Ma’naviyatshunoslik



Yüklə 63,7 Kb.
səhifə1/11
tarix20.11.2023
ölçüsü63,7 Kb.
#163058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-мавзу маъруза (2)


1-Mavzu: “Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
Reja:

  1. “Ma’naviyatshunoslik” fanining shakllanishi va rivojlanishi

  2. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  3. Ma’naviyatning asosiy kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari.

  4. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni“Ma’naviyatshunoslik" fanining ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o’rni.



Tayanch iboralar: ma’naviyat, qadriyat, insonparvarlik (gumanizm), ma’rifatparvarlik, adolatparvarlik, fidoyilik, vatanparvarlik, jasurlik. komil inson, orif inson, fozil inson, adolatparvar inson, ma’rifatparvar inson, irodali inson, fidoiy inson, imonli inson.


1. “Ma’naviyat asoslari” fanining shakllanishi va rivojlanishi

Ma’naviyat borki, inson – hayvondan, jamiyat – tabiatdan sifat jihatdan farq qiladi. Xalqni xalq qiladigan ham, millatni dunyoga tanitadigan ham, odamni Shaxs etadigan ham – ma’naviyatdir.


Ma’naviyat sobiq sho‘rolar tuzumi sharoitida mustaqil mavzu sifatida o‘rganilmay kelingan edi. U madaniyat bilan bir xil ma’noni anglatish yo‘nalishida, ayrim adabiyotlarda esa ularni o‘zaro aralashtirib yuborilgan xolatda qarab kelingan. Natijada barcha lug‘atlarda ham “ma’naviyat” tushunchasiga aniq va mustaqil ta’rif uchramaydi. Buning asosiy sababi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ma’naviyat inson ichki botiniy ruhiyati bilan borliq bo‘lib, totalitar tuzum insonning ichki botiniy ruhiyatini rivojlantirish, uning o‘z-o‘zini anglashi, erkin fikrlash qobiliyatini o‘zgarishidan manfaatdor bo‘lmagan. Aksincha, uni tuzumga itoatkor, uning jirkanch manfaatlarini hech ikkilanmasdan bajaradigan va dunyoqarashi mute’ bo‘lgan shaxslarni tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilangan edi.
Shu munosabat bilan 1997-yildan boshlab mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida “Ma’naviyat asoslari” fani o‘qitila boshlandi va bu mavzuga olimlarimizning e’tibori yanada kuchaydi.
Sobiq sho‘rolar davrida e’lon qilingan ilmiy va badiiy adabiyotlarda “ma’naviyat” madaniyat tushunchasining ajralmas bo‘lagi sifatida tahlil qilinib kelingan.
Bu olimlar yoki ijodkorlarning ma’naviyat masalasini “tushunmaganlari” uchun emas, balki, davlat siyosatida insonning ichki dunyosi va ruhiyati salohiyatini yuzaga chiqarish uning jamiyat hayotida faol bo‘lishiga, millat manfaatlarini himoya qilishga va uning yetuk millat vakili sifatida shakllanishidan davlat manfaatdor emasligida edi1.

Yüklə 63,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin