Ma’lumotlarni boshqarish t



Yüklə 142,87 Kb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü142,87 Kb.
#105865
  1   2



Ma’lumotlarni boshqarish tizimi, quyidagi xossalarga ega:
Ma’lumotlarni uch hil ko’rinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli). Ierarxik tizim jadvalardan tashkil topgan bo’lib unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko’rib» chiqiladi. Ierarxik tizimda elementlarning joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali hususiyatga ega bo’ladi. kerakli elementi tanlash ma’lum ketma-ketlikka olib boradi. Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi. Ma’lumotlarning ierarxik modeliga mos xolda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning ierarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning ierarxik tizimni yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborining boshqarishning ierarxik tizimi deyiladi. Ilovada keltirilgan misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin. Ierarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan maxsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi sathda joylashgan maxsulot turini izlashda kerak bo’ladi. ikkinchi va uchinchi sathdagi jadvalda esa har bir maxsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborining ierarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi. Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o’rtasida ko’p yo’nalishli aloqalarni o’rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl) ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Bir pog’onadagi ma’lumotlarni boshqa pog’onadagi ma’lumotdan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi. Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchuni yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi. Relyatsion tizim. 1970 yili IBM firmasining xodimi Ye.F. Kodd tomonidan taklif etilgan bo’lib hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan tizim hisoblanadi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog’lanishlarni amalga oshirish. Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos hold yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi. Ma’lumotlarning relyatsion tizimni yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborining boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi. Ma’lumotlarning jadval ko’rinishdagi saqlanishdagiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.



Yüklə 142,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin