oldi. 

Madaniy  yuksalishning  Kushon  davri  (Er.  I-IV  asrlari)  diniy  tizimlarning  yonma-

yon  yashashi  bilan  xarakterlanadi.  Bunga  ma’lum  ma’noda  kushon podsholari, ayniqsa 

Konishka  va  Kunishka  tomonidan  diniy  aqidalarga  nisbatan  sabr-qanoat  va  ishonch-

muruvvat  bilan  yondoshilganligi  imkoniyat  yaratdi.  Kanishka  zarb  ettirgan  tangalarda 

indus,  zardo’sht,  ellinlar  xudolarining  nomi  va  tasvirlari  tushirilgan.  Adolatgo’y  Mitra 

va  hosildorlik  xudosi  Ordoxshi  qudratli  Vretragna  bilan  induslarni  SHiva,  Buddasini, 

Geshos,  Selena,  Sfapislarni  ko’rish  mumkin.  Buddizm  davlat  dini  maqomiga  ega 

bo’lishiga  qaramay,  Kushon  imperiyasi  hududida  zardo’shtlik,  jaynizm,  shivaizm, 

manixeylik,  olimp  xudolariga  sig’inish  keng  tarqalgan  edi.  Buddizmning  tarqalishi 

mahalliy  din  va  san’atlarning  tugatilishini  anglatmaydi.  Bilaks,  buddaviylikni 

Baqtriyadagi  ixlosmand  targ’ibotchilari  budda  matnlarini  shunchaki  o’zlashtirib,  uni 

sanskritdan  tarjimasi  bilan  kifoyalanmay,  ularni  o’zlariga  talqin  etdilar,  unga  qayta 

ishlov berdilar. 

Markaziy  Osiyo  buddaviylikni  butun  Osiyo-Xitoy, Yaponiya,  Koreyaga  tarqalish 

manzilgohini  tashkil  etdi.  Kushonlar  davrida  yozuvning  turli tizimlari amal qildi. Aramey 

yozuvi  asosida  kushon-baqtriya  alfaviti,  sug’d  va  xorazm  yozuvi  rivojlandi:  Surxq 

Qotalda (Afg’oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Termizdagi Qoratepa, 



Fayoztepadan  hindlarning  Brahma,  Kxoratshxa  yozuvlaridagi  bitiklar  topildi. 

Kampirtepa  esa  (Surxondaryo)  Markaziy  Osiyodagi  eng  qadimiy,  noyob  qo’lyozma 

(Eram. avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi. 

Asrimizning  boshida  Buyuk  Xitoy  devori  minoralaridan  birida  topilgan  «ko’hna 

so’g’d  yozuvi»  alohida  qiziqish  uyg’otadi.  Yozuv  eramizni  312-313 yillarida  bitilgan 

bo’lib, unda Xitoydagi so’g’d savdogarlarining faoliyati  haqida ma’lumotlar berilgan. 

Kushonlar  san’ati  qo’shni  mamlakatlar  va  xalqlar  san’atlariga  ta’sir  ko’rsatuvchi 

namunalarni  yaratdi.  Er.  I-IV  asrlardagi  badiiy  madaniyatning  asosiy  hususiyati 

Osiyoga  olamni  anglashga  ellinistik  ta’sirni  tafakkur  tarozisidan  o’tkazishdir. 

Xalchayon  (Er.  avv.  I-e.  ni  1 asrlari)  –Kushon  san’atining  ilk  yodgorliklaridan  biri 

bo’lib undan topilgan asarlarda ko’proq hukmdor Geroy Sanat ulug’langan. Qabulxona 

devorlarining  yuqori  qismidan  o’rin  olgan  loydan  ishlangan  haykallar  majmuida 

hukmdor  va  a’yonlari  tasvirlangan.  Haykal  obrazlari  ifodali  bo’lib,  unda 

tasvirlanayotgan  obrazlarning  individual  belgilari  ko’zga  tashlanib  turadi.  Unda 

tantanavor  ruhdagi  qabul  marosimi  va  jang  lavhalari  aks  ettirilgan.  Markazda  podsho 

xonadoni  va  uning  ilohiy  homiylari-Afina,  Gerakl,  Niki  obrazlari  gavdalangan. 

Dalvarzintepada  topilgan  mashhur  «shahzodaning  boshi»  hamda  tuproqqal’a 

haykallarida  ellinistik  an’analarning  kuchli  ta’siri  seziladi.  Podsholar  zalida  esa  erkak 

va  ayollarning  monumental  figuralari  qo’yilgan,  podsho  nayza  tutgan  jangchilari 

davrasida, ziyofat va bug’ular ovi ko’rinishida  tasvirlangan. 

Diniy  mazmundagi  san’at  asarlari  o’zining  rang-barangligi  bilan  ajralib  turadi. 

Dalvarzintepadagi  ikki  ibodatxonadan  topilgan  tasviriy  san’at  namunalarida  qadim 

ibodat  timsoli  buyuk  ona  xudo  obrazi  ifodalangan.  Ko’hna  Termizdagi  Qoratepa, 

Fayoztepadagi  ehromlarni buddaga daxldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu asarlarda 

SHimoliy-Farbiy  Hindistonga  xos  «gandxara  uslubi»  ustuvorlik  qilsada,  unda  mahalliy 

san’at  ustalarining  yunon  san’ati  an’analari  ta’sirida  ijod  qilganligi  sezilib  turadi. 

Baqtriya-Budda  uslubidagi  buyuk  ijod  namunasi  Ayritom  shahridagi,  eramizning  II 

asriga  oid  budda  majmui  bezaklari  bo’lib  unda  turli  etnik  tipdagi  obrazlar  galereyasi 

berilgan. 

Kushon  san’ati  Kushon  imperiyasidan  keyin  ham  ana  shu  zamonlar  turli 

ellardagi,  jumladan,  Markaziy  Osiyo,  Hindiston  va  Xitoylik  san’at  ustalari  va 

ijodkorlarini  ruhlantirib  keldi.  Kushon  san’ati  an’analari  ifodasi  Hindistondagi  Gupta 

davlatiga  xos  haykallar,  Sug’ddagi  bo’rtma  tasvir  va  bezaklar  (Panjikent,  Vuraxiva, 

Afrosiyob), SHarqiy Turkiston topilmalarida  bir-biridan  farqlanadi. 

SHunday  qilib  qadimgi  Markaziy  Osiyo  madaniyati  taraqqiyoti  mobaynida 

o’ziga  xos  an’ana  va  yutuqlarni  saqlabgina  qolmasdan,  ulkan  mintaqada  umumiy 

qadriyatlarni  vujudga  kelishi,  Yaqin  va  O’rta  SHarq  mamlakatlari  bilan  madaniy  aloqa 

munosabatlarini  rivojlantirishga  imkoniyat  yaratib  madaniy  yuksalishni  yangi  sifat 

bosqichiga  ko’tardi.  Qadimgi  Markaziy  Osiyo  madaniyatining  rivoj  nuqtasi  bo’lgan 

Kushonlar  madaniyati  hududiy  va  mazmun  jihatidan  ayro  olingan  madaniyat  emas  edi. 

U  o’zida  SHarq,  Markaziy  Osiyo, Antik dunyo va hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida 



mujassam  etib,  SHarq  va  Jahon  xalqlari  madaniyatini  yana  ravnaq  topishiga  asos 

bo’ldi. 


Markaziy  Osiyo  antik  badiiy  madaniyatining  muhim  uslubiy  xususiyatini 

san’atlar  sintezi  tashkil  etgan:  haykaltaroshlik,  tasviriy  san’at,  naqsh  bunda  umumiy 

me’morchilik  rasamadiga  va  uning  ritmiga  bo’ysungan  holda  me’morchilik  bilan 

yaxlitlikda  namoyon  bo’ladi.  Bu  sintez  Kushonlar  davrida  ham  mahalliy  madaniyatda 

o’z  ta’sirini  saqlab  qoldi.  Kushonlar  davri  Markaziy  Osiyo,  Afg’oniston,  Pokiston  va 

Hindiston  xalqlari  tarixidagina  emas,  balki  butun  dunyo  madaniyatining  taraqqiyotida 

alohida  o’rin  egallaydi.  Turli  xalqlar  madaniyatining  chatishishi  natijasida  bu  yerda 

o’ziga  xos  yangi  madaniyat  shakllandi,  shu  bilan  birga  keyingi  asrlar  madaniyatining 

taraqqiyotiga  zamin  bo’lib  xizmat  qildi.  SHarq  va  Farb  madaniyatining  o’zaro  ta’siri 

yangi  tarixiy  bosqichga  qadam  qo’ydi.  Ellin  madaniyatining  an’analari  Kushonlar 

davrida ijodiy  jihatdan  qayta shakllandi  va yangicha  talqin  qilina  boshladi. 

Kushonlar  imperiyasi  davrida  (I-III  asrlar)  Markaziy  Osiyoda  sug’orma 

dehqonchilik,  hunarmandlik,  shaharsozlik,  savdo-sotiq  va  iqtisodiy  aloqalar  ravnaq 

topdi.  Bunga  Kushon-Baqtriya  yozuvlari,  brahma  va  kharoshhi  hind  alifbosidagi 

yozuvlar,  kushon  tangalari  guvohlik  beradi.  Buddizm  dinning  rasmiy  darajasi  budda 

ibodatxonalarining  o’sha  zamon  san’ati  bilan  bezatilishida  namoyon  bo’ladi.  Termiz 

yaqinidagi  Ayritomdan  topilgan  ibodatxona  tashqi  devori  peshtoqlariga  sarg’ishroq 

toshlardan  haykallar  o’rnatilgan.  Bino  ichida  g’ishtdan  ishlangan  «Budda»  haykalining 

qoldiqlari  topilgan.  haykallarning  ishlanish  uslubi,  kiyimi,  musiqa  asboblari  Hindiston, 

O’rta  Osiyo,  Yunoniston  madaniyatlarining  o’zaro  ta’sirida  rivojlanganligidan  dalolat 

beradi.  Buni  Xorazm,  Farg’ona,  Sug’d,  Parfiyadan  topilgan turli  xil buyumlar, madaniy 

obidalar,  topilmalar  timsolida  ham  ko’rsatish  mumkin.  Kushonlar  davrida  shaharlar 

qurilishi  keng  rivojlandi.  SHaharlar  qalin  devorlar  bilan  o’ralib,  ichida  ark  va  arkning 

atrofida  har  xil  binolar  qad  ko’targan  Sopol  idishlar  nihoyatda  nafis  va  jarangdorligi 

hamda  xilma-xilligi  bilan  ajralib  turgan.  Amaliy  san’at  keng  taraqqiy  etgan.  Zeb-  ziynat 

buyumlari  mehnat  va  jang  qurollari  yasash,  mato  to’qish  rivojlangan.  Umuman, 

Kushonlar  davri  madaniyati  Markaziy  Osiyoning  eng  cho’qqisi  hisoblanib,  ma’lum 

xudud  va  zamon  bilan  chegaralanmaydi.  Bu  madaniyat  Old  Osiyo,  Markaziy  Osiyo, 

Antik  va  Hind  madaniyatlari  yutuqlarini  o’zida  jamlab,  qo’llab  SHarq  xalqlarining o’rta 

asrdagi  madaniyati  rivoji  uchun  asos  bo’ldi  va  jahon  madaniyati  tarixida  o’chmas  iz 

qoldirdi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




                        X u l o s a 

 

Gap  Markaziy  Osiyo  xalqlari  madaniyati  haqida  gap  borar  ekan,  avvalo   Markaziy 



Osiyodagi  qadimgi  madaniyatning  o’ziga  xos  xususiyatlari,  Markaziy  Osiyo 

xududidagi  ilk  davlatlar  madaniyati,  Yunon-Baqtriya  madaniyati  miqiyosida  SHarq 

ellinistik  madaniyati,  Kushonlar  madaniyatlari  to’risida  juda  ko’plab  gapirib  o’tishimiz 

mumkin. 


              Markaziy  Osiyo  madaniyatining  buyuk  vositachilik  missiyasi  boshqa  madaniy 

qadriyatlarini  yangilashi,  o’zlashtirish  mahorati  va  qayta  ishlash  kabi  jihatlarisiz 

bo’lmas  edi.  Bu  madaniyat qadimdanoq yangi hodisalarni o’zlashtirish va moslashtirish 

mahoratiga  ega  bo’ldi.  Garchi, boshqa qadimgi SHarq madaniyatlaridagi kabi Markaziy 

Osiyo  madaniyatida  ham  an’analar  keng  o’rin  egallasada,  ular  aytarli  xarakter  kasb 

etmaydi,  ya’niki,  uzluksiz  madaniy  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoniga  to’siq 

bo’lmaydi.  SHuningdek,  an’analarning  mustahkam  hukmronligi  tarixiy  vaziyatga  ham 

to’sqinlik  qilganligini  ta’kidlash  kerak.  Mintaqa  orqali  katta  bosqinchilik  yurishlari, 

xalqlarning  ko’chishlari  yuz  bergan  bo’lib,  bu  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  tarixi 

davomida bir necha bor madaniyatni  sezilarli  o’zgarishlarga  olib keldi. 

         Bizga  ma’lumki,  Yunon-Baqtriya  podsholigida  teatr  san’ati  va  musiqani 

rivojlanganligi  to’g’risida  ma’lumotlar  mavjud.  Baqtriya  saroylarida  yunonistonlik 

akterlar,  musiqachi va raqqoslarning  guruhlari  saqlangan. 

     


SHunday  qilib  qadimgi  Markaziy  Osiyo  madaniyati  taraqqiyoti  mobaynida  o’ziga 

xos  an’ana  va  yutuqlarni  saqlabgina  qolmasdan,  ulkan  mintaqada  umumiy qadriyatlarni 

vujudga  kelishi,  Yaqin  va  O’rta  SHarq  mamlakatlari  bilan  madaniy  aloqa 

munosabatlarini  rivojlantirishga  imkoniyat  yaratib  madaniy  yuksalishni  yangi  sifat 

bosqichiga  ko’tardi.  Qadimgi  Markaziy  Osiyo  madaniyatining  rivoj  nuqtasi  bo’lgan 

Kushonlar  madaniyati  hududiy  va  mazmun  jihatidan  ayro  olingan  madaniyat  emas  edi. 

U  o’zida  SHarq,  Markaziy  Osiyo, Antik dunyo va hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida 

mujassam  etib,  SHarq  va  Jahon  xalqlari  madaniyatini  yana  ravnaq  topishiga  asos 

bo’ldi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

Foydalanilgan  adabiyotlar 

 

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.  –Toshkent.: O’zbekiston, 2011y. 



2. Karimov  I.A. O’zbekiston buyuk kelajak  sari. –Toshkent.: O’zbekiston, 

1999 y. 


3. Karimov  I.A. Milliy  istiqlol  mafkurasi  – xalq e’tiqodi va buyuk 

kelajakka  ishonchdir. –Toshkent.: O’zbekiston, 2000 y. 11-jild. 

4.Karimov  I.A. O’zbek xalqi  hech qachon hech kimga  qaram bo’lmaydi. – 

Toshkent.: O’zbekiston, 2005 y 

5. Karimov  I.A. Yuksak ma’naviyat  - yengilmas  kuch – Toshkent.: Ma’naviyat 

2008 y. 


6. Karimov. I.A. Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish  va fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  kontseptsiyasi. 

Toshkent.: O’zbekiston, 2010 y. 

7. Xayrullaev  M. O’zbekistonda ijtimoiy  falsafiy  fikrlar  tarixidan.- 

Toshkent.: O’zbekiston, 1995 y. 

8.  Tulenov.  J.  G’afurov.  Z.    Mustaqillik  va  milliy  tiklanish.  Toshkent  :  “O’zbekiston”, 

1996y 

9.  Abdullaev  M  va  boshqalar/  Mustaqillik  izohli  ilmiy-ommabop  lug’at.  Toshkent  : 



Sharq, 1998y 

10. Shermuhamedov.S, Ochildiyev.  A. Madaniyat  va sivilizatsiya.  Quvasoy ,1999 

11. Abdullaev  M., Umarov E., Ochildiev  A., Madaniyatshunoslik  asoslari.  - 

Toshkent.: Turon-iqbol, 2006 y. 

12.Gulmetov  E.,  Qobuljonova  T.,  Ernazarov  SH.  Madaniyatshunoslik.  Ma’ruza-lar 

matni.  -Toshkent,2000y 



Yüklə 271,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin