1
2
-MA’RUZA: MA’LUMOTLARNI MARSHRUTLASH USULLARI,
MARSHRUTLASH PROTOKOLLARINING TURLARI.
Paket
tarkibiga sarlavha, maʼlumot joyi va oxiri kiradi. Sarlavha paket
boshida joylashga joyi xisoblanadi, unda uzatish adresi va joʼnatuvchi uchun
ishlatiladigan boshqa yordamchi maʼlumot joylashgan (maʼlumotlar joy uzunligi,
nazorat summasi va hoqazo). Paket oxiri bu paket oxirida joylashgan joy xisoblanadi,
unda maʼlumot tarmoqda uzatish paytida oʼzgargan yoki oʼzarmaganligini
tekshiradigan nazorat summasijoylashgan. Xar bitta paket kommutator yordamida
tarmoq trafikni tashkil qilgan boshqa paketlarga bogʼliq boʼlmagan
holda qayta
ishlanadi. Texnologiyaga qarab paketlar fiksatsiyalangan yoki oʼzgaruvchan
uzunligiga ega boʼlishi mumkin, sarlavhada joylashgan axborot tuzilishi ham
oʼzgarishi mumkin, masalan: -ATM texnologiyaning paketlari (yacheykalari)
fiksatsiyalangan uzunligiga ega, -Ethernetda min. va maks. paket (kadrlar) razmerlari
oʼrnatilgan.
14.1-rasm. Marshrutizator arxitekturasi.
14.1- rasmda marshrutizator struktura sxemasi keltirilgan. Xar bitta paket bit
bit bo„yicha ketma ket kirish buferga joylashadi (14.1. rasm.). Marshrutizator
o„zini xotirada butun paket bo„lmasa, paket o„tishi haqida qarorni qabul
qilolmaydi. Marshrutizator nazorat summani tekshiradi, agar paket ma‟lumotlari
buzilmagan bo„lsa, paketni qayta ishlashini boshlaydi va uzatish adresi bo„yicha
keyingi marshrutizatorni aniqlaydi.
14.2-rasm. Kirish portini qayta ishlash.
Buferlar qo„yidagi funksiyalarni bajarish uchun kerak bo„ladi:
Marshrutizator interfeyslarga ulangan aloqa liniyada ma‟lumotlarning
tezliklarni moslashtirish uchun. Agar bitta aloqa liniyadan
paketlar kirish tezligi
chiqish aloqa liniyaning o„tkazish qobiliyatidan yuqori bo„lsa, paketlar
yo„qolmasligi uchun interfeysda navbat tashkil qilinadi, - Paketlar kirish tezligini
va kommutatsiya tezligi bilan moslashtirish uchun. Agar kommutatsiya bloki
paketlarni qayta ishlashga uygurmasa, kommutator interfeyslarda
kirish navbatlar
xosil bo„ladi
Kompyuterlar ayrim topologiyaga muvofiq o„zaro fizik bog„langan va
manzillashtirish tizimi tanlangan bo„lsin (14.3-rasm). Eng muhim muammo
yechilmasdan qolayapdi. Oxirgi tugunlar orasida ma‟lumotlarni qanday usulda
uzatish kerak?
`Ìi`ÊÜÌ
ÊÌ
iÊ`iÊÛiÀÃÊvÊ
vÝÊ*ÀÊ*Ê`ÌÀ
Ê
/ÊÀiÛiÊÌ
ÃÊÌVi]ÊÛÃÌ\Ê
ÜÜÜ°Vi°VÉÕV°
Ì
14.3-rasm. Tranzit tugunlar tarmog„i orqali foydalanuvchilarni kommutatsiyalash
Tranzit tugunlar tarmog„i orqali oxirga tugunlarning bog„lanishi
kommutatsiyalash deyiladi. Jo„natuvchidan oluvchiga yo„lda yotadigan
tugunlarketma-ketligi marshrutni hosil qiladi. Masalan, 14.3-rasmda keltirilgan
tarmoqda 2- va 4-tugunlar to„g„ridanto„g„ri o„zaro bog„lanmagan va ma‟lumotlarni
tranzit
tugunlar, masalan 1- va 5-tugunlar orqali uzatishga majbur. 1-tugun o„z A
va V interfeyslar orasida, 5-tugun esa F va B interfeyslar orasida ma‟lumotlarni
uzatilishini bajarishi kerak. bu holatda marshrut 2-1-5-4 ketma-ketlik hisoblanadi,
bu yerda 2 – jo„natuvchi tugun, 1- va 5 – tranzit tugunlar, 4 – oluvchi tugun.
Umumiy ko„rinishda kommutatsiyalash masalasi quyidagi o„zaro bog„langan
xususiy masalalar ko„rinishida berilishi mumkin: 1. Ular uchun marshrutlar hosil
qilinishi
talab qilinadigan axborot
oqimlarini
aniqlash; 2.
Oqimlarni
marshrutlashtirish; 3. Oqimlarni harakatlantirish, ya‟ni oqimlarni tanish va ularni
har bir tranzit tugunda lokal (ajratilgan) kommutatsiyalash; 4. Oqimlarni
multiplekslash va demultiplekslash. 9.2. Axborot oqimi tavsifi Bitta tranzit tugun
orqali bir necha marshrutlar o„tishi mumkin. masalan 5-tugun orqali (14.3-rasmga
qarang) 4-tugun qolgan tugunlarning har biriga jo„natadigan barcha m‟lumotlar,
shuningdek 3, 4- va 10-tugunlarga keladigan barcha ma‟lumotlar o„tadi. Tranzit
tugun kerakli tugunga olib boradigan aynan o„sha o„z interfeysiga ma‟lumotlar
oqimlaridan har birini uzatilishini ta‟minlash uchun unga keladigan ma‟lumotlar
oqimlarini tanishni bilishi kerak. Axborot oqimi yoki ma‟lumotlar oqimi deb
ma‟lumotlarni umumiy tarmoq trafigidan ajratadigan umumiy belgilar to„plami
bilan birlashtirilgan uzluksiz ma‟lumotlar ketma-ketligiga aytiladi. Masalan, bitta
kompyuterdan keladigan barcha ma‟lumotlar – oqimni qanday aniqlash mumkin.
birlashtiruvchi belgi manbaning manzili hisoblanadi. Bu ma‟lumotlarni
bir necha
nimoqimlar yig„indisi sifatida tasavvur qilish mumkin, belgi yuborish manzili
hisoblanadi. Nihoyat, bu nimoqimlardan har birini, o„z navbatida, turli ilovalar –
elektron pochta, fayllarni ko„chirish dasturi, veb-server hosil qilgan maydaroq
nimoqimlarga bo„lish mumkin. Oqimni hosil qiladigan ma‟lumotlar turli
ma‟lumotlar axborot birliklari –
paketlar, kadrlar yoki yacheykalar ko„rinishida
bo„lishi mumkin. Kommutatsiyalashda oqimning majburiy belgisi ma‟lumotlarni
yuborish manzili hisoblanadi. Yuborish manziliga asoslanish orqali tranzit tugunga
kiradigan butun ma‟lumotlar oqimi nimoqimlarga bo„linadi, ulardan har biri
ma‟lumotlarning harakatlanishi marshrutiga mos interfeysga uzatiladi. Manba va
yuborish manzillari mos oxirgi tugunlar juftligi uchun oqimni aniqlaydi.