Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/12
tarix25.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#70586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qishloq Qurilish Bank ATB hisobot


___ ___ ___2022y.
______________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH” KAFEDRASI



_____________________” BAKALAVRIAT
TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
H I S O B O T I


Bajardi:EK-59 guruh talabasi
Turmatov Islom
Rahbar: ________________

Toshkent-2022
Reja:
Kirish .
1. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filiali faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish.
2. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filiali faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish .
3. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filiali moliyaviy hisobotlari bilan tanishish.
4. “Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filialining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish.
Xulosa .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Men Turmatov Islom 2022-yil 6-iyun kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida biriktirilgan amaliyot rahbarim tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni «Qishloq Qurilish Bank” ATB Qumqo’rg’on tumani mintaqaviy filialiga yetib keldim. Amaliyotning dastlabki uch kunligida “Qishloq Qurilish Bank” faoliyati, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim. Amaliyotning to’rtinchi kunida “ijro nazorati” bo’limining ish faoliyati bilan tanishdim va amaliyotimning qolgan kunini ushbu bo’limda o’tadim. Ushbu bo’limda amaliyotni o’tash davrida bankning barcha hujjatlarini, fuqarolardan kelgan murojaatlarni hamda ularga javob yozishni va bankning normativ-huquqiy hujjatlarini o’rgandim. Qolaversa mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda bankdagi ish tizimini o’rgandim va bajargan ishlarimni amaliyot kundaligimda qayd etdim.
Ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyos.
Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin