Ma’ruza №1 Kirish. O‘zbekistonda konchilik sanoatining o’rni va ahamoyati. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari. Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar



Yüklə 23,09 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2022
ölçüsü23,09 Kb.
#77001
  1   2
1-maruza (1)


MA’RUZA №1
Kirish. O‘zbekistonda konchilik sanoatining o’rni va ahamoyati. Konchilik sanoati va konchilik korxonalari. Kon jinslari va foydali qazilmalar to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar.
Konchilik mamlakat sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bo’lib, xalq xo’jaligini rivojlantirish va samaradorligining yuqori bo’lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Chunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko’mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko’plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.
Konlarni qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda kengligi, mehnat va kapitaltalabligi, shuningdek, kon qazish ishlarining tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoitlarining murakkablashishi nafaqat konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga, balki butunlay xalq xo’jaligining samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq xo’jaligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda, konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasining mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismining yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xomashyoning katta qismi (80 - 85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakat karyerlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari asosida takomillashgan texnika va innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi orqali ochiq usulda kon qazish ishlari iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, konlarni ochiq usulda qazib olish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda.
“Konchilik ishi” yo’nalishi va “Ochiq kon ishlari” mutaxassislligi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda “Ochiq kon ishlari_texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash” kursi konlarni ochiq usulda qazib. chiqaruvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanni chuqurroq o’rganish uchun talaba “Geologiya”, “Geomexanika”, “Burg’ilab-portlatish ishlari”, “Kon mashinalari”, Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyitish” kabi qator fanlarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
O’quv qo’llanma bo’limlarining nazariy talqini akad. Rjevskiy V.V., akad. Melnikov N.V., prof. Sheshko E.F., prof. Novojilov M.T., prof. Tomakov P.I. va boshqa" olimlar ijodlari bazasida yoritilgan.
O’quv qo’llanmani chop etishga tayyorlashda yaqindan yordam berganliklari uchun dotsent Z.G’. Qayumov va S.T. Usmonova, K..B_. Kazakbayevalarga mualliflar chuqur minnatdorchilik bildiradilar.

Bevosita yer yuzida turib foydali qazilmalarni qazib olish uchun bajariladigan kon qazish ishlari majmui


Yüklə 23,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin