Markaziy Osiyoda faoliyati kuzatilgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar



Yüklə 30,01 Kb.
tarix15.07.2022
ölçüsü30,01 Kb.
#62778
Markaziy Osiyoda faoliyati kuzatilgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar - ref


Markaziy Osiyoda faoliyati kuzatilgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar

Ma’lumki, o‘tgan asrning 80-yillarida Afg‘oniston diniy ekstremizm va fundamentalizmning yirik o‘chog‘iga aylandi. 1998-yili Afg‘onistonda “al-Qoida” guruhi yetakchiligida “al-Jamoa al-Islomiyya”, “al-Jihod” (Misr), “Jamaati ulame Pokiston’’, “Kashmir qo‘zg‘olonchilik harakati’’(Hindiston), “Jihod’’(Bangladesh) tashkilotlari va “Tolibon” harakati a’zolari iborat “Yahudiy va salbchilarga qarshi xalqaro islom fronti” uyushmasi tuzildi. Diniy ekstremizmning Markaziy Osiyoga kirib kelishida aynan Afg‘oniston darvoza vazifasini o‘tadi.
 Diniy ekstremizmjamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish, o‘z g‘oyalarini murosasozsizlik va mutaassiblik bilan targ’ib qilishni anglatadi.  
 Terrorizm muayyan siyosiy maqsadlarda,jamiyatda barqarorlik keltirib chiqarish hamda aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish uchun zo’ravonlik ishlatish yoki zo’ravonlik ishlatish bilan qo’rqitishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. Terrorizm beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimyatini egallash maqsadida qo’llaniladi.[1] 
Hozirgi kunda mintaqamizda faoliyati kuzatilayotgan diniy ekstremistik va terroristik guruhlar qatoriga “Jihodchilar”, “O’zbekiston islom harakati’’, “Islom jihodi ittihodi’’, “Salafiylar’’, “Akromiylar’’, “Nurchilar’’, “Xizb at-tahrir al-islomiy’’, “Tablig’chilar” ni kiritish mumkin.
“Xizbut tahrir” arab tilidan olingan bo‘lib, “ozodlik partiyasi’’ degan ma’noni anglatadi. Bu tashkilotga 1953-yili Sharqiy Quddusda mahalliy shar’iy shikoyat sudining a’zosi bo‘lgan Taqiyuddin Nabohoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan.
Partiyaning shtab-kvartirasi joylashgan joy sir saqlanib mutaxassislar Iordaniya yoki Livanda deb hisoblaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilotning oliy organi – “Qiyodat’’ va asosiy nashiryoti – “Ал-Хилафа пабликейшнз’’ London va uning atrofidagi Birmingem, Bradford, Sheffild shaharlarida Angliya joylashlashgan[2]. T.Nabahoniyning rahnamosi o‘sha vaqtdagi Quddus muftiysi Amin al-Husayin hisoblanadi.
1977-yili T.Nabahoniyning vafotidan so‘ng partiyaga Falastinlik Abu Yusuf Abdulqadim Zallum rahbarlik qilgan. 2003-yildan buyon “Xizbut tahrir”ga Ato Abu Rushta rahbarlik qilmoqda.
Bu tashkilotning 2012-yilning 15-mart kunidagi o‘zbek tilida chop etilgan varaqasida Surya armiyasi “tog‘ut hukumatni ag‘darib tashlab, boshqaruvni “Xizbut tahrirga” topshirishga da’vat qilinadi.
Shuningdek, mazkur tashkilotning Toshkent shahridagi bo‘limi rahbari Sh.Mirzajonov yetakchiligida “Xizbut-nusrat’’ radikal tashkilotiga asos solingan.
“Xizbut tahrir”ning faolyati Turkiyada, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning aksariyat mamlakatlarida, shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izstonda noqonuniy hisoblanadi. 2003-yili ushbu tashkilot Germaniya, Pokiston va Rossiyada ham qonunan man etilgan.
1990-yillarning boshidan Xizbut tahrir g‘oyalari MDH hududiga kirib kela boshlagan. Dastavval Markaziy Osiyo davlatlarida (Turkmaniston bundan mustasno) partiyaning qator bo‘linmalari vujudga kelgan[3]. Hozir bu tashkilotning MDH davlatlari ichida Qirg’iziston va Ukrainada (asosan Qrim yarim oroli) faol harakat olib borayotgani kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi markazi Qirg‘izistonda joylashgan bo‘lib, ushbu davlatda partiya a’zolarining soni 20 mingga yaqin kishini tashkil etadi.  
“Nurchilik’’ diniy ekstremistik harakatiga Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog‘ida tug‘ilgan, faoliyatining ilk davrlaridanoq diniy mutaassiblikka va keskin fikrlashga moyilligini namoyish etgan Said Nursiy (1876-1960) tomonidan asos solingan.
Said Nursiy vafotidan so‘ng harakat tarkibida uning shogirdlari nomi bilan ataladigan turli tarmoqlar vujudga keldi. Ularning ichida Fathulla Gyulen, Mustafo Sungur, Mehmet Kutlular rahnamoligidagi tarmoqlar nisbatan keng tarqaldi. Ular Turkiya shaharlarida ta’limotning asosiy manbai “Risolai Nur’’ga asoslangan dastlabki o‘quv kurslarini ochishga muvaffaq bo‘lishgan.
Nurchilikning Turkiyadan tashqarida tarqalishiga haqida gap ketar ekan, bunda harakat tomonidan e’lon qilingan strategyaning o‘ziga xos o‘rni borligini ta’kidlash zarur. Nurchilar strategyasida Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo mintaqasi alohida o‘rin tutadi. 
Ma’lumki, butun dunyo bo‘yicha o‘z jaholat to‘rini yoyishga intilayotgan “Nurchilik” harakati yurtimizda 1990- yillarning boshlarida paydo bo’lgan edi. Harakatning asl maqsadlari oshkor bo‘lgach, 1999-yil uning faolyati taqiqlanib, mamlakatimizdagi litseylar faoliyati tugatilgan edi. Ammo so‘nggi paytda sodir bo‘lgan voqealar ular yurtimizda o‘z faoliyatini qayta tiklash yo‘lida aniq amaliy harakatlar olib borganlarini ko‘rsatadi. Harakat a’zolari tomonidan tashkil etilgan o‘quv markazlari, gazeta va jurnallar aniqlanib, ularning faolyati tugatildi[4].
“Akromiylar” (boshqacha nomlari “Xalifatchilar”, “Iymonchilar”, “Birodarlar”) guruhi 1990-yillarning birinchi yarmida Andijon viloyatida vujudga kelgan. Tashkilot asoschisi Andijon shahrida tug‘ilgan Akrom Yo‘ldoshev (1963-y.t) hisoblanadi.
Akromiylar tashkilotining dastlabki a’zolari Andijon viloyatida kichik va o‘rta tadbirkorlik va savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan iborat bo‘lgan. Keyinchalik guruhning faolyati kengayib, Toshkent shahri va respublikaning qator viloyat markazlarida, shuningdek, Qirg’izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida bo‘linmalari vujudga kelgan. Keyinchalik tashkilotning bo‘linmalari Rossiyaning ayrim shaharlarida, O‘zbekistondan borgan mehnat migrantlari ichida yangi jamoalari tashkil etilgan.
1990-yillarning oxiri, 2000-yillarning birinchi yarmida Akromiylar bir necha bor diniy sohadagi me’yoriy qonunlarni buzganliklari uchun jazoga tortilgan, xususan, A.Yo’ldoshevning sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinishiga qaramay tashkilot o‘z faolyatini yanada maxfiylashtirgan tarzda davom ettirgan.
2005-yilning 12-13 may kuni Andijon shahriga to‘plangan tashkilot a’zolari ichki ishlar patrul-post xizmati, harbiy qism va qamoqxonaga qurolli hujum uyushtirgan. Qo‘lga kiritilgan qurol-aslaha tashkilot a’zolari va qamoqdan olib chiqilgan mahbuslarga tarqatilgan.
Ikki kun davomida viloyatning hokimlik binosiga joylashib olgan jamoa jangarilari qotillik, zo‘ravonlik, garovga olish, davlat va shaxsiy mulklarni vayron qilish kabi ko‘plab jinoiy harakatlarni sodir etgan. 15-may kuni akromiylarning asosiy qismi garovga olinganlardan tirik qalqon sifatida foydalanib Qirg‘iziston hududiga qochib o‘tgan.
Huquqni muhofaza qilish organlarining sa’y-harakati bilan Andijon voqealari faol tashkilotchi va ijrochilarning aksaryati qo‘lga olinib, qonuniy jazoga tortilgan.
Qirg‘izistonga qochib o‘tgan akromiylar keyinchalik G‘arbdagi ayrim siyosiy doiralarning g‘araz maqsadlari yo‘lida “siyosiy qochqin’’ maqomini olgan hamda keyinchalik Yevropadagi ayrim mamlakatlar va AQSHga olib ketilgan. Keyinchalik o‘z xatosini anglab, astoydil pushaymon bo‘lgan jamoa a’zolari O’zbekiston hukumati tomonidan avf etilib, vatanga qaytib kelgan. 
G‘arazli maqsadlaridan qaytmagan “Akromiylar” guruhi G‘arbdagi homiylari ko‘magida destruktiv siyosiy muxoliflar tashkilotlar bilan aloqaga kirib, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga qaratilgan 
jinoiy faoliyatini davom ettirib kelmoqda.  
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Markaziy Osiyoda diniy ekstremistlar mintaqa xalqlari uchun an’anaviy bo‘lgan hanafiy mazhabi va moturidiya aqidasini rad etib, aholi ongiga siyosiylashtirilgan islom g‘oyalarini singdirishga urinmoqda.
Mamlakatimizda aqidaparastlikka qarshi qaratilgan amaliy va ma’naviy-marifiy tadbirlar o’zining huquqi poydevoriga ega. Konstitutsiyamizning 31-moddasida: “Xamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi’’,-deb belgilab qo’yilgan.
Yoshlar turli aqidaparast guruh da’vatchilarning aldoviga uchib qolmasligi, xususan, go‘yoki, “Qur‘on o‘rgatish” bahonasida, aslida, mutaassib g‘oyalar targ‘ib qilinadigan yashirin “hujra’’ va yig‘inlarga bormasligi, turli da’vatchilardan noqonuniy diniy mazmundagi disk, adabiyot va kasetalarni olmasligi lozim. Ilgari yot g‘oyalarga aldangan ba’zi yoshlarning hozirda oilasidan yiroqda, vatangado bo‘lib, begona yurtlarda xor-zor bo‘layotgani va juvonmarg bo‘lib ketayotgani boshqalarga saboq bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston dunyoviy, demokratik davlat bo‘lib, uning yorqin kelajagini yaratishda talaba yoshlar asosiy kuch hisoblanadi.
Diniy-ekstremistik oqimlarning g‘araz maqsadlarini fosh etish va aholini ogoh etishda respublika va mahalliy ommaviy-axborot vositalari, jumladan, FM kanalidagi radiodasturlar va matbuotda aqidaparastlarning asl maqsadlarini sodda tarzda tushuntiruvchi chiqishlarni tizimli tashkil etish samarali xizmat qiladi.
Yüklə 30,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin