Mamlakat xavfsizligi va mudofa salohiyati



Yüklə 23,05 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü23,05 Kb.
#115919
Mamlakat xavfsizligi va mudofa salohiyati


Mamlakat xavfsizligi va mudofa salohiyati

Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini har tomonlama mustahkamlash hududlarimiz daxlsizligi, jamiyatimizdagi xavfsizlik va barqarorlik, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashning eng muhim sharti va kafolati ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz.


Markaziy Osiyo Mintaqasida va butun butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda bu masalalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shuni inobatga olgan holda, biz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning dastlabki davridayoq tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashni faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab oldik. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, bu boradagi vazifalar turkumiga quyidagilar kiritildi:
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
Zaxborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;
fuqarolar, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
atrof-tabiiy muhit, aholi sogʻligʻi va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish, Mazkur vazifalarni roʻyobga chiqarishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida keyingi yillarda bir qancha qaror va farmonlar, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan milliy armiyamiz shakllantirildi. Aynan milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga oshirish yoʻlida ishonchli kafolat boʻlib kelmoqda.
Bugungi kunda harbiy boshqaruvning samarali tizimi shakllantirildi, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta koʻrib chiqildi, qoʻshinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha oʻta muhim loyihalar amalga oshirildi. Qurolli Kuchlar tarkibida turli qoʻshinlarning oʻzaro muvofiq holda va hamkorlikda harakat qilishini taʼminlash yoʻlida muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Tariximizda birinchi marta oʻz mohiyatiga koʻra noyob harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. Bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berdi. Eng muhimi, u “Armiya bir tanu bir jondir” degan hal qiluvchi tamoyilni amalda taʼminlashga xizmat qilmoqda. Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi prinsipial jihatdan mutlaqo Yangi asosga oʻtkazildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy ofitser kadrlar yurtimizdagi harbiy xizmatchilar umumiy sonining atigi 0,6 foizini tashkil etardi. Ofitserlarni tayyorlash esa uchta harbiy bilim yurtida va bor-yoʻgʻi uchta harbiy mutaxassislik boʻyicha olib borilar edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qoʻshimcha ravishda yangi, zamonaviy harbiy taʼlim muassasalari tashkil etildi, kursantlarni oʻqitish tizimi esa koʻp tarmoqli asosda yoʻlga qoʻyildi. Yuqori boʻgʻin qoʻmondonlik ofitserlarini tayyorlash hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha eng zarur vazifalar samarali hal etilmoqda. Bu borada, ayniqsa, Qurolli Kuchlar akademiyasi gʻoyat muhim oʻrin egallab kelmoqda.
Shuningdek, armiyaning asosiy boʻlgan serjantlar korpusini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ilgʻor xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan Serjantlar tayyorlash maktablarida taʼlim 26 ta yoʻnalish va mutaxassislik boʻyicha olib borilmoqda.
fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga tizimini isloh qilish boʻyicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Muddatli xarbiy xizmat bir yil etib belgilandi, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, oziq-ovqat taʼminoti tubdan yaxshilandi. Muddatli harbiy xizmatni oʻtab, rezervga boʻshatilgan yoshlarning ishga joylashishi va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishi bilan bogʻliq imtiyozlar tizimi belgilandi. Bularning barchasi harbiy jamoalarda
maʼnaviy-axloqiy muhit shakllanib, yoshlar oʻrtasida harbiy xizmatning nufuzi keskin oshishida muhim omil boʻldi. Ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida fuqarolarning safarbarlik chaqiruv rezervi shaklidagi harbiy xizmatni oʻtashini nazarda tutadigan oʻziga xos noyob tizim yaratildi. Bu tizimda yoshlar nafaqat zarur harbiy tayyorgarlikdan oʻtadi, balki jismoniy va maʼnaviy jihatdan chiniqadi. Ular oʻzlarining fuqarolik masʼuliyati, Vatan himoyachisi sifatidagi muqaddas yigitlik burchini chuqur anglab, oʻz yurtiga fidoyi inson boʻlib yetishadi.
Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab oʻgʻlonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yoʻlda erishgan eng katta yutugʻimizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz gʻurur bilan, minnatdorlik bilan eʼtirof etmoqda. Hozirgi kunda onalar, bir vaqtlar boʻlgani kabi, oʻz farzandlarini armiyaga koʻzda yosh, yurakda xavotir bilan emas, balki mening oʻgʻlim haqiqiy Vatan himoyachisi boʻladi deb, yuksak ishonch va faxr tuygʻusi bilan ayniqsa, keyingi yillarda olib borilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali kuchga aylanib bormoqda.
Albatta, koronavirus pandemiyasi tufayli oʻtgan 2020-yil jahondagi barcha davlatlar qatori mamlakatimiz uchun ham jiddiy sinovlar yili boʻldi. Ana shunday gʻoyat keskin sharoitda Qurolli Kuchlarimiz Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Millatning dardiga darmon boʻlmoq – chin vazifangizdur”, degan ezgu daʼvatini oʻziga shior qilib oldi. Ular xalqimizga yanada yaqin boʻlib, safarbarlikni oshirib, qisqa muddatlarda oʻz oldiga qoʻyilgan muhim vazifalarni munosib ado etganini barchamiz cheksiz minnatdorlik bilan qayd etamiz. Ayniqsa, bu jarayonda harbiy shifokor va xizmatchilarimiz, huquq-tartibot organlari va qutqaruv xizmati xodimlari haqiqiy mardlik va jasorat namunasini, yuqori kasbiy mahoratni namoyon etganlari alohida tahsin va eʼtirofga sazovordir. Bunday murakkab vaziyatda Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasining tashkil etilgani harbiylar va ularning oilalari salomatligi va hayotini muhofaza qilish borasida oldimizga qoʻyilgan dolzarb vazifalarni tezkor va samarali hal etish imkonini beradi. Mintaqamizda yagona boʻlgan ushbu yangi akademiya harbiy tibbiyot sohasida, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadigan yuqori malakali va ixtisoslashgan kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Akademiyada jahon andozalariga Innovatsion ishlanmalar hamda ilgʻor texnologiyalarga asoslangan oʻquv-laboratoriya xonalari va eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratilmoqda.
Mintaqamizda OCHIQLIK va milliy manfaatlarni oʻzaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan siyosatni amalga oshirish doirasida Qurolli Kuchlarimiz Markaziy Osiyo va dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi hamkasblari bilan yaqin sheriklik aloqalarini oʻrnatdi va mustahkamlamoqda. Soʻnggi yillarda biz bir qator qoʻshma oʻquv mashgʻulotlarini birgalikda oʻtkazdik. Shuningdek, yuqori darajadagi harbiy delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etdik, tezkor va jangovar tayyorgarlik borasida tajriba almashdik. Bizning tobora kuchayib borayotgan bunday hamkorligimiz bugungi kunda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni, Markaziy Osiyo deb atalmish umumiy uyimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning muhim omiliga aylanib bormoqda. Dunyodagi standartlar darajasida tashkil etilgan uzluksiz harbiy taʼlim tizimi izchil rivojlanmoqda. Hozirgi paytda yangidan tuzilgan, mohiyat eʼtibori bilan noyob boʻlgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari aloqa harbiy instituti mamlakatimizdagi zamonaviy oliy taʼlim muassasalari qatoridan munosib.
Yüklə 23,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin