Ma`ruza-1 I. Energiya tejamkorlik haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 53,29 Kb.
səhifə1/8
tarix17.05.2023
ölçüsü53,29 Kb.
#115103
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ma`ruza - 1


Ma`ruza-1

I. ENERGIYA TEJAMKORLIK HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

1.1. ENERGIYA TEJAMKORLIKDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR
Jahon energetiklar kengashida energiya tejamkor- ligi yeohaeidagi asosiy atama va tushunchalar ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan edi. Energetiklar anjumani energiya tejamkorlikka tegishli atama va tushuncha- larni asosan olti guruhga bo‘lib qarashni tavsiya etdi.
Umumiy atamalar
Energetik zanjir — energiya oqimining birlam- chi energiya resurslaridan to energiyaning iste’mol- chiga uzatilib, undan foydalanishgacha bo‘lgan yo‘l tu- shuniladi. Masalan, gazning yer ostidan olinishi, issiqlik elektr stantsiyasiga quvurlar orqali uza- tilishi va yoqilishi natijasida elektr energiya oli- nishi, bu elektr energiyaning elektr tarmoqlar or- qali iste’molchiga uzatilib, u mahsulot ishlab chi- qarishda sarf bo‘lishgacha bo‘lgan yo‘l tushuniladi.
Energiya tejamkorlik — energiya resurslaridan sa- marali foydalanish uchun ko‘riladigan tadbirlar majmuasi. Misol uchun, ishlab chiqarishda elektr energiyani iqtisod qilishga qaratilgan tadbir.
Energiya hajmi — mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo‘ladigan energiya miq- dori. «Energiya hajmi» atamasi hozirgi paytda ko‘proq energiya solishtirma sarfining pul birligiga nis- batan ko‘rsatkichi sifatida qaralali (milliy daro- mad, mahsulot tannarxi).
Energiyadan yeamarali foydalanshp — ijtimoiy, siyosiy, moliyaviy cheklanishlar, atrof-muhit, eko- logiya va h.k. larni hisobga olgan holda energiyani iste’molchilarga eng maqbul yo‘l bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qullash natijasida iqtisodiy foyda olishga erishish.
Energiyani iqgisod qilish — ishlab chiqarishdagi ish- lab chiqarishga sarf bo‘layotgan energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir. Misol uchun, elektr motorlarda quv- vat isrofini kamaytirishga qaratilgan tadbir.
Energiyani iqtieod qilishning solishtirma sarf- lari — ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini o‘zgartirmagan holda bir yil ichida birlik mahsulot uchun sarf bo‘ladigan energiya tushuniladi. Bu atama, odatda foydani hisoblashda qo‘llaniladi.

Yüklə 53,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin