Ma’ruza №10 Cho‘ktirish mashinalarida boyitish Reja: Foydali qazilmalarni «cho‘ktirish»



Yüklə 348,01 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü348,01 Kb.
#168879
  1   2   3
10-mavzu


Ma’ruza №10
Cho‘ktirish mashinalarida boyitish
Reja:
1. Foydali qazilmalarni «cho‘ktirish» usuli bilan boyitish.
2. Cho‘ktirish sikli
3. Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari va ishlash tartibi


Foydali qazilmalarni «cho‘ktirish» usuli bilan boyitish
Foydali qazilmalarni «cho‘ktirish» (otsadka) usuli bilan boyitish pulsatsialanuvchi muhitda mineral zarrachalarning vertikal tekislikda harakat tezligi farqga asoslangan. Jarayon cho‘ktirish «Otsadochnaya mashina» deb ataluvchi dastgohlarda o‘tkaziladi. Dastgohning asosiy ishchi qismi «cho‘ktirish panjarasi» bo‘lib, unda mineral zarrachalar zichligi va yirikligi bilan qatlamlanadilar. Saralanish, muhitga yuqoriga-pastga harakat qiluvchi oqim (pulsatsiya) hosil qilish hisobiga amalga oshiriladi. Panjaraning yuzasida (pastki qismida) og‘ir va yirik, yuqori qismida engil zarrachalar qatlami hosil bo‘ladi. Panjara yuzasida hosil bo‘lgan zarrachalar qatlami tabiiy taglik (postel) deb ataladi.
Yengil zarrachalar muhit oqimi bilan dastgohdan chiqib ketadi, og‘ir zarrachalar esa panjaradan o‘tib, dastgohning pastki qismida to‘planadi va maxsus moslama orqali chiqarib turiladi.
O‘lchamlari 10 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalar uchun panjaraga sun’iy taglik teriladi. Sun’iy taglikning (gematit, magnetit, ferrosilitsiy, metall soqqachalar va boshqalar) zichligi og‘ir mineralnikidan kichik, yengil mineralnikidan katta va o‘lchami ajratilayotgan eng yirik zarrachadan 2-2,5 martta katta bo‘lishi kerak. Sun’iy taglik yengil, zarrachalarni panjaradan o‘tib boyitmani ular bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Amalda bu usul o‘lchamlari 0,25 (0,5) mm dan 150 (250) mm gacha kattalikda bo‘lgan rudalarni boyitishda ishlatiladi.
Oldindan teng tushishlik koeffitsiyentini inobatga olgan holda tasniflangan materiallar boyitilsa texnologik ko‘rsatgichlar yaxshi bo‘ladi. Ajratilayotgan zarrachalarni o‘lchamlari va zichliklarini farqi qancha katta bo‘lsa cho‘ktirish jarayonini samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun yirik va ajratilayotgan zarrachalar zichliklarining farqi katta bo‘lgan foydali qazilmalarni boyitishda cho‘ktirish usulidan keng foydalaniladi.
Cho‘ktirish mashinalari tagligining hossalari quyidagilardan iborat: zichligi, qalinligi, bo‘shoqligi, granulometrik va fraksion tarkibi.
Taglikning bo‘shoqliligi bo‘shoqlik koeffitsiyenti bilan tavsiflanib, qatlamning balandligi bo‘yicha o‘zgarib turadi. Bo‘shoqlik koeffitsiyentining () o‘rtacha qiymati jarayon siklini ma’lum momenti uchun
(43)
ifoda bilan belgilanadi.
Bu erda: 0 – jips holdagi taglikning bo‘shoqlik koeffitsiyenti;
h0 – jips holdagi taglik qalinligi;
Sy va Sn – panjaraga nisbatan ustki va pastki qatlamlarni ko‘tarilishi.
Jadval 5
Cho‘ktirish usulini qo‘llanilishi

Foydali qazilma
Asosiy mineral

Asosiy mineralning zichligi kg/m3

Zarrachalarning yiriklik chegarasi

qora metallar rudalari:
qo‘ngir temir rudasi
magnetit
pirolyuzit
xromit
magnetito-gematitli

3500
4300


4820
440
5200

50-3
50-0,2


50-0,2
10-0,2
1-0,2

Tosh ko‘mir
- // -
Antratsit
Yonuvchi slanslar

1500 gacha
- // -
2000 gacha
2200

100(250)-10(13)
10(13)-0,5
100(250)-10(13)
150-25

Sochma kon rudalari:
kasseterit, volframit, tantalit va boshqalar
titan-sirkonli

6000-8000
4200-5200

25-0,05
25-0,05

Tug‘ma konlar:
kassetrit,
volframitlar



6950-7350



6-0,3


Demak, taglikning bo‘shoqligi, balandligi, zarrachalarning zichligi va yirikliligi hamda muhitning tebranishlar chastotasi va amplitudasiga bog‘liq bo‘lar ekan. Taglik qalinligi oshgan sayin uning bo‘shoqliligi uzayadi. Muhitga pulsatsiyalanuvchi gorizontal oqimlar ta’siri natijasia cho‘ktirish mashinasi tagligida hamma ajratilayotgan zarrachalar zichliklari va yirikliligi bo‘yicha qiya qatlam bo‘lib joylashadilar. Qiyalik bo‘tana berilgan tomondan chiqib ketish tomonga yo‘nalgan bo‘lib to‘lqin (veer) shaklida bo‘ladi. Zarrachalarni qatlamlanishiga sun’iy taglik katta ta’sir qiladi. U o‘zidan og‘ir zarrachalarni pastga o‘tkazib yuboradi, yengil zarrachalarni ushlab qoladi. Shuning uchun taglik parametrlarini o‘zgartirish orqali texnologik jarayonni boshqarish mumkin.


Bu erda: 0 – jips holdagi taglikning bo‘shoqlik koeffitsiyenti;


h0 – jips holdagi taglik qalinligi;
Sy va Sn – panjaraga nisbatan ustki va pastki qatlamlarni ko‘tarilishi.
Jadval 6
Cho‘ktirish usulini qo‘llanilishi

Foydali qazilma
Asosiy mineral

Asosiy mineralning zichligi kg/m3

Zarrachalarning yiriklik chegarasi

qora metallar rudalari:
qo‘ngir temir rudasi
magnetit
pirolyuzit
xromit
magnetito-gematitli

3500
4300


4820
440
5200

50-3
50-0,2


50-0,2
10-0,2
1-0,2

Tosh ko‘mir
- // -
Antratsit
Yonuvchi slanslar

1500 gacha
- // -
2000 gacha
2200

100(250)-10(13)
10(13)-0,5
100(250)-10(13)
150-25

Sochma kon rudalari:
kasseterit, volframit, tantalit va boshqalar
titan-sirkonli

6000-8000
4200-5200

25-0,05
25-0,05

Tug‘ma konlar:
kassetrit,
volframitlar

6950-7350



6-0,3


Demak, taglikning bo‘shoqligi, balandligi, zarrachalarning zichligi va yirikliligi hamda muhitning tebranishlar chastotasi va amplitudasiga bog‘liq bo‘lar ekan. Taglik qalinligi oshgan sayin uning bo‘shoqliligi uzayadi. Muhitga pulsatsiyalanuvchi gorizontal oqimlar ta’siri natijasia cho‘ktirish mashinasi tagligida hamma ajratilayotgan zarrachalar zichliklari va yirikliligi bo‘yicha qiya qatlam bo‘lib joylashadilar. Qiyalik bo‘tana berilgan tomondan chiqib ketish tomonga yo‘nalgan bo‘lib to‘lqin (veer) shaklida bo‘ladi. Zarrachalarni qatlamlanishiga sun’iy taglik katta ta’sir qiladi. U o‘zidan og‘ir zarrachalarni pastga o‘tkazib yuboradi, yengil zarrachalarni ushlab qoladi. Shuning uchun taglik parametrlarini o‘zgartirish orqali texnologik jarayonni boshqarish mumkin.



10- rasm. Cho‘ktirish mashinasi tagligida zarrachalarni xarakatlanish sxemasi: 1-yengil; 2- o‘rtacha; 3- og‘ir zarrachalar

11- rasm. Cho‘ktirish mashinasida mahsulotlarni taqsimlanishi.
1-yengil; 2-yengilroq; 3-4 – og‘irroq; 6- og‘ir fraksiyalar; 6- dastlabki material.
Taglik orqali o‘tayotgan og‘ir zarrachaning o‘tish tezligi
, m/s (44)
ifoda bilan aniqlanadi.
Bu erda: q – vaqt birligi ichida taglik orqali o‘tgan zarrachalar miqdori;
δk – taglik orqali o‘tgan zarrachalar zichligi, kg/m3;
F – taglikning yuzasi, m2;
ur – taglikning o‘rtacha bo‘shoqlik koeffitsiyenti.
Demak, taglik orqali zarrachalarni o‘tish tezligi, zarrachalarning o‘lchami, zichligi, shakliga va taglikning balandligiga bog‘liq ekan. Taglikni zichligi va balandligi oshgan sari zarrachalarni taglikdan o‘tish tezligi sekinlashib boradi.

Yüklə 348,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin