Maqsad: Talabalarda massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish, dasturlashtirish va testlash ko‘nikmasini hosil qilish. Laboratoriya ishini bajarish uchun zarur jihozlar



Yüklə 56,54 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü56,54 Kb.
#46933
  1   2   3
1-laboratoriya ishi


1-laboratoriya ishi. Massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish va dasturlashtirish.

Maqsad: Talabalarda massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish, dasturlashtirish va testlash ko‘nikmasini hosil qilish.

Laboratoriya ishini bajarish uchun zarur jihozlar. Zarur dasturiy ta’minot (C++ dasturlash tili kompilyatori, matn muharriri) o‘rnatilgan personal kompyuter, laboratoriya ishini bajarish bo‘yicha (ushbu) uslubiy ko‘rsatma

Zarur nazariy ma’lumotlar.


Ushbu laboratoriya ishi massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish, psevdokod va blok-sxema ko‘rinishida ifodalash, dasturlashtirish va testlash malakalarini egallashga bag‘ishlangan. Ushbu laboratoriya ishlari oldingi ( birinchi) laboratoriya ishiga nisbatan murakkab bo‘lib, ichma-ich sikllardan foydalanish talab etiladi.

Massiv va uni aniqlash. Massiv elementlariga murojaat qilish. Bir hil tipdagi miqdorlar ustida biror amalni (amallar ketma-ketligini) bajarish talab etilganda massivlardan foydalaniladi. Shuni aytish kerakki agar ushbu miqdorlarning har biriga dastur ishi davomida faqat bir marta murojaat qilinsa, unda bunday masalalarni massivlardan foydalanmasdan ham ishlab chiqish mumkin. Masalan sonlar ketma-ketligning maksimumi, minimumi, yig‘indisi yoki o‘rta arifmetigini topish talab etilsa, massivdan foydalanish shart emas, chunki bunjay masalalarda har bir miqdorga bir marta murojaat kilish yetarli. Lekin berilgan miqdorlar ketma-ketligida nechta miqdor ularning o‘rta arifmetik qiymatidan katta ekanligini aniqlash uchun massivdan foydalanish zarur, chunki o‘rta arifmetik miqdor hisoblab topilgandan so‘ng o‘rta arifmetik miqdordan katta sonlarni aniqlash uchun miqdorlarga yana bir marta murojaat qilish zarur.

Massiv – bir tipga tegishli miqdorlarning nomerlangan ketma-ketligi bo‘lib, massivning har bir elementiga murojaat qilish uchun massivning nomi, shu elementning ketma-ketlikdagi nomeri (indeksdan) foydalaniladi. Massiv elementlari kompilyator tomonidan xotirada ketma-ket joylashtiriladi va shu sababli uning biror elementiga murojaat qilishda, massivning boshlanish adresi va element nomerini bilish yetarli. C++ tilida massiv quyidagicha e’lon qilinadi


int A[10];

Yuqoridagi misolda 10 butun tipdagi sondan tashkil topgan massiv e’lon qilingan. C++ tilida massiv elementlari 0 dan boshlab indekslanadi. Demak massivda 10 element mavjud bo‘lsa, birinchi elementning nomeri 0 va oxirgi elementning nomeri 9 ga teng bo‘ladi.



XOTIRA



1620

1624

1628

1632

1636

1640

1644

1648

1652

1656

1660

1664

1672

1676



Massiv indeksi







0

1

2

3

4

5

6

7

8

9













Massiv qiymati







8

13

24

6

-8

19

31

-13

66

105













Keltirilgan rasmda A massivning xotirada joylashishining mumkin bo‘lgan holatlaridan biri keltirilgan. Massiv elementlarini joylashtirish 1624 – adresdan boshlanadi, har bir element butun tipda bo‘lgani uchun xotirada 4 baytdan joy egallaydi, shu sababli butun massiv 40 bayt joyni band qiladi. 0 – indeksli element 1624, 1625, 1626, 1627 baytlarni egallaydi, 1 – element 1628 baytdan boshlab 4 ta ketma-ket baytni egallaydi va xakozo. Eng oxirgi 9 – indeksli element xotirada 1660 baytdan boshlab joylashtiriladi va 1660, 1661, 1662 hamda 1663 baytlarni egallaydi. 1664 baytdan boshlab xotida boshqa o‘zgaruvchilar uchun ajratilishi mumkin. Kompilyator massivning ixtiyoriy element adresini quyidagi formula asosida aniqlaydi:

Bu yerda massining boshlanish adresi keltirilgan misolda 1624 ga teng, shuning funksiyasi tipning uzunligini (aniqrog‘i shu tipga tegishli qiymatlarning xotirada egallaydigan joyini) aniqlaydi, int tipi uchun bu 4 baytni tashkil etadi. Masalan 7 elementning adresi yuqoridagi formulaga ko‘ra




Umumiy holda agar A massiv


anytype A[N];


yuqoridagi formula quyidagicha yoziladi:



Keltirilgan xususiyatlar massivni bir hil tipdagi va bir hir tarzda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni saqlash uchun ajoyib vositaga aylantiriladi.

Massiv elementiga murojaat qilish uchun indeks qiymati sifatida istalgan manfiy bo‘lmagan (ishorasiz) butun tipdagi miqdordan (hususan, sondan, butun tipdagi o‘zgaruvchidan, butun tipdagi qiymatni qaytaruvchi arifmetik ifoda yoki funksiyadan) foydalanish mumkin.


Yüklə 56,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin