Markaziy Osiyoning oʻrta asr tarixiygeografik adabiyotlarda uchraydigan nomi. Manbalarda Turon va Turkiston atamalari oʻrnida qayd etilgan. 639 y



Yüklə 96,59 Kb.
tarix05.12.2022
ölçüsü96,59 Kb.
#72467
QADIMGI TURKISTON 1

Turkiston — Markaziy Osiyoning oʻrta asr tarixiygeografik adabiyotlarda uchraydigan nomi. Manbalarda Turon va Turkiston atamalari oʻrnida qayd etilgan. 639 y. Turfonda tuzilgan sugʻd hujjatida Oʻrta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ishlatilgan. "T." atamasi "Oʻrta Osiyo" va "Movarounnahr" nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etnogeografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiyhuquqiy ahamiyatga ham ega boʻlgan. Arablar istilosidan soʻng "T." toponimi oʻzining siyosiyhuquqiy maʼnosini yoʻqotmagan. Uning siyosiy sarhadlari Uzok, shim. va sharqqa, Arab xalifaligi, Qarluq va Uygʻur xoqonliklari bilan chegaradosh boʻlgan yerlargacha yoyilgan. Ayni mana shu davlatlar endilikda T. nomi bilan arab tarixchigeograflari asarlarida (8—10-asrlar) qayd etilgan. Markaziy Osiyoning markaziy va jan. viloyatlari (Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi) Movarounnahr deb atala boshlagan.

  • Qoraxoniylar davlati barpo etilishi bilan "T." toponimining ahamiyati yana qayta oʻzining sobiq hududlari doirasida deyarli tiklanadi, uning jan. sarhadlari Amudaryo bilan belgilanadi. "Movarounnahr" atamasi esa, T.ning bir qismi sifatida, yaʼni K,oraxoniylar, soʻngra Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatining bir qismi sifatida qarala boshlagan. Mahmud ibn Valnning yozishicha, "Turkiston — bu keng va koʻngilli yurtdir.., bu yurtning uzunligi Sayhun daryosining qirgʻogʻidan Qoramurun daryosi qirgʻogʻigacha boʻlib, bu yerni Moʻgʻuliston nomi bilan ataganlar". Muallif T.ning yana bir nomi — bu Turon va uning aholisi turklar deb yozadi. Shu davrdagi Moʻgʻuliston Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Oltoyni qamrab olgan. 19-asr oʻrtalarida T. xududi (3 mln. kv. km dan ortiq) gʻarbda Ural togʻlari etagi va Kaspiy dengizi, sharkda Oltoy togʻlari va Xitoy, jan.da Eron va Afgʻoniston, shim.da Tomsk va Tobolsk gubernyalari bilan chegaradosh boʻlgan. T. shartli ravishda Gʻarbiy (Qozogʻistonning jan. qismi, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari), Sharqiy (SintszyanUygʻur muxtor rayoni) va Afgʻon T.i (Afgʻonistonning shim. qismi)ga boʻlingan. Rossiya imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy T. hududida 1867 y. Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan. 1886 yildan rasman Turkiston oʻlkasi deb atala boshlagan. Oktyabr toʻntarishidan soʻng , 1918 y. aprelda Gʻarbiy T. hududida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TurkASSR) tuzilgan. Shoʻro hokimiyati yagona va mustaqil T.ni qayta tiklash gʻoyasi tugʻilishidan xavfsirab 1924—25 yillarda shoshilinch suratda "T.xalqlarining milliydavlat chegaralanishi" deb atalmish tadbirni oʻtkazgan. Natijada, ugla paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan "T." atamasi sunʼiy ravishda isteʼmoldan chiqarilib, oʻrniga rasman"Oʻrta Osiyo" geografik termini joriy qilingan.
  • Geografiyasi[tahrir]
  • Turkiston shahri Janubiy Qozogʻiston viloyatining markazi sanaladigan Chimkent shahridan 170 km. uzoqlikda joylashgan. Shaharning sharqiy tomoni Otirar tumani, shimol tomoni Kentov shahri va Sozaq tumani, gʻarb tomonidan Qizilo'rda viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani bilan chegaradosh.
  • Tarixi[tahrir]
  • Turkistondagi Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi
  • Turkiston qadimgi shahar. Muhim hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri. Arab geograflari asarlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 4—10-asrlarda Turkiston oʻrnida Shavgar (Shovajar) shahar mavjud boʻlgan. 12—16-asrlarda esa Yassi deb atalgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sida Turkiston qishloq (qarʼyat) tarzida berilgan. "Turkiston" nomi 16-asrdan maʼlum. Oʻsha davrda shahar Hazrati Turkiston nomi bilan ham mashhur boʻlgan. XVI—XVII asrlarda Qozoq xonligining poytaxti boʻlgan. Turkiston shahrida AbilayxonAbulxayrxonIshimxon va boshqa qozoq xonlarining maqbaralari joylashgan. Qozoq xonligi Xitoy va Jungʻor xonliklari bilan urushi paytida Amir Umarxon Turkistonni Qoʻqon xonligi tarkibiga kiritgan. 1864-yilda Rossiya bosib olgan (Chimkent uyezdidagi shahar, 1867-yildan Sirdaryo viloyatidagi shahar).
  • Sanoati[tahrir]
  • Turkistonda temirchilik presslash jihozlari, "Sana", "Texosnastka" sanoat korxonalari, paxta tozalash, qurilish materiallari, chorva mollariga beriladigan antibiotiklar zavodlari bor.
  • Ijtimoiy soha[tahrir]
  • Turkistonda 4 universitet, 72 umumiy taʼlim maktabi va kollejlar faoliyat koʻrsatadi. Shaharda Amir Temur qurdirgan Yassaviy maqbarasi majmuasi (14-asr oxiri) saqlanib qolgan. 2000-yil oktyabrda Turkistonning 1500-yillik yubileyi nishonlandi.

Yüklə 96,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin