Ma’ruza №12 R, L va c zanjirlarning achx va fchx hisoblash (1-qism) Paralel tebranish konturlari



Yüklə 208,07 Kb.
tarix26.11.2022
ölçüsü208,07 Kb.
#70738
12-ma\'ruza




Ma’ruza № 12
R, L va C zanjirlarning ACHX va FCHX hisoblash (1-qism)
Paralel tebranish konturlari:
Energiya manbasiga elementlarning ulanish turiga qarab tebranish konturlari ketma-ket (energiya manbasi induktivlik va sig‘imga ketma ket ulangan) va paralel tebranish konturlariga bo‘linadi (energiya manbasi reaktiv elementlarga paralel ulangan).
O‘z o‘rnida tok rezonansi induktivlik va sig‘imlar paralel ulangan elektr zanjirlarida kuzatiladi.
Radiotexnikada bunday konturlar paralel tebranish konturlari deb ataladi.
Tok rezonansi xolati elektr zanjirining bir qismidagi induktiv o‘tkazuvchanlik zanjirining boshqa qismidagi paralel ulangan sig‘im o‘kazuvchanligi bilan qoplanadi (kompensiruyetsya).
Natijada zanjirning uchlaridagi reaktiv O‘tkazuvchanlik va reaktiv quvvat nolga teng bo‘ladi.
Tok rezonansi xodisasini paralel ulangan oddiy tebranish konturi orqali tahlil qilinadi:

12.1-rasm. Parallel ulangan R, L va C

Bunday sxemada kompleks qarshilik quyidagicha ifodalanadi:





Rezonans chastota esa quyidagicha ifodalanadi:



Ko‘rilayotgan konturning aslliligi ketma ket tebranish konturining miqdoriga tesqari bo‘lgan miqdor orqali ifodalanadi.



Rezonans xolatida manbadan kelayotgan tok quyidagicha ifodalanadi:



Tok rezonansida paralel tebranish konturida konturning to‘liq o‘tkazuvchanligi minimum qiymatga teng bo‘ladi, ya’ni kirish qarshiligi masimal qiymatga teng bo‘ladi.





12.2.-rasm.

Bu xolatda manbadan kelayotgan tok kam miqdorga teng bo‘ladi, ya’ni





Induktiv va sig‘im elementlaridagi TOKlar miqdor jihatdan teng, lekin ishoralari bir biriga qarama qarshi ifodalanadi.





Olingan oxirgi formuladan ko‘rinadaki paralel tebranish konturining aslliligi induktivlik va sig‘im elementlaridagi toklarga va umumiy (yig‘indi) tok miqdorlariga nisbatan karrali (butun sonlarga bo‘linuvchi) qiymatga teng bo‘ladi.


Konturning aslliligi birdan katta bo‘lsa, ya’ni Q>1 konturdagi toklar miqdor jihatdan umumiy tok miqdoridan oshib ketadi, shuning uchun ham paralel tebranish konturlaridagi rezonans xolati tok rezonansi deb yuritiladi.
Tok rezonansi xolatida konturda induktiv va sig‘im elementlari o‘rtasida energiyaning uzluksiz almashinuvi sodir bo‘ladi. Agar paralel tebranish konturi bir biriga paralel ulangan induktiv va sig‘im elementlaridan tashkil topgan bo‘lsa edi uning kirish qarshiligi jkda katta miqdorga ega bo‘lar edi va manbadan tok konturga kelmay qolar eli.
Konturdagi Birlamchi energiya miqdori sarflanmas edi va magnit va elektr maydonlari o‘rtasida navbat bilan taqsimlanib borar edi. Manbani tokdan uzib qo‘yilsa konturdagi tebranish xolati cheksiz davom etib borgan bo‘lar edi..
Bunday kontur ideal kontur deb ataladi, chunki paralel ulangan induktivlik va sig‘im elementdaridagi energiya yo‘qotilishini e’tiborga olmaydi.

Paralel tebranish kontur turlari
Faraz qilaylik, paralel tebranish kontur shoxobchasi paralel ulangan ikkita kompleks qarshiliklardan tashkil topgan bo‘lsin:


ва



12.3.-rasm. Parallel ulangan kompleks qarshiliklar

Rayektiv qarshiliklarning x1 va x2 o‘zgarishlariga qarab 3 (uch) xil turdagi parallel tebranish konturlari bo‘ladi:


Birinchi turdagi tebranish konturi:
Konturning bir shoxobchasida induktivlik, ikkinchi shoxobchasida esa sig‘im elementlari ulangan tebranish konturi.



12.4.-rasm.

Bunday xolatda induktivlik va sig‘im elementlarida reaktiv qarshiliklar quyidagi formulalar orqali ifodalanadi:



Ikkinchi turdagi paralel konturda bir shoxobchada induktivlik, ikkinchi shoxobchada esa induktivlik va sig‘im elementlari ulangan bo‘ladi:



12.5.-rasm.

Bu xolatda reaktiv qarshiliklar quyidagicha ifodalanadi:







Uchinchi turdagi paralel tebranish konturida esa, bir shoxobchada sig‘im elementi ulangan bo‘lsa, ikkinchi shoxobchada induktivlik va sig‘im eleiyentlari ulangan bo‘ladi.



12.6.-rasm.

Bunday xolatda konturning reaktiv qarshiliklari quyidagicha ifodalanadi:





Paralel konturlarda kirish o‘tkazuvchanligi quyidagi formula orqali ifodalanadi:

Aktiv o‘tkazuvchanlik esa quyidagicha ifodalanadi:



Reaktiv o‘tkazuvchanlik esa quyidagicha ifodalanadi:



Rezonans shartiga ko‘ra: b=0 bo‘lsa u xolda:





Yuqoridagi ifodalarni inobatga olgan xolda konturning rezonans o‘tkazuvchanligi:



Yuqoridagi formulaga asosan:





Shunga asosan:



Rezonansga yaqin bo‘lgan xolatda:


ва

Rezonans shartiga asosan:





Yoki:



Yuqoridagi tenglikka asosan Xulosa: paralel tebranish konturlarida shoxobchalardagi reaktiv qarshiliklar absolyut miqdor jihatdan bir birlariga teng va ishoralari bir birlariga teskari bo‘lgan xolatdagina tok rezonansi sodir bo‘ladi.
Yüklə 208,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin