“Maktabgacha musiqiy estetik ta`lim nazariyasi va metodikasi”
15- bilet
1. Musiqa mashgulotlarida musiqa rahbari bilan birgalikda tarbiyachi ham ishtirok etishi shart. Chunki bolalar o`qish yozishni bilmaganligi uchun o`tilgan materiallarni keyingi mashgulotgacha takrorlay olmaydi. Musiqa rahbari tadbir se`nariylarini tarbiyachi bilan birgalikda ko`rib chiqadi va tayyorgarlik ko`radi. Mashgulotlarda yaxshi o`zlashtira olmagan bolalar bilan yakka tartibda shugullanadi. Agarda tilida nuqsonlik bo`lsa defektolog bilan hamkorlikda ishlaydi. Tarbiyasi og`ir bolalar bilan psixolog yordamida ishlaydi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axliqiy-estetik tarbiyalashda qo`g`irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish –bolalarning iqtidori , obyektiv borliq haqidagi tasavvuri dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. Qo`g`irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolaning yosh va bilim saviyasiga mos bo`lsa bolada butun vujudi bilan ko`rish va unga nisbatan qiziqish paydo bo`ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish, ularning qo`g`irchoq o`yinlarini tashkil qilishda quyidagilar maqsad qilib olinadi:
1 Bolalar uchun ijodkorlik, faollikni ta`minlovchi shart-sharoitlar yaratish;
2 Teatr ko`rish odobiga o`rgatish;
3 Teatr tomoshalari jaroyonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishidagi uzviylikni ta`minlash;
4 Xalq yaratgan merosimizga bo`lgan muhabbat hissini uyg`otish
3. Kichik guruh bolalarinig diqqati uncha barqaror bo`lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok etishga qobil bo`ladilar. Mashgulotning musiqa tinhlash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: - bolalarni o`z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib boorish; -bolalarning musiqani idrok qilish qobiliyatlarini rivojlantirib boorish;
Asarni 2, 3 mashg`ulotda tinglashi shart. Chunki, har tinglashda bola uchun asarning yangi qirralari namoyyon bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |