Mahalliy davlat hokimiyati organlari



Yüklə 20,94 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü20,94 Kb.
#198195
Mahalliy davlat hokimiyati organlari - Vikipediya



Mahalliy davlat
hokimiyati
organlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari
(Oʻz)
- joylardagi davlat boshqaruv idoralari.
Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma
masalalarni oʻz vakolatlari doirasida
oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-
faatlarini shu hududda yashab turgan
fuqarolarning manfaatlari bilan uy-
gʻunlashtiradilar, yagona davlat


hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini
sifatida yuqori davlat organlari
qarorlarining amalga oshirilishini
taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka
erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy
anʼanalarga tayangan holda ilgʻor
mamlakatlar tajribasidagi ijobiy
tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini
tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat
hokimiyati organlari h. o. tizimini yaratdi.
Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish
sohasida bir qator qonun va rasmiy
hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
(1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat
hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil,
2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat,


tuman, shahar kengashlariga saylovlar
toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may)
kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR
Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy
davlat hokimiyati organlari h. o.
faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy
asoslari oʻz aksini topgan (99—
104moddalar). Mazkur moddalarda
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.
tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi
konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab
qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik
organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni,
tuman, shahar xalq deputatlari
kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va
Toshkent shahri xalq deputatlari
kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni


mustahkamladi va bu mahalliy davlat
hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz
ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati
organlari h. o.: qonuniylikni, huquqiy
tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini
taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy
va madaniy rivojlantirish; mahalliy
byudjetni shakllantirish va uni ijro etish,
mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash,
byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil
qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka
rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza
qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd
etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni
qabul qilish hamda OʻzR Konsti-tutsiyasi
va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy


davlat hokimiyati organlari h. o. OʻzR
qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat
hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini
amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi
kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi,
respublika va mahalliy hokimiyatga molik
masalalarni muhokama qilishda
qatnashadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.
2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari
va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy
vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-
allik asosida olib boradi. Mahalliy
kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy
shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy
vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari


saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun
vakillik organlariga har tomonlama
bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil
fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu
organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi.
1994-yil 25 dekabrda va 1999-yil 5
dekabrda Oʻzbekistondagi mahalliy
hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi.
M a halliy ijroiya organlari —
hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar
hokimlari boshchilik qiladi va u
yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib
boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar,
boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib,
ularning tuzilishi, tashkil etilishi va
faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi
tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan


belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri
ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va
shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar
Mahkamasi bilan kelishilgan holda,
tegishli xalq deputatlari kengashi
tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi
va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya
hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston
Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari
tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy
davlat hokimiyati organlari h. o.
toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi.
Xalq deputatlari kengashlari va hokim
munosabatlarini tartibga soluvchi
huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi
muhim masalalar, muammolarni hal
qilishda maslahatlashish uchun hokimlar


huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin
bunday maslahat kengashlari tuzilishi
hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik
prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya
hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat
boshqaruvining yuqori organlari bilan
kelishilgan holda va hokimning taqdimiga
binoan, tegishli xalq deputatlari
kengashlari sessiyalarida lavozimiga
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Mahalliy vakillik organlari va hokimlar
qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va
qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim
tomonidan qabul qilingan hujjatlar
ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
sudga shikoyat qilishlari mumkin.

Yüklə 20,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin